Yan-Kristian Dreezen Vensan Kompani haqida:
U o'zining katta guruhi bilan kelib, klubni nazoratiga olib, keyin bir necha yildan so'ng ketib qoladigan murabbiylardan emas. «Bavariya»ga ushbu klubga xos bo'lgan sifatni anglaydigan va qadrlaydigan murabbiy kerak. Vensan bilan esa bu narsa aniq bor. Qolaversa, u o'zi ham eng yuqori saviyada o'ynagan. Garchi u «Bavariya» kabi katta klub uchun murabbiy sifatida hali nisbatan yosh bo'lsa-da, u yetarli obro'ga ega va futbolchilarning hurmatini qozonmoqda.
Bundan tashqari, u faqat o'z g'oyalarida qotib qolmaydi, balki ularni boshqa qarashlar va takliflar bilan boyitishga hamisha ochiq. U, klub va futbolchilar o'rtasida hammasi joyida ishlamoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!