Oliver Baumann «Bavariya»ning ikkinchi darvozabon pozitsiyasi uchun nomzodlaridan biri sifatida ko'rilmoqda.
😅 Oliver Baumann «Bavariya»ning ikkinchi darvozabon pozitsiyasi uchun nomzodlaridan biri.
Myunxen klubi kelasi yozda Manuel Noyer faoliyatini yakunlashi va Yonas Urbig asosiy darvozabonga aylanishi ehtimoli uchun 7–8 nafar nomzodni ko'rib chiqmoqda.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, «Bavariya» Urbig uchun ishonchli o'rinbosar bo'la oladigan darvozabonni imzolamoqchi. Shunday variantlardan biri — 36 yoshli Oliver Baumann.
🤍 Darvozabon bir necha oydan beri «Bavariya» e'tiborida. Klub uning faoliyati va professional munosabatini yuqori baholamoqda.
«Bavariya» darvozabonlari Manuel Noyer va Sven Ulrayx mavsum yakunida faoliyatini yakunlashi mumkin. Klub yangi zaxira posboni izlamoqda.
🚨 «Bavariya» Manuel Noyer va Sven Ulrayx bilan ularning kelajagi borasida noyabr oyidagi xalqaro tanaffus yoki qishki ta'til vaqtida muzokaralar o'tkazishni rejalashtirmoqda.
ℹ️ Har ikki darvozabon uchun ham tendensiya mavsum oxirida faoliyatini yakunlashga qaratilgan.
✔️ Bu holatda, Yonas Urbig keyingi mavsum uchun aniq birinchi raqamli darvozabon sifatida rejalashtirilgan. Klub hozirda Urbigning o'rnini bosadigan nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.
📊 «Bavariya» yangi zaxira darvozaboni uchun aniq talablarni belgilab oldi:
🔴 U zaxira darvozaboni rolini qabul qilishi va «sadoqatli» bo'lishi kerak.
🔴 U qimmat bo'lmasligi kerak.
🔴 Tajribali bo'lishi lozim.
🔴 To'p bilan yaxshi muomalada bo'lishi kerak (Kompani buni o'z darvozabonlaridan, hatto mashg'ulotlarda ham talab qiladi).
✔️ Hozirgi vaqtda klub biror aniq darvozabon bilan bog'lanmagan. Ammo klub ichida muhokama qilinayotgan nomzodlar bor. Ular orasida:
🔴 Finn Damen
🔴 Bernd Leno
🔴 Oliver Bauman
🔖 Uchinchi raqamli darvozabon masalasida, Ulrayxning o'rnini bosish uchun «Bavariya» shoshilmoqchi emas. Klub bu rolni akademiya iqtidoriga berish yoki boshqa darvozabonni jalb qilish borasida qaror qabul qilishi kerak.
Bavariya kelasi mavsum uchun yangi ikkinchi darvozabon izlamoqda. Nomzodlar orasida Finn Damen va Marvin Shvebe bor.
Bavariya kelasi mavsum uchun Yonas Urbig ortidan ikkinchi raqamli darvozabon izlamoqda va Augsburg vakili Finn Damen (28 yosh) bu ro'yxatning eng yuqori qismida joy olgan.
O'yinchi bilan muzokaralar hali o'tkazilmadi - hozircha uning nomzodi faqat klub ichida muhokama qilingan.
Kyoln darvozaboni Marvin Shvebe (31 yosh) ham ro'yxatga kiritilgan, ammo u Damendan pastroq baholanmoqda.
Bavariya tajribali, ammo juda keksa bo'lmagan dublyor topmoqchi. Manuel Noyer va Sven Ulrayxga kelsak, hozirgi vaziyat ikkalasi ham faoliyatini bir vaqtda yakunlashiga ishora qilmoqda.
Ter Shtegen Germaniya terma jamoasidagi yangi maqomi va Manuel Noyer bilan bo'lgan munosabatlari haqida gapirdi.
Ter Shtegen Manuel Noyer uni Germaniya terma jamoasida birinchi raqamli darvozabon etib tayinlangani bilan tabriklagani haqida:
Yo'q. O'ylashimcha, u ikkinchi marta ota bo'ldi — uni shu bilan tabriklayman. Men ham u bilan bog'lanmadim, bu mening xatom. Oxirgi marta biz jahon chempionatidan oldin ko'rishgandik.
