Bayern Munich 1:1 Köln: Bundesligada alamli durang
Bundesliga 10-turidan o'rin olgan "Bavariya" va "Kyoln" o'rtasidagi bahs durang bilan yakunlandi.
❌ O'yin yakunlandi! | Alamli durang... Ayniqsa, Keyn va Olise uchun juda achinarli...
Bundesliga 10-turidan o'rin olgan "Bavariya" va "Kyoln" o'rtasidagi bahs durang bilan yakunlandi.
❌ O'yin yakunlandi! | Alamli durang... Ayniqsa, Keyn va Olise uchun juda achinarli...
Joshua Kimmich Manuel Neuerning jarohati jiddiy bo'lishi mumkinligidan xavotirda hamda jamoa va Harry Kane haqida fikr bildirdi.
✨🎤 Joshua Kimmich kechagi goli qanchalik hissiyotlarga boy bo'lgani haqida:
"Juda ham, ayniqsa otam bilan bog'liq voqealarni hisobga olsak, bu juda hissiyotli edi. Men o'zi kam gol uraman. Shuning uchun gol urganimdan keyin xayolimga kelgan birinchi narsa shu bo'ldi. Bu odatdagidan ko'ra ancha hissiyotliroq edi"
✨🎤 Klubdagi hozirgi muhit haqida:
"Bu yerda 11 yil davomida turli narsalarni boshdan kechirdim. Oxirgi ikki-uch yil ichida shakllangan narsa haqiqatan ham o'zgacha. Murabbiy, murabbiylar shtabi, jamoa va klub atrofidagi barcha bilan birgalikda. Hozir klubda katta xotirjamlik hukm surmoqda.
Ilgari hammasi boshqacha edi. Hatto muvaffaqiyatli futbol o'ynaganimizda ham, baribir ko'p tashvishlar bo'lardi. Endi esa hammasi o'z o'rniga tushayotgandek tuyulmoqda. Albatta, biz maydonda muvaffaqiyatga erishishimiz kerak — bu har doim asosiy narsa. Ammo oxirgi bir necha hafta ichida ko'rdikki, hatto murabbiy mavjud bo'lmaganda va bizda ko'plab jarohatlar bo'lganda ham, biz birga qolamiz. O'ylaymanki, futbolda bu ham muhim"
✨🎤 Harry Kane shartnomasini uzaytirgani haqida:
"Albatta, xursandman. Uning shu yerda o'ynashda davom etishi Bundesliga uchun yaxshi. Lekin men ayniqsa biz uchun xursandman, nafaqat uning gollari, balki u qanday insonligi uchun ham. U kiyinish xonasida hamma narsa yaxshi ishlashining sabablaridan biri.
U "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi, lekin baribir jamoa uchun hamma narsani qilishga tayyor. U har doim har bir jamoadoshi yonida bo'ladigan inson va bu haqiqatan ham o'zgacha"
✨🎤 Kimmich Manuel Neuer jiddiy jarohat olganidan gumon qilmoqda:
"Agar u safdan chiqsa, biz uchun bu juda achinarli bo'ladi. U bir haftadan keyin mashg'ulotlarga qayta oladiganga o'xshamaydi. Manuel hech qachon og'riyotganini tan olmaydi — shuning uchun u maydonni tark etdimi, afsuski, bu katta ehtimol bilan jiddiy narsa"
Harry Kanening «Bavariya» bilan shartnomasida 2030-yilgacha uzaytirish bandi yo'q. Futbolchi klub tarixidagi eng yuqori maoshni oladi.
❌ Harry Kane shartnomasida 2030-yilgacha uzaytirish bandi mavjud emas.
ℹ️ Buning evaziga «Bavariya» hujumchiga boshqa jihatlar, jumladan, maoshi va imidj huquqlari bo'yicha yon berdi. Kane klub uchun rekord darajadagi, ya'ni yiliga 25 million yevrodan ortiq maosh oladi.
✔️ Bosh direktor Yan-Kristian Dreezen yozdan boshlab Kanening otasi Patrik va akasi Charli bilan sakkiz raundlik muzokaralar o'tkazdi.
🔖 2023-yilda Kane klubga kelib qo'shilgan paytdagi kabi, Dreezen ushbu kelishuvning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'ldi.
