“Real” futbolchilar maoshini qisqartirdi. Avvalroq “Barselona” va “Yuventus” ham shunday qilgandi

Madridning “Real” klubi koronavirus pandemiyasi sabab maoshlarni qisqartirganini ma’lum qildi.

“Real” futbolchilar maoshini qisqartirdi. Avvalroq “Barselona” va “Yuventus” ham shunday qilgandi
Getty Images

Klub rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, futbolchilar, murabbiylar shtabi va rahbariyatdagilarning maoshi qisqartiriladi. Yakuniy qaror mavsumning davomi qanday bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni mavsum davom ettirilishi yoki muddatidan avval yakunlanishiga qarab, maoshlar 10—20 foiz oralig‘ida qisqartiriladi.

 

Mazkur qaror futbol va basketbol asosiy jamoalari uchun amal qiladi. Qayd etilishicha, klubning boshqa xodimlari maoshi kamaytirilmaydi.

 

Avvalroq “Barselona” va “Atletiko” futbolchilarining maoshi 70 foizga qisqartirilgan edi.