Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Serie A yangiliklari

Serie A

Napoli Nikolas Jekson bilan bog'landi

Napoli Nikolas Jekson bilan bog'landi

Napoli Nikolas Jeksonning vakillari bilan aloqaga chiqdi. Biroq, klub yangi hujumchi xarid qilishdan avval o'z futbolchilarini sotishi lozim.

So'nggi soatlarda Napoli Nikolas Jeksonning vakillari bilan bog'landi.

Biroq, neapolliklar yangi hujumchini tarkibga qo'shib olishdan avval, avvalo o'z futbolchilarini sotishlari kerak.

Serie A

Lukas Perri transferi to'xtab qoldi

Lukas Perri transferi to'xtab qoldi

Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Lukas Perrining «Torino»ga o'tishi klub egasi Urbano Kayro sababli to'xtab qolgan.

Fabrisio Romano o'z strimida Lukas Perrining «Torino»ga o'tishi bilan bog'liq transfer jarayoni to'xtab qolganini ma'lum qildi.

Kelishuv turinliklar klubi egasi Urbano Kayroning shaxsiy qarori bilan pauzaga qo'yilgan.

«Granatranglilar» ushbu transferni tezroq yakunlashni rejalashtirishgan edi, ammo «Marsel»ning paydo bo'lishi italyanlarning barcha rejalarini o'zgartirib yubordi.

Ayni damda Lukas Perrining agenti Turinda ekani va u «buqalar»ning o'z mijoziga bo'lgan ishonchini qayta tiklashga urinayotgani xabar qilinmoqda.

Nikolo Fortini «Torino»ga o'tishi mumkin
АS ROMA ↗ Transfer

Nikolo Fortini «Torino»ga o'tishi mumkin

Nikolo Fortinining «Torino»ga o'tishi Alessio Kachchamanining «Roma»ga transferiga yo'l ochishi mumkin. Tafsilotlar Matteo Moretto va Janluka Di Marsio xabarlarida.

Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Hull City» va «Torino» «Fiorentina»ning Fortini bo'yicha talablarini qondirdi hamda futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qildi.

«Fiorentina» futbolchisi atrofidagi vaziyat Alessio Kachchamani bilan bevosita bog'liq bo'lishi mumkin: Fortinining «Torino»ga o'tishi yosh futbolchi borasida «Torino» va «Roma» o'rtasidagi muzokaralarga ta'sir ko'rsatishi ehtimoli bor.

Janluka Di Marsio ma'lumotiga ko'ra, «Torino» Nikolo Fortini transferi bo'yicha «Fiorentina» bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Himoyachi avval «Fiorentina» bilan shartnomasini uzaytiradi, shundan so'ng ijara asosida «Torino» safiga o'tadi.