#Krishtianu Ronaldu — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Luka Modrich terma jamoadagi o'yinlari soni bo'yicha Messi bilan tenglashdi

Luka Modrich terma jamoadagi o'yinlari soni bo'yicha Messi bilan tenglashdi

Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasi safida 208-o'yinini o'tkazib, Lionel Messining natijasini takrorladi. Rekord esa Krishtianu Ronalduga tegishli.

Luka Modrich terma jamoa safida 208-uchrashuvini o'tkazdi va bu borada Lionel Messiga yetib oldi. Undan ko'proq o'yin faqat Krishtianu Ronalduda – 234 ta 🔝

Jed Spens: "Inter" tarixidagi eng sevimli o'yinchim — Ronaldo"

Jed Spens: "Inter" tarixidagi eng sevimli o'yinchim — Ronaldo"

Jed Spens o'zining bolaligi, "Inter" afsonasi Ronaldo "Fenomen"ga bo'lgan hurmati hamda Italiyadagi faoliyati haqida gapirib berdi.

Jed Spens: «Men Londonning janubidagi Pekxem tumanidaman. Futbol o'ynashni shu yerdan boshlaganman. O'ylashimcha, to'pga birinchi marta zarba bergan joyim haqiqiy futbol stadioni emas, balki Pekxem Ray parki bo'lgan. Bolaligimda Krishtianu Ronalduni juda yoqtirardim va «Pekxem Taun»da o'ynaganimda unga taqlid qilishga urinardim. Birinchi golimni juda uzoq vaqt oldin urganman, lekin uni qaychi uslubida kiritganim yodimda. O'sha lahzada shunchalik ko'p energiya his qilgandimki, maydonda to'xtovsiz yugurgandim!

«Inter» tarixidagi eng sevimli o'yinchim — bu, shubhasiz, Ronaldo "Fenomen". Italiya menga juda yoqadi: «Jenoa»da o'ynaganimda, bu mamlakatning ijobiy muhiti, iqlimi va ajoyib taomlari meni hayratda qoldirgan. Jahon chempionatidagi uchinchi o'rinmi? Bu biz xohlagan natija emasdi, biz g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. Tarixga kirish imkoniyatimiz bor edi, bu ajoyib tuyg'u edi».