#Lionel Messi — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Krishtianu Ronaldu sport tarixida 2 milliard dollar ishlab topgan ilk sportchiga aylandi

Krishtianu Ronaldu sport tarixida 2 milliard dollar ishlab topgan ilk sportchiga aylandi

Krishtianu Ronaldu o'z faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq daromad olgan tarixdagi ilk faol sportchiga aylandi.

Krishtianu Ronaldu navbatdagi rekordni o'rnatdi – bu safar moliyaviy. Forbes hisob-kitoblariga ko'ra, u o'z faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq daromad olgan tarixdagi ilk faol sportchiga aylandi.

O'tgan yili Bloomberg uni milliard dollar ishlab topgan ilk futbolchi deb ataganida, Krishtianu Pirs Morganga bu uning maqsadlaridan biri bo'lganini tan olgandi.

«Bu xuddi «Oltin to'p»ni yutishdek gap. Men shunday bo'lishini bilardim, tayyor edim. Bu vaqt masalasi edi», – degandi futbolchi.

Demak, Ronaldu pullarga xuddi sovrinlarga qaragandek qaraydi. Endi milliardlar ikki barobarga oshdi.

Faoliyatidagi umumiy daromad – 2.09 milliard dollar. Buning deyarli yarmini Saudiya Arabistoni taqdim etdi.

● Muhim: bu boylik emas, balki Ronaldu faoliyati davomida ishlab topgan barcha mablag' – maoshlar, bonuslar, homiylik va litsenziya daromadlari (soliqlar to'langunga qadar). Forbes uning umumiy boyligini taxminan 1.2 milliard dollar, Bloomberg esa 1.4 milliard dollar deb baholamoqda.

● Maydonda Ronaldu taxminan 1.39 milliard dollar ishlab topdi. «Sporting» va «MYu» taxminan 84 million, «Real» 351 million, «Yuventus» 195 million, «MYu»ga qaytishi esa 60 million dollar keltirdi.

● «Al-Nasr» esa uch yarim yil ichida taxminan 700 million dollar to'ladi. Bu «Real»dagi to'qqiz mavsumdagidan ikki barobar ko'p. 2025-yilda shartnoma yana ikki yilga uzaytirildi, Bloomberg ma'lumotiga ko'ra, klub aksiyalarining 15 foizini olish imkoniyati bilan.

● Maydon tashqarisida yana taxminan 690 million dollar. Asosiy homiy – Nike, 2003-yildan beri. 2016-yildan buyon Ronaldu bilan umrbod shartnoma imzolangan, u Bloomberg ma'lumotiga ko'ra yiliga taxminan 18 million dollar keltiradi. Faqat 2016-yilning o'zida uning postlari Nike'ga qariyb 500 million dollarlik reklama samaradorligini berdi.

● Ijtimoiy tarmoqlar – Ronalduning asosiy valyutasi: qariyb bir milliard obunachi, sayyoradagi eng katta auditoriya. Instagram'dagi bitta reklama posti taxminan 3.4 million dollar turadi – dunyoda birinchi o'rin. YouTube-kanal esa ilk million obunachini 90 daqiqada yig'di.

● CR7 brendi – bu butun boshli biznes tarmog'i: atirlar, ichki kiyimlar, soatlar, suv, fitnes-klublar va soch ko'chirish klinikalar. Eng yirik loyiha – Lissabon, Madrid, Nyu-York va Marrakeshdagi Pestana CR7 mehmonxonalari. 2027-yilda Parijda mehmonxona ochiladi.

● Eng kutilmagani: Ronaldu Portugaliyaning eng qadimiy chinni zavodi Vista Alegre'ning 10 foiziga egalik qiladi. Shuningdek, u fitnes-startap Whoop, sun'iy intellekt qidiruv tizimi Perplexity'da ulushlarga va Ispaniyaning «Almeriya» klubida 25 foiz aksiyaga ega.

● Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgunga qadar Ronaldu va Messi deyarli tengma-teng ketishayotgandi: 2011-yildan 2022-yilgacha farq bor-yo'g'i 8 million dollarni tashkil etgan. Hozir Messi 1.87 milliard dollar bilan reytingda uchinchi, ular orasida esa Tayger Vuds (1.97 milliard dollar) bor.

● Forbes prognoziga ko'ra, 2027-yilning may oyiga kelib Ronalduda 2.39 milliard dollar bo'ladi. Messi shu vaqtga kelib 2 milliard dollar bilan tarixda ikkinchi sportchiga aylanishi mumkin, ammo Krishtianuni quvib yetishi dargumon.

O'zining moliyaviy motivatsiyasini portugaliyalik futbolchi inson tabiati bilan izohlaydi.

«Biz insonmiz. Qo'limizda bor narsadan hech qachon qoniqmaymiz», – deydi u.

Ehtimol, ikki milliard dollarlik marrani bosib o'tib, Krishtianu baribir biroz qoniqish hosil qilgandir.

🤔 41 yoshda Ronalduda futbolchi orzu qiladigan hamma narsa bor, faqat bittasidan tashqari – bu yetarli degan hissiyot.

O'ng ustun yangiliklari

Luka Modrich terma jamoadagi o'yinlari soni bo'yicha Messi bilan tenglashdi

Luka Modrich terma jamoadagi o'yinlari soni bo'yicha Messi bilan tenglashdi

Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasi safida 208-o'yinini o'tkazib, Lionel Messining natijasini takrorladi. Rekord esa Krishtianu Ronalduga tegishli.

Luka Modrich terma jamoa safida 208-uchrashuvini o'tkazdi va bu borada Lionel Messiga yetib oldi. Undan ko'proq o'yin faqat Krishtianu Ronalduda – 234 ta 🔝

Zbignev Bonek: «Men har doim Maradonani tanlagan bo'lardim»

Zbignev Bonek: «Men har doim Maradonani tanlagan bo'lardim»

Polsha futboli afsonasi Zbignev Bonek Maradona va Messi o'rtasidagi farq hamda argentinalik yulduzga qarshi o'yinlar haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

Il Corriere dello Sport bosh muharriri bilan suhbatda polshalik futbol afsonasi, A Seriyada to'p surgan Zbignev Bonek «Maradona yoki Messi?» degan savolga javob berdi:

Ikkovi ham fenomenal o'yinchilar, lekin sezilarli farq bor. Diyego fol ishlatish odatiy hol bo'lgan dunyoda o'ynagan, Lionel esa maydonda unga tegish mumkin bo'lmagan dunyoda. Himoyachilarning Maradonaga bo'lgan munosabatini bugungi kun bilan solishtirib bo'lmaydi. Diyego juda ziddiyatli hayot kechirganiga qaramay, betakror. Agar menga tanlov imkonini berishsa, men har doim Maradonani tanlagan bo'lardim.

Bonek o'zi to'p surgan «Yuventus» va «Napoli» o'rtasidagi o'yinlardan birini ham esladi:

O'shanda birinchi bo'limdan keyin kiyinish xonasiga kirdik va kimdir: «Maradonani yaxshilab urib qo'yish kerak, chunki u xohlagan ishini qilyapti», dedi. Biz qaytdik, lekin hech kim unga tegmadi, chunki barchamiz unga juda qoyil qolardik. U ajoyib edi! Diyego yaxshi yigit va muloqotda juda yoqimli inson edi.
Malkom: Messi menga "Barselona" kelajagi ekanligimni aytgandi

Malkom: Messi menga "Barselona" kelajagi ekanligimni aytgandi

Malkom "Barselona"dan ketishidan oldin Lionel Messi bilan bo'lgan suhbatini esladi.

Malkom Lionel Messi bilan "Barselona"dan ketishidan oldin bo'lgan suhbat haqida gapirib berdi:

Menga Rossiyaga sotilishim kerakligini aytishganida, Messi oldimga kelib, shunday dedi: "Sen "Barselona"ning kelajagisan. Biz bilan qol".
Argentina terma jamoasida 10-raqam uchun asosiy nomzodlar ma'lum

Argentina terma jamoasida 10-raqam uchun asosiy nomzodlar ma'lum

Lionel Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagach, Argentina terma jamoasida 10-raqam uchun Niko Pas va Lautaro Martines asosiy nomzod bo'lib turibdi.

Lionel Messi ketganidan so'ng, Argentina terma jamoasida 10-raqam uchun asosiy da'vogarlar sifatida Niko Pas va Lautaro Martines ko'rilmoqda.

[ESPN]

Frenki de Yong: "Sardorlik bog'ichi borasida Messi va Virjil o'rtasidaman"

Frenki de Yong: "Sardorlik bog'ichi borasida Messi va Virjil o'rtasidaman"

Frenki de Yong o'zining jismoniy holati, sardorlik bog'ichi, Xavi bilan ishlash va o'z o'yiniga bo'lgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

Frenki de Yong: "Men yaxshi formadaman, baxtliman va juda motivatsiyalanganman. Jarohatlardan nimadir o'rganish mumkin deb o'ylamayman, lekin ular haqiqatan ham futbolga qaytish istagini kuchaytiradi".

❓Siz terma jamoa sardori bo'lasizmi?

Frenki de Yong: "Buni murabbiy hal qilishi kerak, lekin, shubhasiz, bu imkoniyat bor. Men unchalik ko'p gapiradigan odam emasman. Virjilning boshqalarni qanday qilib ovozi bilan bosib ketishini doim eshitish mumkin — u bizning haqiqiy yetakchimiz, shu jumladan so'z bilan ham. Sardorlik bog'ichini taqqanimda, o'z xatti-harakatlarim va professionalligim bilan boshqalarga o'rnak bo'la olaman.

Shuningdek, Messi bilan sardor sifatida ishlash imkoniga ega bo'lganman. U hech qachon ovozini ko'tarmasdi va so'zsiz yetakchi edi. Aytishim mumkinki, sardorlik bog'ichi bilan o'zimni Messi va Virjil o'rtasidagi joyga qo'ygan bo'lardim. Agar bu shu hafta sodir bo'lsa, men uchun katta sharaf bo'lardi".

❓Xavini qanday baholaysiz?

Frenki de Yong: "U o'z g'oyalarini va maydonda nimani ko'rishni istayotganini juda aniq ifodalaydi. Hatto birinchi xalqaro tanaffusdayoq unga xos bo'lgan o'yin qurish sxemalarini payqaganman. Ayniqsa, uning ham yarim himoyachi bo'lgani menga yoqadi".

❓Himoyada o'ynashga tayyormisiz?

Frenki de Yong: "Agar murabbiy mendan himoyada o'ynashimni so'rasa, himoyada o'ynayman. Ammo uzoq muddatli istiqbolda bunday bo'lmaydi. Hamma mening yarim himoyachi ekanligimni biladi".

❓Xavi sizni yetarlicha baholashmayotganini aytdi. Siz ham shunday deb o'ylaysizmi?

Frenki de Yong: "Har kim bunga o'z qarashi bilan qaraydi. Yagona ob'ektiv haqiqat yo'q. Futbolchi sifatida, balki, seni biroz kam baholashayotgandek taassurot uyg'onishi osonroqdir. Menda ham ba'zi odamlarga nisbatan shunday tuyg'u bo'ladi.

Juda kam odam o'yinning barcha 90 daqiqasini tomosha qiladi. Qolganlar maydonda nimalar bo'layotganini, futbolchilar nima uchun aynan shunday qarorlar qabul qilayotganini, nima haqiqatan ham yaxshi pas ekanligini va nima emasligini aslida payqashmaydi. Futbolda o'yinchilarni gollar va assistlar bo'yicha baholash eng osoni. Menda bu ko'rsatkichlar, albatta, ancha kam. Lekin agar o'yinimga diqqat bilan nazar tashlasangiz, haqiqatan ham yaxshi futbolchi ekanligimni yoki yo'qligini tushunib yetasiz".