Bundesliganing 2-turidan o'rin olgan Hoffenheim va Borussia Dortmund jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi. Uchrashuvda dortmundliklar g'alaba qozondi.
⌛️ O'yin yakunlandi
✅ Hoffenheim 2:3 Borussia Dortmund
⚽️ L. Avdullahu ⚽️ T. Lemperle ⚽️ S. Girassi ⚽️ F. Silva ⚽️ Asllani (avtogol)
"Barselona" Seru Girassiga bo'lgan qiziqishini to'xtatdi. Bunga futbolchining "Dortmund"dagi yuqori maoshi sabab bo'ldi.
❌ "Barselona" Seru Girassiga qiziqish bildirgan edi. Biroq, kataloniyaliklar hujumchi "Dortmund"da yiliga qariyb 10 million yevro maosh olishini bilgan zahoti, unga bo'lgan qiziqish juda tez so'ndi.
«Roma» «Bryugge» hujumchisi Tresoldini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Dortmundning «Borussiya»si ham kurashga qo'shilgan, ammo transfer qiyin kechishi mumkin.
«Roma» «Bryugge» hujumchisi Tresoldini Doniell Malenga o'rinbosar sifatida ko'rmoqchi.
«Bryugge» forvardi «Roma»ning diqqat markaziga tushdi. Biroq, bu borada jiddiy raqobat ham mavjud. Da'vogarlar qatorida Dortmundning «Borussiya»si ham bor, garchi nemis klubi avvaliga kimnidir sotishi kerak bo'lsa ham.
Sky Sports DE jurnalisti Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, hozirgi vaqtda dortmundliklar uchun bu transferni amalga oshirishning yagona yo'li Girassini sotish bo'lardi.
Ammo hozir bunday qadam murakkab ko'rinmoqda. Shu tariqa, «Borussiya» amalda berk ko'chaga kirib qoldi, «Roma» esa vaziyatni o'z foydasiga hal qilish uchun yaxshi imkoniyatga ega.
Dortmund «Borussiya»si yarim himoyachisi Konstantinos Karetsas «Betis»ga qarshi o'yinda g'alaba golini urdi va o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
19 yoshli Dortmund «Borussiya»si yarim himoyachisi Konstantinos Karetsas kechagi «Betis»ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushish imkoniyatini deyarli boy berib qo'ya yozdi. «Asalarilar» bosh murabbiyi Niko Kovach o'z futbolchisini uzoq vaqt topa olmadi, u esa shu vaqt ichida hojatxonada bo'lgan ekan…
Ammo Karetsas baribir jarohat olgan Seru Girassi o'rniga maydonga tushdi va ikkinchi bo'limda hal qiluvchi golni urib, jamoasiga 2:1 hisobidagi g'alabani keltirdi. Qolaversa, yunonistonlik futbolchi o'yinning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Jerar Romero xabariga ko'ra, Seru Girassi "Barselona" va "Borussiya" Dortmund o'rtasidagi muzokaralarda tilga olingan.
💦 Jerar Romero xabariga ko'ra, Seru Girassi "Barselona"ning dortmundliklar bilan Ektor Fort transferi bo'yicha olib borgan muzokaralari chog'ida tilga olingan.
Hujumchi uchun belgilangan tovon puli 30 million yevroni tashkil etadi.
Seru Girassi Dortmundning «Borussiya» klubi bilan 2028-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnomani imzolashi kutilmoqda.
Seru Girassi payshanba kuni tushdan keyin Dortmundning «Borussiya» klubi bilan 2028-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnomani imzolashi kutilmoqda. 🔜
Yulduzli hujumchi chorshanba kuni kechqurun xususiy samolyotda ikki akasi bilan birga Shtutgart aeroportiga yetib keldi.
Manbalar unchalik ishonchli emas, shuning uchun ma'lumotni mish-mish sifatida qabul qilamiz! Biroq «Fenerbaxche» Lukaku bilan shartnoma imzolaganini va Seru uchun da'vogarlar qolmaganini hisobga olsak, bu ssenariy juda haqiqatga yaqin! ❗️
Fanatik xabariga ko'ra, "Fenerbaxche" Seru Girassining transferi bo'yicha Dortmundning "Borussiya" klubi bilan kelishuvga erishdi.
Fanatik xabariga ko'ra, "Fenerbaxche" Seru Girassining transferi bo'yicha Dortmundning "Borussiya" klubi bilan kelishuvga erishdi. Transfer summasi 25 million yevroni tashkil qiladi.
Gvineyalik hujumchi bonuslar bilan birga yiliga 10 million yevro maosh oladi.