Eldor Shomurodovning narxi tushib ketdi

Eldor Shomurodovning narxi tushib ketdi

Koronavirus pandemiyasi tufayli transfermarkt.de saytida futbolchilarning narxlari arzonlashtirildi.

Shu qatorda, O‘zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning ham transfer narxida pasayish kuzatildi.

 

2019 yilning 23 dekabrida 6,5 mln yevroga ko‘tarilgan Shomurodovning narxi 2020 yilning 8 aprel holatida 5,2 mln yevroga tushirildi.

Shunday bo‘lishiga qaramay, forvard O‘zbekiston va "Rostov" klubining eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi.