#Kenan Yildiz — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Kenan Yildizning transfer qiymati 150 million yevrogacha yetishi mumkin

Kenan Yildizning transfer qiymati 150 million yevrogacha yetishi mumkin

Di Marzio xabariga ko'ra, "Yuventus" Kenan Yildizni 100 million yevrodan qimmatroqqa baholamoqda va futbolchi uchun 150 million yevro talab qilishi mumkin.

Kenan Yildiz 150 million yevroga baholanishi mumkin!

"Yuventus" Kenan Yildizni 100 million yevrodan qimmatroqqa baholamoqda. Turinliklar allaqachon "Arsenal" va "Tottenxem"dan takliflar olishgan, ammo ularni ko'rib ham chiqishmagan. Sotuv amalga oshgan taqdirda, transfer summasi 150 million yevroga yetishi mumkin.

Di Marzio xabariga ko'ra.

O'ng ustun yangiliklari

Cesc Fabregas A Seriyaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Cesc Fabregas A Seriyaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Cesc Fabregas A Seriyaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Mukofot 9-noyabr kuni Bolonyada topshiriladi.

Cesc Fabregas A Seriyaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi!

Italiya futbolchilar assotsiatsiyasi unga 9-noyabr kuni Bolonyada «Bulgarelli Number 8» mukofotini topshiradi. Eng yaxshi futbolchi deb «Yuventus» vakili Yildiz topildi.

ANSA xabariga ko'ra.

Juventus muxlislariga murojaat: murabbiyni iste'foga chiqarishga shoshilmang

Juventus muxlislariga murojaat: murabbiyni iste'foga chiqarishga shoshilmang

Juventus muxlislarining murabbiyga nisbatan tanqidlariga kanal munosabati: jamoadagi kadrlar muammosi va tig'iz taqvim haqida.

Shekilli, bugun chatdagi ko'pchilik qo'shnisi bilan qimmat viski tikib, «Yuventus» «Kalyari»ni yutadi deb garov o'ynagan ko'rinadi.

Izohlardagi bunchalik katta norozilikni boshqacha izohlab bo'lmaydi.

Amaldagi chempion «Inter» «Kalyari»ga qarshi bahsda 3,6 xG yaratgan bo'lsa-da, atigi bitta gol urdi (1:1). Bunda ham o'yin oxirida g'alabani boy berib qo'yishlari mumkin edi.

Kaprile ularga qarshi o'yinda ham qoyilmaqom harakat qilgandi, hozir ham har o'yinda bir-ikki seyv amalga oshirmoqda.

Murabbiyda markaziy yarim himoyada Koopmeynersdan boshqa rotatsiya imkoniyati yo'qligini, aksariyat futbolchilar esa terma jamoalar yig'inidan endigina qaytganini hisobga olmayapman.

J. Medical'da asosiy tarkib o'yinchilari (Tyuram, Yildiz, Lokatelli, Milik) navbatda turganini va 3 kundan keyin yana safar o'yini kutib turganini aytmayapman.

Qanaqasiga murabbiyni ishdan bo'shatmoqchisizlar? Sizlarga faqat bitta bahona kerak, darrov murabbiyni bo'shatish payiga tushasizlar 😏