Harri Keynning «Atletiko»ga qarshi o'yin oldidan bergan intervyusi.
— Raqib haqida:
«Atletiko Madrid» — bu juda kuchli klub, u doimo «Barselona» va «Real Madrid» bilan raqobatlashadi va menda bu klubga nisbatan katta hurmat bor.
Ular doimo yaxshi pozitsiyada bo'lishadi va Chempionlar ligasida bir nechta ajoyib mavsumlarni o'tkazishgan.
Kiran Trippye bu yerda bo'lgan va menga klubda o'tkazgan vaqti davomida qanchalik ko'p narsani o'rganganini aytib bergan. Stadiondagi atmosfera fantastik va u har doim o'yinlarda muhim rol o'ynaydi.
— Simeone so'zlari haqida:
Men unga minnatdorchilik bildiraman va men uchun Simeone kabi zamonaviy davrning eng yaxshi murabbiylaridan biri tomonidan bunday maqtovga sazovor bo'lish — sharaf.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!