Uning tuzalib ketgani va o'ynashda davom etayotgani ajoyib. Bu mavsum uning uchun oxirgisi bo'ladimi yoki yo'q, bilmayman, lekin agar shunday bo'lsa, unga faoliyatini a'lo darajada yakunlashini tilayman. U nemis futboli afsonasi. Uning nemis futboli uchun qilgan ishlariga katta hurmat bilan qarayman
Manuel Noyer «Bude Glimt»ga qarshi bahs, darvozabonlar raqobati va «Bavariya»ning Chempionlar ligasidagi maqsadlari haqida gapirdi.
Manuel Noyer ertangi «Bude Glimt»ga qarshi o'yin haqida:
Biz hali tahlilni yakunlamadik. Kuchli jamoaga qarshi o'ynashimizni bilamiz. Ular tipik norveg jamoasi; kurashishni bilishadi, shuningdek, yaxshi futbol ham ko'rsata olishadi. Ularda Chempionlar ligasi tajribasi bor va ular katta nomlardan qo'rqmasliklarini ko'rsatishgan.
Biz ularning boshqa top-klublarga qarshi qanday o'ynaganini bilamiz. Ular qo'rquvsiz harakat qilishadi, yo'qotadigan hech narsalari yo'q. Jamoada barqarorlik ham bor; murabbiy ularni 2018-yildan beri boshqarib kelmoqda. Hammamiz ularni kamsitib bo'lmasligini bilamiz.
Noyer darvozada kim o'ynashi — o'zi yoki Urbig haqida:
Buni ikkalamiz ham hal qilmaymiz; bu murabbiy va murabbiylar shtabining ishi. Biz muloqot qilamiz, ertangi o'yin uchun oldindan kelishilgan reja yo'q.
Ikkalamiz ham har doim o'ynashimiz mumkinligini hisobga olib tayyorgarlik ko'ramiz. Tarkibni murabbiy hal qiladi; menda ertaga men o'ynayman degan his bor va aynan shunday tayyorgarlik ko'ryapman.
Noyer Chempionlar ligasi g'olibligi uchun asosiy da'vogarlar haqida:
So'nggi yillardagi finalchilar. «Barselona»da ham yaxshi tarkib bor. Favoritlar pley-off bosqichi yaqinlashgani sari aniqroq bo'ladi. Hammada ko'tarilish va pasayishlar bo'ladi; men odatiy favoritlar bo'lishini kutyapman.
Noyer «Bavariya»ga Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun nima yetishmayotgani haqida:
Hammasi mayda detallarda. Bizda teng o'yinlar bo'lgan, jumladan, o'tgan yilgi «Real» va «PSJ»ga qarshi bahslar. Bizda salohiyat bor. Tajriba ham bizga yordam beradi. Bizda bu bosqichga qaytish istagi bor.
Bizning katta maqsadimiz — Chempionlar ligasi g'olibi bo'lish. Biz achchiq mag'lubiyatlarni boshdan kechirdik, ammo bu bizga qo'shimcha motivatsiya beradi, chunki kelasi yozda Madridda [finalda] o'ynashni istaymiz.
Manuel Noyer Jamol Musialaning safga qaytishi va uning jamoa uchun ahamiyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Manuel Noyer Jamol Musiala haqida:
Biz barchamiz uning qaytganidan xursandmiz. U o'zining eng yaxshi sport formasiga qaytishiga ishonchimiz komil. Biz Jamol yana biz uchun o'yin taqdirini hal qilishini intiqlik bilan kutmoqdamiz
Manuel Noyer o'yin haqida fikr bildirib, Loris Kariusning mahoratini alohida ta'kidladi va Gelzenkirxenga qaytganidan xursand ekanligini aytdi.
✨ Manuel Noyer:
Bizda 15 daqiqa davomida optimal pozitsiya va temp bo'lmagan vaqtlar bo'ldi, qolgan vaziyatlarda menimcha, o'yinda ustunlik qildik va barcha statistika bizning foydamizga gapirmoqda.