📰 Maximilian Koch
Atletico Madrid bosh murabbiyi Diego Simeone Harri Keynning Oltin to'pni qo'lga kiritgani haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🎙️ Cholo «Bavariya»ga qarshi o'yin oldidan:
«Eng avvalo, men Keynni munosib ravishda qo'lga kiritgan Oltin to'pi bilan tabriklamoqchiman.
Bu aqlbovar qilmas holat, men doim unga qoyil qolganman.
Yillar o'tib, u o'zining eng yaxshi versiyasini topdi, shu bilan birga to'purarlik instinktini ham yo'qotmadi.
Uning iste'dodi – futbol uchun va unga havas qiladigan yosh o'yinchilar uchun haqiqiy xazina».
Joshua Kimmich jamoaning qiyin davrni boshdan kechirayotgani, jarohatlar va Dortmund bilan o'yin haqida fikr bildirdi.
✨🎤 Joshua Kimmich:
«Bu, shubhasiz, men uchun juda va juda og'ir hafta bo'ldi. Maydonga qaytganimdan xursandman. Bu oson emasdi, lekin o'yin vaqtida hamma narsani unutishga ulgurasan, hech bo'lmaganda bir muddatga. Biroq, bugun olgan jarohatlarimizni ko'rganingda, bu senga oxir-oqibat eng muhimi — sog'lom qolish ekanligini eslatadi.
Shunday ekan, bugungi natijadan qat'i nazar, o'ylaymanki, biz hozir jamoa va murabbiy atrofida sodir bo'layotgan voqealar, endi esa bu jarohatlar bilan qiyin davrni boshdan kechirayotganimizni aytish adolatli bo'ladi. Va, albatta, men shaxsan boshimdan kechirgan narsalar. Endi biz jamoa sifatida nimaga qodirligimizni ko'ramiz va biz birga bo'lishimiz kerak»
«Aytishim kerakki, klubdan, yonimda bo'lgan odamlardan va DFBdan, shuningdek, dafn marosimida qatnashgan barchadan olgan qo'llab-quvvatlashim shaxsan men va oilam uchun nihoyatda o'zgacha bo'ldi. Bu menga aynan o'z o'rnimda ekanligimni ko'rsatdi»
✨🎤 O'yin haqida:
«O'ylaymanki, bu bizning uchinchi durangimiz edi va bugungi natija, shubhasiz, mutlaqo keraksiz edi. Ayniqsa, ikkinchi bo'lim qanday kechganini hisobga olsak, durang o'yinni adolatli aks ettiradi deb o'ylamayman.
Ammo futbolda ba'zida shunday bo'lib turadi. "Dortmund" hech qachon taslim bo'lmadi va oxirigacha kurashishda davom etdi. Yakunda biz ushbu ochkoni qabul qilib olishga majburmiz, garchi g'alaba qozonishimiz kerak bo'lgani aniq bo'lsa ham»
❓ Sizni nima ko'proq ajablantirdi: Xarrining penaltidan foydalana olmaganimi yoki "Dortmund" o'yinning katta qismini to'rtta himoyachi bilan himoyada o'tkazgani?
«Men Xarrining penaltini o'tkazib yuborganini aytgan bo'lardim. Biz bu haqda endigina gaplashdik. Uning gol urish ko'rsatkichi aqlbovar qilmas darajada. Qachondir u xato qilishi kerak edi. Ishonchim komilki, oldinda yanada muhimroq penaltilar bo'ladi va u ularni yana golga aylantiradi»
Oltin to'p natijalari bo'yicha ekspertlar va jurnalistlarning fikrlari turlicha bo'lmoqda.
📰 XFD (AS direktori, Oltin to'p hakamlar hay'ati a'zosi): "Oltin to'p yakunlari? Men Keynni ajoyib futbolchi deb hisoblayman, ammo mukofotni Mbappe yoki Yamal olishini kutgandim. Buni qanday izohlashni bilmayman, lekin menga Keynga nimadir yetishmayotgandek tuyuladi.
Men qanday ovoz berdim? Mening uchligimda rasmiy versiyadagi o'sha uch futbolchi bor, lekin men ularni boshqacha tartibda joylashtirdim. Barcha uch ism o'z o'rnini almashtirdi.
📻 Pidal (Onda Cero jurnalisti): "Oltin to'p uni eng kam so'ragan insonga nasib etdi".
Harry Kane faoliyatida ilk bor «Oltin to'p» sohibiga aylandi. 2026-yilgi mavsumda u 73 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Harry Kane 2026-yilgi «Oltin to'p» sohibi! 🏆
Angliyalik hujumchi faoliyatida ilk bor jahon futbolidagi eng nufuzli individual sovrinni qo'lga kiritdi. U «Bavariya» va Angliya terma jamoasi safidagi mavsum davomida jami 73 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi! ⚽
🥈 Ikkinchi o'rinni Kilian Mbappe, 🥉 uchinchi o'rinni esa Lamin Yamal egalladi.
Ayollar o'rtasidagi nominatsiyada Aleksiya Putelyas g'olib chiqdi — bu uning faoliyatidagi uchinchi «Oltin to'p». 🌟
Boshqa sovrindorlar:
🔹 Eng yaxshi darvozabon — Unai Simon.
🔹 Eng yaxshi erkaklar jamoasi — «PSJ».
🔹 Eng yaxshi ayollar jamoasi — «Barselona».
🔹 Eng yaxshi terma jamoa murabbiyi — Luis de la Fuente.
🔹 «Kopa sovrini» — Lamin Yamal va Viki Lopes.
🔹 Sokrat mukofoti — Bukayo Saka.
Sizningcha, Keyn o'zining 73 ta goli bilan ushbu sovrinni haqli ravishda qo'lga kiritdimi? 👀
"Oltin to'p" sayti g'olib haqidagi xabarni muddatidan oldin e'lon qilgani rad etildi. Saytda uchala nomzod haqida ham materiallar mavjud.
🏆 "Oltin to'p" sayti "Keyn sovrin sohibi bo'lgani haqida" muddatidan oldin xabar e'lon qilgani haqidagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
U yerda 3 ta tegishli material e'lon qilingan — Keyn, Mbappe va Yamal haqida.
«Bavariya» hujumchisi Harry Kane 2029-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomani imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
🆕⚽️ «Bavariya» Keyn bilan yangi shartnomani «Oltin to'p» topshirish marosimi oldidan e'lon qilmoqchi.
✏️ Yangi shartnoma muddatlari bo'yicha kelishuvga erishildi (2029-yilgacha).
📰 Bild
Harry Kane Angliya terma jamoasi safida ketma-ket oltita safar o'yinida gol urib, tarixiy natijani qayd etdi.
Harry Kane Angliya terma jamoasi safida ketma-ket oltita safar o'yinida gol urgan 1948-yildan buyon ilk futbolchiga aylandi!
❤️ Tabriklaymiz!
Harry Kane «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Muzokaralar yakuniy bosqichda va xalqaro tanaffusdan so'ng rasmiylashtirilishi kutilmoqda.
Harry Kane «Bavariya» bilan shartnomani uzaytiradi!
Muzokaralar yakuniy bosqichda, kelishuvni esa xalqaro tanaffusdan so'ng darhol rasmiylashtirish rejalashtirilmoqda.
BILD xabariga ko'ra.
Harry Kane Jude Bellinghamni yilning eng yaxshi ingliz futbolchisi bo'lgani bilan tabrikladi va ularning terma jamoadagi hamkorligi haqida gapirdi.
Harry Kane: "Xohlaymanki, Bellinghamni yilning eng yaxshi ingliz futbolchisi deb topilgani bilan tabriklayman. U Angliya terma jamoasi safida ajoyib yilni o'tkazdi va JChda juda yaxshi harakat qildi.
Biz Bellingham bilan maydonda ajoyib o'zaro bog'liqlikni shakllantirdik, maydon tashqarisida ham bir-birimizni ancha yaxshiroq bilib oldik. O'ylaymanki, buni Mundialda qanday namoyon bo'lganini sezgan bo'lsangiz kerak. Biz Jude bilan JChda birga o'ynashdan zavq oldik. Ikkalamiz ham ajoyib formada edik, raqib darvozasi oldida xavfli edik va jamoani oldinga yetaklayotganimizni his qilardik.
