Donyell Malen «Roma» tarixidan joy oldi
Donyell Malen «Roma» safida A Seriya mavsumining dastlabki 4 ta o'yinida 6 ta gol urib, tarixiy natijani takrorladi.
Malen sur'atni pasaytirayotgani yo'q — va buni niyat ham qilmagan.
Opta xabariga ko'ra, Malen tarixga kirdi: u «Roma» safida A Seriya mavsumining dastlabki to'rtta o'yinida beshtadan ortiq (aniqrog'i oltita) gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Unga qadar bunday natijaga faqatgina 1960/61-yilgi mavsumda Pedro Manfredini (yettita gol) va 2001/02-yilgi mavsumda Franchesko Totti (oltita gol) erishgan edi. To'xtatib bo'lmas futbolchi.