Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Juventus — yangiliklari

Juventus va bog'liq yangiliklar

Zambo-Angissa «Napoli»dan ketishi mumkin

Zambo-Angissa «Napoli»dan ketishi mumkin

Zambo-Angissa va «Napoli» o'rtasidagi muzokaralar yakunlandi. Futbolchi uchun «Inter», «Milan» va «Yuventus» da'vogarlik qilmoqda.

⁉️ Zambo-Angissa va «Napoli» o'rtasidagi muzokaralar kelishuv bilan yakunlanmadi: o'rtadagi uzilish endi yakuniy tus oldi.

Neapol klubi futbolchini tekinga qo'yib yubormaslik uchun uni qishda sotib yuborish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Yarim himoyachi uchun «Inter», «Milan» va «Yuventus» da'vogarlik qilmoqda, biroq turinliklar hozircha qishki transfer oynasida xarajat qilishni rejalashtirmayapti, imkon qadar uni erkin agent sifatida qo'lga kiritishni afzal ko'rishmoqda 👀

📰 La Gazzetta dello Sport

Kefren Tyuram reabilitatsiyani Fransiyada davom ettiradi

Kefren Tyuram reabilitatsiyani Fransiyada davom ettiradi

Kefren Tyuram operatsiyadan keyingi tiklanish jarayonini Fransiyaning Lion shahridagi tibbiyot markazida davom ettiradi.

Kefren Tyuramning tiklanish jarayoni bo'yicha yangiliklar ℹ️

Operatsiyadan keyingi dam olish davri yakunlangach, Tyuram Fransiyaga jo'nab ketdi. U yerda futbolchi reabilitatsiya kursini davom ettirish uchun Liondagi ixtisoslashgan tibbiyot markazida yaqin ikki haftani o'tkazadi. Bu qaror «Yuventus» tibbiy shtabi bilan kelishilgan holda qabul qilindi.

📌 Asosiy maqsad — o'yinchini 2027-yil boshiga qadar safga qaytarish.

🗣 Di Martsio

Davide Kanjini «Yuventus» bosh skauti bo'lishi mumkin

Davide Kanjini «Yuventus» bosh skauti bo'lishi mumkin

Davide Kanjini «Yuventus» bosh skauti lavozimiga asosiy nomzod hisoblanadi. U avvalroq «Sassuolo» va «Atalanta» klublarida ishlagan.

Davide Kanjini «Yuventus» bosh skauti lavozimiga asosiy nomzod hisoblanadi 🔎

«Sassuolo»da ishlashidan avval u «Atalanta»da sport direktori Sartori bo'lgan yillarda faoliyat yuritgan.

📰 TuttoSport

Gazzetta dello Sport: «Yuventus» Sheshkoni nishonga olgan

Gazzetta dello Sport: «Yuventus» Sheshkoni nishonga olgan

Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «Yuventus» «Manchester Yunayted» hujumchisi Sheshko nomzodini ko'rib chiqmoqda. Turinliklar yozgi transferlar uchun hujumchi izlashmoqda.

🗞️ Gazzetta dello Sport:

«Yuventus» «Manchester Yunayted»dan Sheshko nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Turin klubi yoz uchun hujumchi izlamoqda.

Brahim Diaz yana "Milan"ga qaytishi mumkinmi?

Brahim Diaz yana "Milan"ga qaytishi mumkinmi?

Brahim Diazning "Milan"ga qaytish ehtimoli muhokama qilinmoqda. "Milan" va "Galatasaroy" futbolchini kuzatmoqda.

Brahim Diaz yana "Milan"da paydo bo'lishi mumkinmi? 👀

Ispaniyalik futbolchining Milanga qaytishi haqidagi voqealar rivoji yana davom etmoqda.

Brahim Diaz "Milan"da uch mavsum o'tkazdi, 2021/22-yilgi mavsumda Skudettoda g'olib chiqdi va jamoaga Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqishga yordam berdi.

Hozirda ispaniyalik futbolchi "Real" safida to'p tepmoqda, ammo Ispaniyadan olingan ma'lumotlarga ko'ra, "Milan" va "Galatasaroy" 2027-yilning yozini ko'zlab, uning vaziyatini kuzatib bormoqda.

To'g'ri, muhim bir jihat bor: Diazning shartnomasi haqidagi ma'lumotlar qarama-qarshi. Bir manba uzaytirish hali yaqin emasligini ta'kidlasa, boshqasi avvalroq "Real" bilan kelishuv amalda kelishib bo'linganini xabar qilgan edi.

"Milan"dan tashqari, futbolchiga "Yuventus", "Roma" va "Borussiya Dortmund" ham qiziqish bildirgan.

Siz Brahim Diazni yana "Milan" libosida ko'rishni istarmidingiz?

