21 yoshli ispaniyalik futbolchi COVID-19 koronavirusi sabab vafot etdi

21 yoshli ispaniyalik futbolchi COVID-19 koronavirusi sabab vafot etdi

21 yoshli ispaniyalik futbolchi COVID-19 koronavirusi sabab vafot etdi

Ispaniyaning "Atletiko Portada Alta" havaskor jamoasi futbolchisi va murabbiyi Fransisko Garsiya COVID-19 koronavirusi tufayli vafot etdi.

 

 

"Marca" xabariga ko‘ra, u yaqindagina onkologik kasallikka chalingan va uning ortidan koronavirusni yuqtirib olgan.

 

 

"U bizning klubda 4 yildan buyon faoliyat olib borayotgandi. Har bir bolani juda yaxshi ko‘rardi. Haligacha u biz bilan bo‘lmasligiga ishona olmayapman", - dedi klub prezidenti Xose Bueno.

 

 

Butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 163 ming insonni tashkil qiladi. Ulardan 6500ga yaqin nafari vafot etgan bo‘lsa, 76 mingdan ko‘proq inson tuzalgan.

 

Manba: Marca