Men o'tgan JChda oltita gol urdim, Bellingham esa — yettita. Bizning bog'lanishimiz tarixda eng yaxshilaridan biri, ayniqsa Angliya terma jamoasi haqida gap ketganda"
Jamal Musiala «Oltin to'p» sovrini uchun Harry Kane va Michael Olise o'rtasida tanlov qilish qiyinligini aytdi.
❓ «Oltin to'p» atrofidagi bahslar bilan tanishsiz. Harry Kane va Michael Olise o'rtasida kimni tanlagan bo'lardingiz?
✨🎤 Jamal Musiala:
«Aytish qiyin. Umid qilamanki, ulardan biri [uni qo'lga kiritadi], shunda men xursand bo'laman»
Harry Kane Mourinyu bilan ishlash tajribasi va Bellingem haqida gapirdi. Yamal esa "Oltin to'p" sovrini kimga nasib etishi kerakligi borasida o'z fikrini bildirdi.
Harry Kane: "Mourinyu? Uning qo'l ostida "Tottenxem"da men "Oltin butsa"ni yutdim va APLning eng yaxshi assistenti bo'ldim. U menga maydonda katta erkinlik berdi va o'zimga xos uslubda o'ynashimga imkon yaratdi.
Mourinyu futboldagi har bir mayda detallarni tushunadi: to'p bilan va to'psiz o'yin, taktika, hakamlar bilan muloqot va boshqa har qanday nuanslar. Men unga nisbatan katta hurmatni his qilaman. Men uni juda qadrlayman.
Bizda haqiqatan ham juda yaxshi munosabatlar bor edi. Hammasi biz istagandek yakunlanmadi. Mourinyuning "Tottenxem" boshqaruvida 2021-yilgi Liga kubogi finalini o'tkazish imkoniyatidan mahrum bo'lganini ko'rish og'ir edi. Ammo aynan uning qo'l ostida men faoliyatimdagi eng yaxshi o'yinlarimdan birini ko'rsatganman.
JCH-2026da Bellingem bilan o'zaro tushunishimiz juda yuqori darajada bo'ldi. Biz maydonda ajoyib hamkorlik qildik va maydon tashqarisida ham mustahkam munosabatlar o'rnatdik. Bu Angliya terma jamoasiga faqat foyda keltiradi.
Bellingemning "Madrid"da moslashib ketganini ko'rish yoqimli. Mundial vaqtida Jud bilan Mourinyu haqida biroz gaplashib oldik. Men Bellingem uning qo'l ostida ishlashdan juda mamnun bo'lishini bilardim. Bundan tashqari, Mourinyu Judni juda yaxshi ko'rishini ham bilardim. Ko'rinishidan, ular allaqachon yaxshi munosabatlar o'rnatishga ulgurishgan.
"Oltin to'p"? Men hech qachon o'zim haqimda ko'p gapirishni yoqtirmaganman. Faqat shuni ayta olamanki, o'tgan mavsum ham individual, ham jamoaviy darajada men uchun ajoyib o'tdi.
Shubhasiz, bu faoliyatimdagi eng yaxshi mavsum bo'ldi. 73 ta gol o'zi hammasini aytib turibdi. Bu Messi [2011/12-yilgi mavsumda 82 ta gol]dan keyin tarixda ikkinchi natija. Men bundan juda faxrlanaman".
Yamal: "Oltin to'p" Chempionlar ligasini yutgan yoki eng yaxshi to'purar bo'lgan futbolchiga emas, balki dunyoning eng yaxshi futbolchisiga nasib etishi kerak".
Dayot Upamecano, Harry Kane, Michael Olise va Luis Diaz «Oltin to'p-2026» sovriniga nomzod bo'lishdi.
Dayot Upamecano, Harry Kane, Michael Olise, Luis Diaz «Oltin to'p-2026» sovriniga nomzod bo'lishdi.
Kerry Hau ma'lumotlariga ko'ra, Harry Kane jarohati sababli taxminan uch oy maydonga tusha olmaydi.
Kerry Hau xabariga ko'ra, Harry Kane taxminan uch oyga safdan chiqishi kutilmoqda.
Harry Kane "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi Will Lankshear haqidagi shov-shuvlarga munosabat bildirdi va yosh futbolchiga bosim o'tkazmaslikni so'radi.
