Paolo Espozito: "Napoli" hozirda "Fiorentina"dan ustun emas"
Jurnalist Paolo Espozito "Napoli"ning transfer siyosati va jamoaning hozirgi holatini tanqid ostiga oldi.
Napoli jamoasining hozirgi holati haqida "Area di Rigore" dasturida so'z bordi.
Boshlovchi, neapollik jurnalist Paolo Espozito kecha kechqurun o'z mualliflik ko'rsatuvida shunday dedi:
Hozirgi vaqtda "Napoli" qog'ozda "Fiorentina"dan ustun. Qog'ozda! Ammo maydondagi haqiqat butunlay boshqacha! "Fiorentina" taslim bo'lmadi. "Napoli" yozda Xoylundni sotib olish uchun 44 million yevro sarfladi, u jami 50 million yevroga tushdi! Juda ko'p, u bunga arzimaydi! "Roma" esa yarim narxiga Malenni sotib oldi, u haqiqatan ham vaziyatni o'zgartirmoqda va ko'p ochko keltirmoqda!
"Napoli", agar hisoblab chiqilsa, jamoaning eng yaxshi hujumchisi bo'lgan Lukakuni bor-yo'g'i 6 million yevroga sotdi, u bizga atigi 15 oy oldin skudettoni yutishimizga yordam bergandi.