Norberto Neto: "Yuve"ga qaytganimdan juda xursandman"

Norberto Neto: "Yuve"ga qaytganimdan juda xursandman"

Norberto Neto "Yuventus"ga qaytgani va jamoaning kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Norberto Neto:

"Po-moyemu, qachonki yoshingiz 25 dan 30 gacha bo'lsa, faoliyatingizni yakunlash haqida o'ylash qiyin. Sportdan ketish har doim qo'rqinchli. Men bu so'zdan juda qo'rqardim, chunki butun hayotim futbol bilan o'tgan.

Bir paytlar bu haqda o'ylab qoldim: o'zimni haqiqatan ham erkin va xotirjam his qilayotgandim. Keyin esa "Yuve" paydo bo'ldi va bu fikr vaqtincha chekindi. Hatto bir necha hafta oldin kelayotgan qo'ng'iroqlarga ham javob berishni istamagandim, chunki oilamning farovonligini birinchi o'ringa qo'ygandim.

Ayolim Turinni sevib qolgan — biz 10 yil oldin ham bu yerga birga kelganmiz. Hozir esa barchamiz qaytganimizdan behad xursandmiz. Endi faqat o'yindan zavq olish, o'zimni a'lo darajada his qilish va ushbu buyuk klub manfaati yo'lida astoydil mehnat qilish haqida o'ylayapman.

Ilgari mister (Spalletti) bilan ishlash nasib qilmagandi. Futbolda hamma bir-birini taniydi, har kimning o'z fikri bor. Dastlabki aloqalarimiz juda ijobiy o'tdi: to'g'ri qaror qabul qilganimga aminman.

"Yuve" Chempionlar ligasisiz? Bu futbol dinamikasi, vaziyatlar. Oxir-oqibat, faqat bugungi kunni o'ylab ishlash kerak. Bu yerdagi futbolchilar hamon juda kuchli, salohiyati yuqori va klass darajasi baland. Nazarimda, biz bir necha yil avval "Yuventus" taqdim etgan hislarni qaytarishga qodirmiz.

Vikario APLda haqiqatan ham ajoyib mavsumlarni o'tkazdi, men u bilan Angliyada, "Bornmut" va "Arsenal"da o'ynagan vaqtimda to'qnash kelganman. Bu eng yuqori darajadagi darvozabon. Umid qilamanki, biz bu yerda ko'plab ajoyib lahzalarni baham ko'ramiz: uning terma jamoa ixtiyoridan qaytishini kutyapman".

Bog'liq yangiliklar

Ange-Gabriel Kokora uchun kurash qizg'in pallada

Ange-Gabriel Kokora uchun kurash qizg'in pallada

Liejning "Standard" klubi himoyachisi Anj-Gabriel Kokora bir qator Yevropa klublari, jumladan "Real Betis" va "Yuventus" nishonida.

"Yuventus" Liejning "Standard" klubi yosh markaziy himoyachisi Anj-Gabriel Kokorani diqqat bilan kuzatmoqda. Uni kelajagi porloq futbolchi sifatida baholashmoqda.

Futbolchiga "Milan", "Real Betis", "Sevilya" va "Marsel" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Uning shartnomasi 2027-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. "Yuventus" transfer imkoniyatlarini baholash va raqobatchilardan o'zib ketish uchun himoyachining o'yinini kuzatishda davom etadi.
Monako Teun Kopmeynersga qiziqish bildirmoqda

Monako Teun Kopmeynersga qiziqish bildirmoqda

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Monako Yuventus yarim himoyachisi Teun Kopmeynersni qishda ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Monako Teun Kopmeynersga qiziqish bildirmoqda.

Yuventus yarim himoyachisi yozgi transfer oynasi yakunida Tyago Skuro va uning jamoasi e'tiborida bo'lgan.

Yozda Monako yarim himoyani kuchaytira olmadi: Erik Lira bo'yicha muzokaralar Folarin Balogun klubdan ketmagani sababli to'xtab qolgandi. Shu bilan birga, monegasklar Alaji Bambuni sotishdi, Pol Pogba bilan shartnomani bekor qilishdi, Denis Zakariya va Mamadu Kulibalining jarohatlari esa yarim himoyadagi o'yinchi yetishmovchiligini yanada yaqqol ko'rsatib qo'ydi. Shu sababli qishda klub katta ehtimol bilan yana tarkibni kuchaytirish harakatiga tushadi.

28 yoshli Kopmeyners Turin klubida hozircha o'zini ko'rsata olmadi. Yuventus yanvar oyida uni ijaraga berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Monakodan tashqari, niderlandiyalik futbolchiga Beshiktosh, Galatasaroy, Everton va Nyukasl ham qiziqish bildirgan.

Shartnomasi 2029-yilga qadar mo'ljallangan futbolchining sotib yuborilishi dargumon: 2024-yilda Yuventus uni Atalantadan 58 million yevro evaziga xarid qilgan edi. Transfer qiymatining pasayishini hisobga olgan holda, ijara eng maqbul variant bo'lishi mumkin.

Joriy mavsumda Kopmeyners oltita o'yinda bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi, biroq faqat bitta uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va hozircha Luchano Spalettining asosiy tanlovlari qatoriga kirmaydi.