Will Lankshear Chempionshipda oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shu munosabat bilan, "Oltin to'p" sohibi Harry Kane matbuotda ko'p muhokama qilinayotgan "merosxo'rlik" mavzusi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Men Uillga Kane vorisi sifatida bosim o'tkazilishidan unchalik xursand emasman. Hatto uning gollarini hisobga olsak ham, bu haqda gapirishga hali juda erta. Hatto Harryning o'zi ham Lanksherdan farqli o'laroq, Futbol Ligasida porlamagan: masalan, Chempionshipda "Milluoll" va "Lester Siti" safida jami 9 ta gol urgan xolos.
"Lislar" safidagi unchalik samarali bo'lmagan ijaradan so'ng u bugungi darajaga yetishini kim o'ylagandi? Ehtimol, hech kim. Uill bilan ham xuddi shunday – muvaffaqiyat unga kafolatlanmagan. Shov-shuv qancha ko'p bo'lsa, bosim shuncha ortadi, bu bosim ostida esa yangi Skoulzlar, Ouenlar, Jerrardlar, Ferdinandlar va Lempardlar singari ko'plab iqtidorlar sinib ketgan. Umid qilamanki, u buni yengib o'tadi, lekin ikkinchi Harry Kane emas, balki birinchi Will Lankshear bo'lib yetishadi. Aytgancha, Kane yaqinda Angliya terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi rekordini o'rnatdi.
Harry o'zidan yoshroq hamkasbining istiqbollari haqida vazminlik bilan gapirib, unga bosim o'tkazmaslikka va Chempionship maydonlarida o'z ishini davom ettirishga chaqirdi.
"Uning faoliyatini kuzatib borganman deb ayta olmayman, lekin bu mavsumda u haqida eshitmaslikning iloji yo'q edi. U "Midlsbro"da barcha maqtovlarga loyiq o'yin ko'rsatmoqda. Men uni "Tottenxem"da yoshlar jamoasida shug'ullantirgan do'stim bilan gaplashdim va u Uill tug'ma to'purar ekanligini aytdi".
"Biz ko'pincha hujumchida gol urish instinkti bo'lishi kerakligi haqida gapiramiz va men u aynan shunday o'yinchilardan biri ekanligiga aminman. U rivojlanishning dastlabki bosqichida, ammo hozir qilayotgan ishlari u uchun ideal – u ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda, gollar urmoqda va o'ziga bo'lgan ishonchni oshirmoqda".
Xalqaro tanaffus oldidan matbuotda Thomas Tuchel Lanksherga e'tibor qaratishi va uni kattalar terma jamoasiga chaqirishi kerakligi haqida gap-so'zlar ko'paygandi. Hatto nemis murabbiyi emissarlari uni "Reksxem"ga qarshi o'yinda kuzatishi haqida mish-mishlar ham tarqaldi. Ammo agar kimdir borgan bo'lsa, Shimoliy Uelsdagi tashrifdan hafsalasi pir bo'lgan bo'lishi kerak – Uill jarohati sabab o'ynamadi, keyin esa "Vikareydj Roud"dagi o'yinni o'tkazib yubordi va U-21 terma jamoasi qaydnomasidan ham chetda qoldi.
"U yaqin kelajakda kattalar terma jamoasiga tushadimi yoki yo'q – bu Thomasning [Tuchel] qarori. Ammo agar bu sodir bo'lsa, u boshqa hujumchilar qurshovida ko'p narsani o'rganishiga aminman. Hozir unga juda kuchli bosim o'tkazadigan vaqt emas. Kimdir o'rnimni egallashi haqida ko'p gap-so'zlar yurganini bilaman, shunchaki unga o'z ishini qilishiga imkon bering".
«Tottenxem» Xarri Keynni qaytarib sotib olish huquqini saqlab qoldi. Futbolchi «Bavariya» bilan 2029-yilgacha shartnoma imzoladi.
«Tottenxem» Xarri Keynni qaytarib sotib olish huquqini saqlab qoldi, garchi Angliya terma jamoasi sardori «Bavariya» bilan yangi shartnoma imzolagan bo'lsa ham.
✔️ Bu kelishuv «Shporlar» va «Bavariya» o'rtasida kuchda qoladi va Keynning yangi shartnomasidan alohida mavjud. U faqat «Bavariya» kelajakda Keynni sotishga rozi bo'lsa va hujumchi «Tottenxem»ga qaytishni istasa amal qiladi.