Biz samarali harakat qila olmadik va yirik imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Loris [Karius] o'yinning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq edi, u haqiqatan ham 3 ta muhim seyv amalga oshirdi. Ikki o'yindan so'ng jadvalga qarashimiz shart emas. Kelasi hafta Chempionlar ligasida o'yinimiz bor, biz g'alaba qozonib, yaxshi start olishni istaymiz. Keyin Elversbergda qiyin safar o'yini kutib turibdi. Biz har bir o'yinga alohida yondashamiz.
✨ Noyer bugun Gelzenkirxenga qaytishi haqida:
Bu yerga qaytish yoqimli bo'ldi. Men bu yerda 20 yil o'tkazdim va hamma narsani shu yerda o'rgandim. Oila a'zolarim shu yerda yashaydi. Menga juda yoqdi.
Lorius "Bavariya"ga qarshi o'yinda ajoyib harakat qilib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ushbu hurmatli inson bugun "Bavariya"ni to'xtatib qoldi va o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
Myunxenliklar 2,1 xG ko'rsatkichiga erishishdi, ammo Loriusni dog'da qoldira olishmadi. U hatto Noyerdan alohida ehtiromga sazovor bo'ldi.
O'sha mashhur finaldan keyin bu nemis darvozaboni uchun top-5 ligalardagi bor-yo'g'i 7-o'yin edi. O'tgan mavsumda aynan uning ajoyib o'yini "Shalke"ga Bundesligaga qaytishni taqdim etgandi.
Manuel Noyer o'zi tarbiyalangan «Shalke» klubi va «Dortmund»ga qarshi o'yinlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Manuel Noyer «Shalke» haqida:
«Men «Shalke»ning eng katta muxlisiman, ayniqsa ular «Dortmund»ga qarshi o'ynaganda [kuladi]. Lekin, albatta, men g'alaba qozonishni va darvozam daxlsizligini saqlab qolishni istayman. Men uchun bu klub shunchaki Bundesligada bo'lishi shart. Men u yerda ulg'ayganman; oilam o'sha yerdan. Men Gelzenkirxenman, men «Shalke»man, lekin menda bavariyaliklar xos bo'lgan qulaylik va xotirjamlik ham bor»
Jonas Urbig o'z darvozasiga kiritilgan gol va o'tkazib yuborilgan zarba haqida fikrlarini bo'lishdi.
Jonas Urbigdan "Osnabryuk" darvozasiga kiritilgan gol epizodida biror narsa qilish mumkinmidi, deb so'rashdi:
Siz qachondir darvozabon bo'lganmisiz? U zarba berdi, to'p yo'nalishini biroz o'zgartirdi va yuqori burchakka kirib ketdi. Men o'zimga nisbatan juda va juda tanqidiy munosabatdaman, lekin bu vaziyatda uni faqat tabriklay olaman. Bu zarbani qaytarishning iloji yo'q edi.
«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar ligasi doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Manuel Noyer:
«Bavariya» va «Manchester Yunayted» qarama-qarshiligi — bu Chempionlar ligasidagi boy tarixga ega bo'lgan klassika. «Old Trafford»da o'ynash — bu o'zgacha tuyg'u.
Manuel Noyer joriy mavsum uning uchun oxirgisi bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi.
Manuel Noyer joriy mavsum uning uchun oxirgisi bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi:
Hozir jamoa bilan birgalikda ushbu mavsumdan zavq olish vaqti, qolganini esa keyin ko'ramiz. Ammo ha, bu mavsum mening faoliyatimdagi oxirgisi bo'lishi ham mumkin.
Bavariya darvozabonlar tarkibidagi kelajakdagi o'zgarishlar ustida ishlamoqda. Manuel Noyyerning faoliyatini yakunlashi mumkinligi aytilmoqda.
