«Bavariya» qishki transfer oynasida yangi futbolchi xarid qilishi mumkin
Jarohatlar tufayli «Bavariya» qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirish masalasini ko'rib chiqmoqda. Yakuniy qaror Rojdestvo arafasida qabul qilinadi.
Jarohatlar «Bavariya»ni yanvar oyida transfer bozoriga chiqishga majbur qilishi mumkin.
Dastlab myunxenliklar qishda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmagan edi, biroq jarohatlar ketma-ketligi rahbariyatni rejalarni qayta ko'rib chiqishga majbur qilmoqda. Hozirda klub vaziyatni baholamoqda va kamida bitta futbolchi bilan shartnoma imzolash ehtimolini ko'rib chiqmoqda.
Pozitsiyalar va yangi keluvchilar soni bo'yicha yakuniy qaror Rojdestvo arafasida qabul qilinadi.