«Bavariya» Keyn bilan 2029-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Taxminlarga ko'ra, uning maoshi haftasiga 400 000 funt sterlingni (yiliga taxminan 25 million yevro) tashkil etadi va bu Yevropa futbolidagi eng yuqori kafolatlangan bazaviy maosh hisoblanadi.
✔️ Endi Keynning barcha e'tibori «Bavariya»ga qaratilgan bo'lib, u jamoa bilan UEFA Chempionlar ligasida g'olib chiqmoqchi.
⚠️ Biroq «Tottenxem»ning Keyn bir kun kelib «uyiga» qaytishi haqidagi umidlari yangi shartnoma bilan butunlay so'nib qolgani yo'q.
📰 Matt Law
«Bavariya» rahbariyati Harri Keyn bilan shartnoma uzaytirilgani haqida fikr bildirdi. Angliyalik hujumchi Myunxen klubida qoladigan bo'ldi.
✨🎤 Maks Eberl:
«Bu shartnomani uzaytirish bizga rejalashtirishda ishonch beradi: U «Bavariya»da eng katta maqsadlarga erishish mumkinligi haqida signal yuboradi. Harri Keyn kabi o'yinchilar jamoaga noyob imkoniyatlar taqdim etadi. Biz u kelajakda tarkibimizni shakllantirishda yordam beradigan va yo'nalishni belgilab beradigan muhim figura bo'lib qolishidan juda xursandmiz»
✨🎤 Gerbert Xayner:
«Qimmat transfer sifatida boshlangan narsa vaqt o'tishi bilan «Bavariya» tarixidagi alohida bobga aylandi. Harri Keyn futbol bera oladigan barcha va'dalarni oqlamoqda va u o'z davrimizning sportdagi eng buyuk shaxslaridan biri sifatida muxlislar qalbida o'z o'rnini egalladi. Yan-Kristian Dreezen va sport rahbariyatimizni tabriklayman. Bu «Bavariya» uchun o'zgacha lahza»
✨🎤 Yan-Kristian Dreezen:
«Biz Harri Keyn bilan shartnomani uzaytirganimizdan xursandmiz. Bu biz uchun, muxlislarimiz uchun va Bundesliga uchun ajoyib yangilik: dunyoning eng yaxshi o'yinchisi «Bavariya»da qolmoqda. 2023-yilda jamoamizga o'tganidan beri u gollari, o'yinga ta'siri hamda maydonda va undan tashqarida o'rnak bo'lishi bilan ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. U «Bavariya»da o'zini «uyidagidek» his qila boshladi, biz bilan birga doimiy ravishda rivojlandi va bu rivojlanishni «Oltin to'p» bilan yakunladi. Shartnomani uzaytirish — bu «Bavariya» oldidagi va hali yakuniga yetmagan tarix oldidagi majburiyatdir»
Diego Simeone «Bavariya»ga qarshi o'yin oldidan Harri Keynning «Oltin to'p» yutgani, tarkibdagi o'zgarishlar va Lukman haqida fikr bildirdi.
🎙🚌 Matbuot anjumani
Diego Simeone «Bavariya»ga qarshi o'yin oldidan.
🖱️ Harri Keynning «Oltin to'p» yutgani haqida:
Avvalo, uni «Oltin to'p» yutgani bilan tabriklamoqchiman, u bu g'alabaga to'liq loyiq edi.
U shunchaki ajoyib. Men uni har doim yaxshi ko'rganman. Yillar o'tishi bilan u darvozadan uzoqlashmagan holda eng yaxshi pozitsiyalarni topishni o'rgandi. U jamoaga nima kerakligini tushunadi.
Uning iste'dodi futbol uchun ham, unga qarab o'sayotgan yosh o'yinchilar uchun ham juda foydali, chunki u ortidan mehnat orqali muhim narsalarga erishish mumkinligini ko'rsatuvchi meros qoldirmoqda.
🖱️ Kardosoning holati haqida:
U ertaga maydonga tusha olmaydi, ammo Koke qaytmoqda. Shuningdek, bizda Mendosa, Vargas va Lorente bor. Hammasini o'ylab ko'rish va qaror qabul qilish uchun vaqtimiz bor.
