Emre Jan: «Qishda menga APLning uch klubidan taklif bo‘lgandi»

Emre Jan: «Qishda menga APLning uch klubidan taklif bo‘lgandi»

Emre Jan: «Qishda menga APLning uch klubidan taklif bo‘lgandi»

Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Emre Jan qishda Premer-liganing bir qator klublari unga qiziqish bildirgani haqida gapirdi.

 

«Menga Angliya klublaridan uchta taklif bo‘lgandi, shu jumladan «Manchester Yunayted»dan ham. Ammo «Liverpul»dagi o‘tmishim sabab, takliflar haqida bir soniyaga bo‘lsa ham o‘ylamadim», – deb Janning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kicker.

 

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli germaniyalik futbolchi «Yuventus»ga o‘tishdan oldin 2014-2018 yillarda «Liverpul» safida to‘p tepgan. Qishki transferlar vaqtida esa Janni «Borussiya» 25 mln yevroga sotib oldi.manba;trubina