Eurosport: Shomurodovga La Ligadan taklif bo'lgan

Eurosport: Shomurodovga La Ligadan taklif bo'lgan

Eurosport: Shomurodovga La Ligadan taklif bo'lgan

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasi vaqtida Ispaniya La Ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Bu haqda rossiyalik futbol agenti German Tkachenko gapirib o‘tdi, deya yozadi "Yevrosport".

 

 

"Ispaniyaning "Selta" klubi bizga aslida Eldor Shomurodov masalasida murojaat qilgandi. Ammo "Rostov" uni qo‘yib yuborishni istamaganligi bois, "buning iloji yo‘q" dedik. Yarim soat o‘tmay, ularga yana bir mijozimiz bo‘lgan hujumchi Fyodr Smolov variantini taklif etdik va ular rozi bo‘lishdi. Smolov yomon boshlamadi, uning Yevropada qolishini istaymiz. U ham shuning tarafdori. "Lokomotiv" qarshilik qilmay, Smolovni La Ligaga qo‘yib yuborganidan minnatdormiz", - deydi "ProSports Management" agentlik rahbari German Tkachenko 5-mart kungi futbol mavzusidagi konferensiyada.

 

 

Ma’lumot uchun, "Selta" rossiyalik hujumchi Smolovni sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan, Fyodr debyut o‘yinida "Real" darvozasiga gol urgandi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov ham "ProSports Management" agentlik kompaniyasi mijozi sanaladi.

 

Manba: Eurosport