Ronaldu koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha bayonot berdi

Ronaldu koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha bayonot berdi

Ronaldu koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha bayonot berdi

«Yuventus» klubi va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berdi.

 

«Hozirda dunyo og‘ir damlarni boshidan o‘tkazmoqda. Bu bizdan diqqat-e’tiborni jamlab, bir-birimiz haqida qayg‘urishimizni talab qiladi. Bugun men futbolchi sifatida emas, balki o‘g‘il, ota va inson sifatida sizlarga murojaat qilmoqdaman. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va hukumat tavsiyalariga amal qilish muhim. Ular vaziyatga aniqlik kiritishga yordam beradi.

 

Inson hayoti haqida qayg‘urish har qanday manfaatlardan ustun bo‘lishi lozim. Yaqinlaridan ajralgan odamlarga murojaat qilmoqchiman. Bu virus bilan kurashayotganlarni, xususan jamoadoshim Daniele Ruganini qo‘llab-quvvatlayman. Ajoyib insonlarni — o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, boshqalarni qutqarayotgan shifokorlarni ham qo‘llab-quvvatlayman», — deb yozdi Ronaldu «Instagram» sahifasida.

 

Hozirgi vaqtda COVID-19 koronavirusi bilan xastalanganlar soni 130 mingdan oshdi. Vafot etgan soni 5 mingga yaqinlashmoqda. Manba :tribuna.uz