Massimiliano Allegri "Venetsiya"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi.
"Bir marta zarba berib, gol urish yaxshiroq bo'lardi, ammo buning aksi yuz berdi. Futbolda shunaqa holatlar bo'lib turadi. Men faqat bitta yo'lni bilaman: ishlash, ko'proq diqqatni jamlash va hafsalasizlikni g'azabga aylantirish. Hammasi noto'g'ri ketdi; hozir biz sabrli bo'lishimiz va yanada qattiqroq ishlashimiz kerak. Chempionlar Ligasida har doim yaxshi o'yin ko'rsatib kelgan jamoaga qarshi vaziyatni o'nglay olamizmi yoki yo'q — bu o'zimizga bog'liq."
🔘 Uchta markaziy himoyachi bilan o'yin o'zini oqladimi?
"Hisoblaymanki, jamoa 29 ta zarba yo'llaganida, ikkita yoki bitta markaziy himoyachi bilan o'ynash asosiy omil bo'lmaydi. Byokema yaxshi o'ynadi, qolganlar ham shunday. Hozir turnir jadvali bizning foydamizga emas; biz yettita o'yindan uchtasida mag'lub bo'ldik va yagona yo'l — yuzaga kelgan vaziyatni o'z foydamizga hal qilish uchun astoydil ishlashdir."
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!