A Seriyada 0:0 hisobi qayd etildi: rekord yangilandi
MilanAC ↗ ●●●●● Umumiy 👁 33

A Seriyada 0:0 hisobi qayd etildi: rekord yangilandi

A Seriyada nihoyat golsiz duranglarsiz davom etgan seriya yakuniga yetdi!

«Komo» — «Roma» uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi va bu joriy mavsumdagi ilk shunday natija bo'ldi. Bungacha jamoalar 53 ta o'yin davomida ketma-ket gol urishga muvaffaq bo'lishgandi!

Tarixiy rekord o'z o'rnida qoldi: 1949/50-yilgi mavsumda ilk golsiz durang faqat yettinchi turda — «Milan» — «Latsio» bahsida qayd etilgandi.

Shu bilan birga, A Seriya yangi mavsumda 0:0 hisobi qayd etilgan Yevropaning kuchli beshlik ligalaridan oxirgisi bo'ldi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!