✨🎤 Aaron Danks:
«Haqiqatan ham bugungi jamoa o'yinidan mamnunman. Menimcha, bizning har tomonlama ko'rsatgan o'yinimiz fantastik darajada edi, ayniqsa darvozamiz daxlsizligini saqlab qolish uchun butun jamoa bo'lib himoyalanganimiz. Hujum qilishimiz va vaziyatlar yaratishimiz ham shunday. Biz butun jamoaning o'yinidan juda va juda mamnunmiz»
✨🎤 Karl haqida:
«Yaqinda Lenni atrofida ko'p shov-shuvlar bo'ldi. Yosh o'yinchi sifatida, menimcha, u ajoyib xarakter va kuchli mentalitet ko'rsatdi. U o'ziga ishonadi. Bugungi o'yini esa ajoyib bo'ldi va chiroyli gol bilan yakunlandi. Menimcha, u vaziyatni juda ustalik bilan yakunladi, to'pni darvozabon ustidan oshirib tashladi. Nishonlash jarayonini ko'rmadim. Biz Lenni uchun juda xursandmiz, jamoa uchun xursandmiz va bugun kechqurungi o'yindan mamnunmiz»
✨🎤 Upamekanoning o'yini haqida:
«O'ylaymanki, Upamekanoning o'yinlari uzoq vaqt davomida yetarlicha baholanmay keldi. U o'z xarakteri va shaxsiyati bilan jamoaga olib kiradigan narsalar fantastik. Menimcha, unga qarshi o'ynash juda qiyin himoyachi. Buni har kuni mashg'ulotlarda ko'raman, eng yaxshi hujumchilarimiz unga qarshi o'ynashadi, u esa har kuni kurashlarda va yakkama-yakka vaziyatlarda jang qiladi, shuning uchun o'yin kunlari ham bundan farq qilmaydi. Menimcha, uning bugun kechqurungi o'yini yana, Jonatan Ta va qolgan to'rt nafar himoyachi, shuningdek, darvozadagi Manu bilan birgalikda fantastik edi. Ayrim o'yinchilarni alohida ajratib ko'rsatish juda qiyin, chunki menimcha, bugun kechqurungi o'yin ko'proq jamoaviy ruh haqida edi, qiyinchiliklarga qarshi birlashish va murakkab maydonda fantastik natijaga erishish haqida edi. Lekin, shubhasiz, menimcha, Upamekano o'z o'yinlari uchun maqtovga loyiq. Menimcha, u fantastik edi»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!