📊 Bavariya darvozabonlari bilan bog'liq ayni damdagi vaziyat:
🔴 Manuel Noyyer, katta ehtimol bilan, yozda faoliyatini yakunlaydi (yakuniy qaror hali qabul qilinmagan)
🔴 Bavariya kelasi mavsumda Urbix ortida turadigan, o'z rolini qabul qiladigan tajribali va sodiq ikkinchi darvozabonni xohlaydi (ularga Urbix bilan raqobatlashadigan yosh darvozabon kerak emas)
🔴 Bavariya 7–8 nafar nomzodni ko'rib chiqmoqda, hozircha aniq muzokaralar yo'q
🔴 Ayni damdagi maqsad — yangi darvozabon uchun harakat qilishdan avval Noyyer va Ulrayxning kelajagiga aniqlik kiritib olish
Yonas Urbig terma jamoadagi debyuti va Manuel Noyer hamda Sven Ulrayxning qo'llab-quvvatlashi haqida gapirdi.
✨🎤 Yonas Urbig:
«Birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha raqib ustidan ustunlik qildik. To'pni yo'qotgan har safar darhol pressing uyushtirib, uni qaytarib oldik. Darvozabon uchun darvozani daxlsiz saqlash har doim o'zgacha narsa, albatta»
✨🎤 Manuel Noyer bilan o'yin oldidan muloqot bo'lgani haqida:
«Manu va Ulle ikkalasi ham o'yindan oldin menga yozishdi, ular terma jamoadagi debyutimdan xursand bo'lishdi va menga omad tilashdi. Bundan juda xursand bo'ldim»
Jonas Urbig Germaniya terma jamoasidagi debyuti hamda Manuel Noyer va Sven Ulrayxning unga ko'rsatayotgan yordami haqida gapirdi.
Jonas Urbig ertaga «Alyans Arena»da Germaniya terma jamoasi safidagi debyuti haqida:
«Bu juda o'zgacha voqea. Bu butun umring davomida intilgan lahzang. Ertaga o'z stadionimda maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lganimdan xursandman. Men jamoa sifatida Yurgen Klopp qo'l ostidagi ilk g'alabamizni qo'lga kiritishimiz uchun bor kuchimni ishga solaman»
Urbigning Klopp unga ertaga asosiy tarkibda tushishini qachon aytgani haqida:
«Men bu haqda bugun mashg'ulotda bilib oldim va albatta, juda xursand bo'ldim. Ertangi kun men uchun juda o'zgacha lahza bo'ladi»
Urbigning Germaniya terma jamoasidagi debyutidan oldin Manuel Noyer bilan bog'langani haqida:
«Bizda umuman olganda juda yaxshi muloqot bor va tasavvur qilyapman-ki, u ertaga menga xabar yuborishi mumkin. «Bavariya» darvozabonlar jamoasi, albatta, rivojlanishimga katta yordam bermoqda. Manuel Noyer va Sven Ulrayxning tajribasi menga yordam beradi va men buning uchun juda minnatdorman»
«Bavariya» yangi darvozabon izlamoqda. Asosiy nomzod — «Augsburg» vakili Finn Damen. Noyer va Ulrayx faoliyatlarini yakunlashi mumkin.
BILD xabariga ko'ra, «Bavariya» Urbigning o'rniga yangi dublyor izlamoqda.
Asosiy nomzod — «Augsburg» vakili, 28 yoshli Finn Damen. «Kyoln» darvozaboni Marvin Shvebe ham ro'yxatda bor, biroq u nemis darvozabonidan pastroq o'rinda turibdi.
Manuel Noyer va Sven Ulrayx bo'yicha hozirda faoliyatlarini bir vaqtda yakunlash tendensiyasi mavjud.
Manuel Noyer «Bavariya»ning Chempionlar ligasidagi maqsadlari va o'tgan mavsumdagi mag'lubiyatlar haqida gapirdi.
Manuel Noyer «Bavariya»ning Chempionlar ligasidagi g'alaba imkoniyatlari haqida fikr bildirdi:
Hammasini mayda detallar hal qiladi. O'tgan yili biz «Real» va «PSJ»ga qarshi o'yinlarda muvaffaqiyatga juda yaqin edik. Bizda salohiyat va kerakli tajriba bor. Biz yana o'sha darajaga chiqmoqchimiz. Asosiy maqsadimiz — Chempionlar ligasida g'alaba qozonish.
