#Romelu Lukaku — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Napoli nega transfer bozorida nima uchun sustkashlik qilmoqda?

Napoli nega transfer bozorida nima uchun sustkashlik qilmoqda?

Italiyalik jurnalist Luka Cherkone «Napoli» klubining transfer bozorida nima uchun sustkashlik qilayotganini tushuntirib berdi.

Italiyalik jurnalist Luka Cherkone «Napoli»ning transfer bozoridagi harakatlari haqida fikr bildirdi:

Agar biz Guterres, Xasa va Dzerbindan keyin Lukaku va boshqalarni ham sotganimizda, baribir bir necha millionlik likvidlik zonasidan tashqarida qolgan bo'lardik. «Napoli» jarimalardan xavfsiraydi va transfer bozorida sustkashlik qilayotgani no'noqlikdan emas, balki zaruratdan kelib chiqmoqda.

Cherkone ma'lumotiga ko'ra, neapolliklar A Seriya nazorat organlari (Covisoc) tomonidan belgilangan «ishchi kuchi xarajatlarining daromadga nisbati» koeffitsienti 0,8 darajasida bo'lgani uchun o'ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga majbur. Klub allaqachon maoshlar fondining umumiy daromadga nisbati bo'yicha belgilangan chegaradan oshib ketgan. Yangi futbolchilarni erkin sotib olish imkoniyatiga ega bo'lish uchun «Napoli» rahbariyati balansni normallashtirishi va avvalo yuqori maosh oluvchi ba'zi o'yinchilar bilan xayrlashishi kerak.

O'ng ustun yangiliklari

Romelu Lukaku: «Napoli bilan sovrin yutishni istayman»

Romelu Lukaku: «Napoli bilan sovrin yutishni istayman»

Romelu Lukaku «Napoli»dagi maqsadlari, Kevin De Bryuyne bilan hamkorligi hamda Chempionlar ligasidagi raqiblar haqida fikr bildirdi.

🔘Sizda esa De Bryuyne bor.

«Kevin — Premer-ligadagi eng yaxshi pleymeyker. U «Siti» bilan hamma narsani yutgan; o'tgan yili bizda ajoyib o'zaro tushunish bor edi. U bo'sh zonalarga o'sha halokatli paslarni berishni yaxshi ko'radi: biz bir-birimizni yaxshi tushunamiz, u o'ynamagan paytda menga bu juda yetishmasdi.»

🔘Mavsumdagi maqsadingiz?

«Ko'proq gol urish. Ko'proq gol urib, «Napoli» bilan sovrin yutish.»

🔘Chempionlar ligasi?

«Biz yaxshiroq o'ynashimiz kerak; pley-offga chiqmoqchimiz. Bilasizmi, PSJ bilan to'qnash kelish bir narsa, lekin agar osonroq raqiblarga qarshi o'ynasangiz, uzoqroqqa borishingiz mumkin. Shaxsiy uchrashuvlarda har narsa bo'lishi mumkin.»

🔘«Arsenal» Chempionlar ligasidagi raqibingiz...

«Ular Premer-ligada g'alaba qozonishdi, Chempionlar ligasi finaliga chiqishdi. Ularning tarkibi kuchli va juda chuqur, sifatli o'yinchilari ko'p, lekin...»
Romelu Lukaku: «De Bryuyne bilan birga o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman»

Romelu Lukaku: «De Bryuyne bilan birga o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman»

Romelu Lukaku «Napoli»ga o'tishi va Kevin De Bryuyne bilan birga o'ynash imkoniyati haqida gapirdi.

«Di Lorentso, Maktomini, De Bryuyne - hamon bunga ishona olmayapman. De Bryuyne bilan tanishishni va u bilan birga o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman. Bunday futbolchining maydonda qanday harakatlanishini ko'rganingizda, xuddi futbol universitetida o'qiyotgandek bo'lasiz, unga qarab shunchaki: "Ana xolos!", deysiz. U aqlbovar qilmas faoliyatni ortda qoldirdi.»

«Napoli»dan tashqari takliflar olganmanmi? Bir nechta bo'lgan, lekin bu imkoniyat haqida eshitganimda, bunga ishona olmaganman. Hozirgacha ham ishona olmayapman.»

«Qiz o'rtog'im birozdan keyin keladi. Men hali bu shaharni bilmayman, tezroq kashf etishni istayman. Avvalo esa pitsa yemoqchiman.»

Romelu Lukaku: "2010-yilda "Real"ga o'tishimga ota-onam qarshi bo'lishgan"

Romelu Lukaku: "2010-yilda "Real"ga o'tishimga ota-onam qarshi bo'lishgan"

Romelu Lukaku 2010-yilda nima uchun "Real Madrid"ga o'tmagani va qaysi klubni qo'llab-quvvatlashi haqida gapirdi.

Romelu Lukaku 2010-yilda "Real Madrid"ga o'tishi mumkin bo'lgani haqidagi xabarlarga izoh berdi:

"2010-yilda "Real Madrid"ga o'tishga yaqin bo'lganmanmi? Ota-onam "Real"ga o'tishimga qarshi bo'lishgan, chunki o'sha paytda hali maktabda o'qirdim. Ota-onam o'zlari ma'lumot ololmagani uchun, mening ta'lim olishim va o'qishda muvaffaqiyatga erishishim ular uchun muhim edi.
"Real Madrid" yoki "Barselona"? Qaysi klubni afzal ko'rishim haqidagi savol — bu shaxsiy masala (kuladi)".