🖱️ Lukman haqida:
U o'zi xohlagan pozitsiyada o'ynayaptimi, bilmayman. U o'zi istagandek boshlamadi, lekin o'tgan mavsumda Xulian bilan ham xuddi shunday holat yuz bergandi va u buni uddaladi.
Lukman maydonning oxirgi uchdan bir qismida eng ko'p yakkakurash o'tkazadigan o'yinchi va men unga juda ishonaman. Uning xafa bo'lishini istamayman. Bu hayot va futbolning bir qismi. Uning eshigini ochadigan gol hali keladi.
Florian Plettenberg xabariga ko'ra, "Tottenxem" va "Bavariya" o'rtasidagi Garri Keyn transferi shartnomasida "Oltin to'p" uchun bonuslar mavjud emas.
"Tottenxem" va "Bavariya" o'rtasidagi Garri Keyn transferi bo'yicha kelishuvda "Oltin to'p" uchun bonuslar ko'zda tutilmagan, – deya xabar bermoqda Florian Plettenberg.
"Bavariya" ushbu yutuq uchun "shporlar"ga hech qanday qo'shimcha mablag' to'lashi shart emas. Bunday bandlar top-talantlar va superyulduzlar bilan tuzilgan bitimlarda deyarli standart holga aylangan.
Lamin Yamal «Oltin to'p» marosimidagi natijalarga qanday munosabat bildirdi va nima uchun Londonda qolishga qaror qildi?
Karlos Monfort va Ferran Korreas (🌖): «Barsa»da bir necha kundan beri Keyn «Oltin to'p»ni yutishini sezishgandi. Lamin ham bu haqda bir hafta oldin taxmin qilgan.
«Barsa» delegatsiyasi Londonga yetib kelganida, ularning bashoratlari amalga oshishi aniq bo'ldi. Lamin ham buni anglay boshladi, ayniqsa «Bavariya» rahbariyatining barchasi Londonda ekanligini ko'rgach; u hatto myunxenliklar ingliz futbolchisi g'alaba qozonishini oldindan bilishgan deb hisoblaydi, chunki ular ham Londonda, ham Germaniyada bayramni tayyorlab qo'yishgandi.
Lamin Keynning g'alabasiga mutlaqo sportcha halollik bilan yondashdi. U Londonga yaqinlari bilan shaxsiy samolyotda uchib keldi va kecha Barselonaga qaytmadi. Asosiy jamoada dam olish kuni ekanligidan foydalanib, u Angliya poytaxtida qoldi. Marosimdan so'ng u dam olish va uxlash uchun mehmonxonaga yo'l oldi.
Bir necha hafta oldin Lamin g'alabani Londondagi nufuzli restoranlardan birida nishonlashni o'ylab ko'rgandi va hatto klub xavfsizlik xizmatining ba'zi xodimlari bir nechta joylarni ko'zdan kechirishgan edi. Ammo yakunda Yamal hech narsa rejalashtirmaslikka qaror qildi, bunga o'zini g'olib deb his qilmagani ham sabab bo'ldi.
Eng yaxshi futbolchilar reytingi e'lon qilindi. Ro'yxatdan Harry Kane, Kylian Mbappé va Lamine Yamal kabi yulduzlar o'rin oldi.
Joylar taqsimoti:
1. Harry Kane
2. Kylian Mbappé
3. Lamine Yamal
4. Rodri Hernández
5. Lionel Messi
6. Khvicha Kvaratskhelia
7. Ousmane Dembélé
8. Erling Haaland
9. Michael Olise
10. Fabián Ruiz
Bundesligada navbatdagi tur doirasida Bayern Munich o'z maydonida RB Leipzig darvozasiga javobsiz 6 ta gol urib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
✔️ G'alaba! | «Leyptsig» ustidan yirik g'alaba.
Harry Kane UEFA Chempionlar ligasidagi gollar soni bo'yicha Thomas Müllerga yetib oldi va turnir tarixidagi eng yaxshi to'purarlar o'nligidan joy oldi.