Biz og'riqli mag'lubiyatlarni boshdan kechirdik, ammo ular faqat motivatsiyani oshiradi. Biz kelasi yozda Madridda bo'lib o'tadigan finalda o'ynamoqchimiz.
Maks Eberl "Shalke" muxlislarining Manuel Noyyerga nisbatan haqoratli so'zlariga munosabat bildirib, buni qabul qilib bo'lmas holat deb atadi.
💭🤬 Maks Eberl "Shalke" muxlislarining Manuel Noyyerni haqorat qilishi va uni "iflosning o'g'li" deb atashiga munosabat bildirdi:
Maks Eberl: "Ular o'z yoshlar akademiyasida shunday buyuk yigitni tarbiyalaganlaridan faxrlanishlari kerak edi. U keyinchalik jahon futboliga kirib keldi va dunyoning eng yaxshi darvozaboni hamda jahon chempioni bo'ldi. Bunday keskin iboralar yo'l qo'yib bo'lmaydigan holat. "Bavariya"ga qarshi bo'lganingiz uchun hushtak chalishingiz mumkin, ammo bunday gap-so'zlarga o'rin yo'q"
«Bavariya» sport direktori Maks Eberl Manuel Noyerni haqorat qilgan «Shalke» muxlislarining xatti-harakatini qoraladi.
Maks Eberl Manuel Noyerni «Shalke» muxlislari tomonidan haqorat qilinishini qoraladi.
«Ularga o'z tarbiyalanuvchisi bo'lgan, keyinchalik jahon darajasiga chiqqan, dunyoning eng yaxshi darvozaboni va jahon chempioni bo'lgan shunday buyuk futbolchi bilan faxrlanishlari kerak edi. Bunday haqoratlar yo'l qo'yib bo'lmaydigan holat. «Bavariya»ga bo'lgan nafrat tufayli uni hushtakbozlik bilan kutib olish mumkin, ammo bunday iboralar mutlaqo ortiqcha», — dedi Eberl.
Manuel Noyer o'zining sobiq jamoasi «Shalke»ga qarshi 20 ta o'yinda mag'lubiyatga uchramadi va 15 ta o'yinda gol o'tkazib yubormadi.
Manuel Noyer o'zining sobiq jamoasi «Shalke»ga qarshi birorta ham o'yinda mag'lubiyatga uchramagan.
Statistikaga ko'ra, darvozabon «Shalke»ga qarshi 20 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta g'alaba va 3 ta durang qayd etgan. Shuningdek, u ushbu bahslarning 15 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Manuel Noyer «Shalke»ga qarshi bo'lajak o'yin va o'zining Gelzenkirxen bilan bog'liqligi haqida fikrlarini bo'lishdi.
Manuel Noyer Gelzenkirxenga «Shalke»ga qarshi o'yin uchun qaytishi qanchalik hissiyotlarga boy ekani haqida gapirdi:
«Shalke» Dortmundga qarshi o'ynaganda, men ularning eng katta muxlisiman [kuladi]. Ammo, albatta, men g'alaba qozonishni va darvozam daxlsizligini saqlab qolishni istayman.
Men uchun bu klub shunchaki Bundesligada bo'lishi shart. Men u yerda ulg'ayganman, oilam o'sha yerdan. Men — Gelzenkirxenman, men — «Shalke»man, lekin ichimda bavariyaliklarga xos qulaylik va xotirjamlik hissi ham bor.
Manuel Noyer, Serj Gnabri, Maks Eberl va Yan-Kristian Dreezen Chempionlar ligasi qur'asi hamda bo'lajak raqiblar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
✨ Manuel Noyer Chempionlar ligasi qur'asi haqida:
Raqiblar juda muvozanatli va boy an'analarga ega qiziqarli jamoalar. Umuman olganda, biz yana kuchli sakkizlikka kirishni istaymiz; bu bizning asosiy maqsadimiz. So'nggi yillarda «Arsenal» bilan o'yinlar o'ziga xos klassikaga aylanib ulgurdi. Biz «Atletiko» bilan final o'tkaziladigan stadionda o'ynaymiz va barchamiz bu mavsumda u yerda ikki marta o'ynay olishimizga umid qilamiz. «Bavariya» va «Manchester Yunayted» qarama-qarshiligi — albatta, Chempionlar ligasi tarixidagi mutlaq klassika. U yerda safarda o'ynash o'zgacha narsa.
