Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Frosinone — yangiliklari

Frosinone va bog'liq yangiliklar

San-Siro stadionida maysazor almashtirilmoqda

San-Siro stadionida maysazor almashtirilmoqda

«San-Siro» stadionida maysazor to'liq almashtirilmoqda. Yangi qoplamada dastlabki o'yinni «Milan» va «Frozinone» jamoalari o'tkazadi.

Italiya-Fransiya uchrashuvidan so'ng «San-Siro» stadionida maysazorni to'liq almashtirish ishlari boshlandi.

Maysazorni yangilash jarayoni 4 bosqichda amalga oshiriladi: eskirgan qatlamni to'liq olib tashlash; asosni millimetrgacha tekislash va yangi maysazor yotqizishga tayyorlash; yangi chim yotqizish; o'yin maydoni gibrid tizimini yakunlash uchun qoplama yotqizish va sintetik mustahkamlash.

Tuttosport xabariga ko'ra, yangi maysazorda dastlabki o'yinni «Milan» va «Frozinone» jamoalari yakshanba, 22-noyabr kuni o'tkazishadi. Shundan so'ng, chorshanba, 25-noyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi «Inter» — «Shtutgart» uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bog'liq yangiliklar