FIFA klublararo jahon chempionatini boshqa sanaga qoldirdi

FIFA klublararo jahon chempionatini boshqa sanaga qoldirdi

FIFA klublararo jahon chempionatini boshqa sanaga qoldirdi

FIFA 2021 yil yozida Xitoyda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yangi formatdagi klublararo jahon chempionatini boshqa sanaga qoldirdi.

 

«FIFA tashkiloti CONMEBOL va UEFAdan Amerika Kubogi-2020 va Yevro-2020 musobaqasini 2021 yil yoziga qoldirish haqidagi taklifni oldi va buni qabul qildi. Yuzaga kelgan sharoitda buni eng ma’qul yo‘l deb hisoblaymiz.

 

O‘z navbatida 2021 yil yoziga rejalashtirilgan klublararo jahon chempionati ham boshqa sanaga qoldiriladi. Uning qachon o‘tkazilishi vaziyat yanada oydinlashganda Xitoy hukumati bilan muhokama qilinadi.

 

Bundan tashqari, xalqaro o‘yinlarning yangi taqvimi aprel oyi oxiriga qadar ishlab chiqiladi.

 

Tokio-2020 olimpiadasi bo‘yicha har qanday qarorni Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi chiqaradi», - deyiladi FIFA bayonotida.