Hakimi sobiq jamoasiga qaytish istagini bildirgan

Hakimi sobiq jamoasiga qaytish istagini bildirgan

Hakimi sobiq jamoasiga qaytish istagini bildirgan

"Borussiya" Dortmund himoyachisi Ashraf Hakimi sobiq jamoasiga qaytmoqchi.

 

 

Bilasiz, marokashlik futbolchining transfer huquqi "Real"ga tegishli, u Dortmund jamoasida ijara asosida o‘ynamoqda.

 

 

"Zidan menga professional futbolchi bo‘lish uchun ishonch berdi. Men uning menga bildirgan ishonchi uchun minnatdorman.

 

 

Madrid - mening uyim. U yer menga juda ham yoqadi. Agar klub xohlasa, men qaytaman. Agar buning aksi bo‘lsa, unda men o‘z tariximni boshqa bir ajoyib jamoada yozishga majbur bo‘laman", - deydi Hakimi.

 

 

Hakimi joriy mavsum Bundesligada 25ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol va 10ta assist qayd etdi.

 

 

 

Manba: Telefoot