O‘zil: «Endi futbolning ahamiyati yo‘q»

O‘zil: «Endi futbolning ahamiyati yo‘q»

O‘zil: «Endi futbolning ahamiyati yo‘q»

«Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O‘zil butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus pandemiyasi haqida gapirdi.

 

«Endi futbolning ahamiyati yo‘q. Odamlarning sog‘ligi va farovonligi har narsadan muhimroqdir. 

 

Ushbu global muammoni boshdan kechirayotib, virus tarqalishini to‘xtatish uchun harakat qilayotgan barcha shifokorlarga, hamshiralarga va olimlarga rahmat aytishimiz kerak.

 

Kelgusi haftalarda ular katta bosim ostida qolishadi. Shu sababli ular bizning hurmatimiz va minnatdorchiligimizga loyiq», – deb yozadi O‘zil «tvitter»dagi sahifasida. Manba :tribuna.uz