Fransiya terma jamoasi Dayo Upamekanoni "Bavariya" ixtiyoriga qaytardi. Himoyachi Italiyaga qarshi o'yinda qizil kartochka olgandi.
Fransiya terma jamoasi Dayo Upamekanoni ozod qilganini va Italiyaga qarshi kechagi o'yinda olgan qizil kartochkasidan so'ng uni "Bavariya" ixtiyoriga qaytarganini e'lon qildi.
Samuel Umtiti Andi Diufning qanot himoyasidagi o'yinini tahlil qilib, unga hali ko'p ishlash kerakligini ta'kidladi.
Samuel Umtiti Andi Diuf haqida:
Diuf qanot himoyachisi pozitsiyasida? Agar pozitsiya tanlash haqida gapiradigan bo'lsak, masalan, uzun paslar vaqtida, o'yinni o'qiy olish va yarim burilishda joylashish kerak. Ko'rinib turibdiki, u bu rolga ko'nikmagan: ba'zida u juda frontal joylashadi va keyin yugurish kerak bo'lganda, unga qiyin bo'ladi.
Birga-bir vaziyatlarda u qanday himoyalanayotgani va raqibni qanday yo'naltirishga urinayotganidan ham uning profil himoyachisi emasligi seziladi. Ammo bular ustida ishlash mumkin. Vingbek sifatida o'ynash — to'rt nafar himoyachidan iborat chiziqda o'ynash bilan bir xil narsa emas.
Ehtimol, yonida Upamekanoning borligi uning vazifasini biroz yengillashtirar. Ammo to'p sening qanotingga kelganda, kim sug'urta qilayotgani muhim emas — Upamekano yoki boshqa birov. Asosiysi — himoyalanishga va muayyan vaziyatlarda pozitsiyani egallashga qanchalik o'rgatilganingdir.
Biz buni ko'rdik: vaqti-vaqti bilan to'p uning zonasiga bordi, lekin u boshqacha rivojlanishni kutdi va yakunda kechikdi. Shunday ekan, birinchi navbatda uni individual ish kutib turibdi va murabbiylar u bilan birgalikda shug'ullanishadi deb o'ylayman.
Bu oson emas, chunki bor-yo'g'i bir necha yil oldin u sof hujumkor o'yinchi edi. Uni hozir qanot himoyasiga o'tkazish va himoyalanishga o'rgatish — oson vazifa emas.
Harri Keyn, Maykl Olise va Dayo Upamekano qo'shimcha ta'til olishdi va ular kelasi hafta oxirigacha Myunxenga qaytishmaydi.
🚨 Harri Keyn, Maykl Olise va Dayo Upamekano qo'shimcha ta'til olishdi va ular kelasi hafta oxirigacha Myunxenga qaytishmaydi.
❌ Jismoniy holat bo'yicha testlardan o'tishgach, ular katta ehtimol bilan jamoaning Superkubok haftasigacha bo'lgan mashg'ulotlariga to'liq qo'shilishmaydi.
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Maykl Olisening Ispaniyaga qarshi o'yindagi harakatlari va unga bildirilgan tanqidlar haqida gapirdi.
Didye Desham Ispaniyaga qarshi kechgan bahsdan so'ng Maykl Olise manziliga yo'llangan tanqidlarga o'z munosabatini bildirdi:
Menimcha, siz biroz qattiqqo'llik qilyapsiz. U Ispaniyaga qarshi o'yinda boshqalar qatori yaxshi o'yin ko'rsata olmadi. Uning o'sishi uchun hali imkoniyatlar ko'p. Albatta, u yanada kuchayadi. Katta o'yin [jahon chempionati yarim finali] va hissiyotlar ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Ammo agar bu jahon chempionatida haqiqatan ham o'zini ko'rsata olgan biror futbolchi bo'lsa, bu aynan u. Qolaversa, u juda ajoyib inson.
U yanada yuqori cho'qqilarga erishadi. Ba'zida shunchaki omad yetishmaydi, shuningdek, raqibning kuchini ham tan olish kerak. Dayo Upamekanoni misol qilib keltiraman. Hozir u mutlaq yirtqich, ammo unga ham shunday darajaga chiqish uchun vaqt kerak bo'lgan.
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham himoyachi Dayo Upamekanoning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Didye Desham Dayo Upamekano haqida fikr bildirdi:
Dayoning terma jamoadagi faoliyati qiyin boshlangan. Bugungi kunda u, shubhasiz, dunyodagi eng yaxshi himoyachilardan biri. U aqlbovar qilmas atletik kuchga ega va hamma narsani qila oladi. Keyingi bosqichga chiqish uchun esa vaqt talab etiladi.