Shuningdek, biz o'tgan mavsumda haqiqiy kutilmagan hodisa bo'lgan «Bude-Glimt», shuningdek, «Lill», «Slaviya», «Real Betis» va «Viking» bilan o'yinlarimizni ham mensimasligimiz kerak. Biz bo'lajak sinovlarni intiqlik bilan kutmoqdamiz.
✨ Serj Gnabri Chempionlar ligasi qur'asi haqida:
Chempionlar ligasida yana bir kuchli guruh bosqichini o'tkazishga umid qilamiz. Men Madridda «Atletiko»ga qarshi o'yinni intiqlik bilan kutyapman. O'tgan mavsumda «Arsenal» bilan o'ynagan edik, bu safar ham uyimizda juda yaxshi va qiziqarli bahs bo'ladi. «Bude-Glimt» o'tgan yili turnir sensatsiyasiga aylandi.
«Manchester Yunayted» ko'tarilishda davom etmoqda, shuning uchun ajoyib stadionda zo'r qarama-qarshilik bo'ladi. «Real Betis», «Slaviya» va «Lill» ham o'tgan mavsumda yaxshi ishtirok etgan juda kuchli futbol jamoalari. Bizni hayajonli o'yinlar kutib turibdi va biz ularni intiqlik bilan kutyapmiz.
✨ Maks Eberl Chempionlar ligasi qur'asi haqida:
Biz Chempionlar ligasining yangi mavsumini intiqlik bilan kutyapmiz. Bizda «Atletiko», «Manchester Yunayted», «Lill» va «Viking»ga qarshi juda kutilgan safar o'yinlari bor.
Uyda biz mag'lub eta oladigan raqiblarga qarshi o'ynaymiz, ammo ular orasida o'tgan mavsum finalchisi «Arsenal» ham bor. Biz kuchli sakkizlikda yakunlashni istaymiz, bu aniq maqsad.
✨ Yan-Kristian Dreezen Chempionlar ligasi qur'asi haqida:
Bular umuman oson raqiblar emas. Bizni bir nechta jiddiy sinovlar kutmoqda, jumladan, har doim qiyin raqib bo'lgan «Atletiko» va «Old Trafford»da ajoyib muxlislar qarshisida «Manchester Yunayted»ga qarshi safar o'yini. Uyda Angliya chempioni va o'tgan mavsum finalchisi «Arsenal» bilan o'ynaymiz.
Shuningdek, bizda «Viking» kabi kamroq tanish raqiblar ham bor. Men bu o'yinni va Norvegiyaga safarni intiqlik bilan kutyapman. Shuningdek, uyda o'tgan mavsumda bir nechta kutilmagan natijalarni qayd etgan «Bude-Glimt» bilan uchrashamiz. Umuman olganda, bular biz juda hurmat qiladigan raqiblar, ammo biz ularni mag'lub etishni istaymiz.
Bavariya darvozaboni Manuel Noyer joriy mavsum uning faoliyatidagi so'nggisi bo'lishi mumkinligini istisno qilmadi.
✨ Manuel Noyer:
O'zimni yaxshi his qilyapman. Biz Germaniyaning ikkinchi eng kuchli jamoasiga qarshi safarda o'ynadik, bu har doim kurashlarga boy bo'ladi va menimcha, bugun kuchliroq jamoa g'alaba qozondi. Superkubok mavsum boshlanishi uchun ajoyib imkoniyat, bu orqali qaysi darajada ekanligimizni tushunib olamiz. Jahon chempionati sababli futbolchilar jamoaga turlicha vaqtda qaytishdi, biz vaziyatdan maksimal darajada foydalanishga va yangi futbolchilarni jamoaga moslashtirishga harakat qildik. Biz ko'p ishladik, yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va endi yangi mavsumga tayyormiz.
✨ Noyer o'z faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida:
Endi bu mavsumdan jamoa bilan birga zavqlanish vaqti keldi, keyin esa ko'ramiz. Ammo ha, ehtimol, bu mening oxirgi mavsumim bo'lishi mumkin.