Milan Gabriele Kalvani bilan qiziqmoqda
Tuttosport xabariga ko'ra, Milan Frosinone himoyachisi Gabriele Kalvani bilan qiziqmoqda. Futbolchi Genoa klubiga tegishli.
Milan qishki transfer oynasi uchun yana bir himoyachini topdimi?
Tuttosport xabariga ko'ra, rossonerilar Frosinone vakili Gabriele Kalvani bilan qiziqib qolishgan. 21 yoshli markaziy himoyachi Genoa klubiga tegishli va Italiya U21 terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Qizig'i shundaki, uning agenti Beppe Rizo Milan bilan yaxshi tanish va u Kamarda hamda Komotto kabi futbolchilarning ham vakili hisoblanadi. 👀
To'g'ri, Kalvanining o'zi mushaklaridagi muammo tufayli yakshanba kungi San-Sirodagi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin.
Milan uning nomzodini ko'rib chiqishi kerakmi? 🔥