ECHL. "Real" javob uchrashuvidan oldin tang ahvolda qoldi

Madriddagi o'yin nihoyasiga etdi. Bugun "Manchester Siti" "Santyago Bernabeu"da mehmon bo'ldi. O'yinda hisob mezbonlar tomonidan ochildi. Isko gol urib, "qirollik klubi"ni hisobda oldinga olib chiqqach, Gabriel Jezus hisobni tenglashtirdi. Birozdan keyin Karvaxal Sterlingga nisbatan jarima maydonchasi ichida qoidani buzdi. Vaziyat penalti belgilanishi bilan yakunlandi. De Bryuyne hisobni o'zgartirgach, "Siti"da yana bir qulay vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Ammo darvozabonbillan yuzma-yuz chiqib borayotgan Jesus "Real" sardori tomonidan to'xtatib qolindi. Natijada Ramosga qizil kartochka ko'rsatildi va u keyingi bahsni ham o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

ECHL.

Real Madrid Ispaniya – Manchester Siti Angliya 1:2

 

26 fevral, 01.00, «Santyago Bernabeu»

 

Gollar:

 

1:0 – 60 Isko, 1:1 – 78 Gabriel Jezus, 1:2 – 83, penalti de Bryuyne.

 

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Mendi, Ramos, Kazemiro, Modrich (Vaskes, 84), Isko (Yovich, 84), Valverde, Vinisius Junior (Beyl, 75), Benzema.

 

Manchester Siti – Ederson, Mendi, Otamendi, Laport (Fernandino, 33), Uoker, Gyundogan, de Bryuyne, Bernardu Silva (Sterling, 73), Rodri Ernandes, Marez, Gabriel Jezus.

 

Ogohlantirishlar:

 

Mendi (29), Valverde (48), Modrich (54).

 

CHetlatish:

 

Ramos (86).