"Bavariya" "Siti" hujumchisini xarid qilmoqchi

"Bavariya" "Siti" hujumchisini xarid qilmoqchi

"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus klubdan ketishi mumkin.

 

 

"Shaharliklar" o‘yinchi borasida 100 million funtlik taklif tushgan taqdirda, Jezusning sotuvini ko‘rib chiqishga tayyorlar.

 

 

Xabar berilishicha, bu miqdordagi pulni Gabrielni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgan "Bavariya" berishi mumkin.

 

 

Braziliya terma jamoasi o‘yinchisi joriy mavsum APLda 24ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol va 4ta assist qayd etgan.

 

 

 

Manba: The Sun