Harry Kane UEFA Chempionlar ligasidagi gollar soni bo'yicha Thomas Müllerga yetib oldi va musobaqa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar o'nligiga kirdi 📊💪
Bavariya Michael Olise bilan shartnomani 2032-yilgacha uzaytirmoqchi, ammo agentlik shartnomaga tovon puli bandini kiritishni talab qilmoqda.
Michael Olise bilan dastlabki shartnoma bo'yicha muzokaralar tez orada boshlanishi kutilmoqda.
📈 Bavariya rahbariyati Olise bilan muzokaralar Harry Kane bilan bo'lganidan ancha murakkabroq kechishiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Hozircha fransiyalik futbolchi va uning agenti Glen Tweneboa o'yinchi 2029-yildan keyin ham shartnomani uzaytirishga tayyormi yoki yo'q, bu borada hech qanday ishora berishmadi. Bavariya Olisega 2032-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilib, uni maosh bo'yicha Harry Kane va Jamal Musiala darajasidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar qatoriga qo'shmoqchi.
🔖 O'yinchi atrofidagilarning aytishicha, Olise agentligi har qanday yangi shartnomaga tovon puli bandini kiritishni qat'iy talab qiladi.
Olise holatida 200 million yevrodan ortiq tovon puli real ko'rinadi.
📰 Sport Bild
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Harry Kane'ning Bayern bilan shartnomasida Tottenham uchun futbolchini qaytarib olish bo'yicha ustunlik huquqi ko'zda tutilgan.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Harry Kane'ning Bayern bilan yangi shartnomasi futbolchi APLga qaytgan taqdirda, Tottenham'ga taklifni takrorlash huquqini beruvchi bandni o'z ichiga oladi.
Reja shartnoma muddati haqida — qancha yilga va Kane'ning Premer-ligaga qaytishi bilan bog'liq bandni qanday yozish kerakki, u Premer-ligaga qaytganida Tottenham'da taklifni takrorlash huquqi bo'lsin.
Neal Mope o'tkazib yuborilgan vaziyatlari haqida gapirdi. Hujumchi o'z o'yinidan norozi ekanligini yashirmadi.
4 ta turda 5 ta mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, muxlislar kecha final hushtagidan so'ng futbolchilarni qo'llab-quvvatlashdi. Ko'pchilik jamoa hozirgi holat va cheklovlarga qaramay, fidokorona o'ynaganini ta'kidlamoqda.
Mope esa jamoa tribunalar tomon yo'l olganida biroz chetda qoldi. Hujumchi o'tkazib yuborilgan vaziyatlarini uzoq vaqt hazm qila olmadi. U buni o'yindan keyin ham ta'kidlab o'tdi:
G'azabdamanmi? Albatta. Men gol urishim kerak edi. Keyn yoki Xoland bo'lib, mavsumiga 50 ta gol urishni istardim. Afsuski, jamoaning yaxshi o'yinini mustahkamlay olmadik.
Myunxenning "Bavariya" klubi Bundesligada "Union" darvozasiga javobsiz yettita gol urib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
✔️ G'alaba! Bir so'z bilan aytganda - razgrom!
Harry Kane «Bavariya» bilan shartnoma uzaytirish bo'yicha muzokaralar borayotganini va jarayon ijobiy ketayotganini ma'lum qildi.
💭⚽️ Keyn «Bavariya» bilan shartnoma bo'yicha muzokaralar haqida:
«Biz bir necha hafta oldin va shu hafta yana bir necha bor gaplashdik. Aytganimdek, shartnoma bir kechada imzolanmaydi — hammasini o'ylab olish va barcha tomonlar uchun maksimal darajada foydali bo'lishini tushunish uchun vaqt kerak. Men buni yaqin bir-ikki hafta ichida hal bo'lishini kutmayapman, lekin umid qilamanki, kelgusi bir-ikki oy ichida biz o'zimiz istagan joyda bo'lamiz.
Hozir kayfiyatim yaxshi. Men ham, klub ham istaydigan yagona narsa — maydonga diqqatni qaratish, gollar urish va jamoaga yordam berish. Men xotirjamman... Bu haqda sizlar bilan gaplashish qiyin, chunki bu maxfiy ma'lumot. Ishonchim komilki, o'z vaqtida siz tafsilotlarni bilib olasiz va izlayotgan javoblaringizni olasiz. Hozir aytishim mumkin bo'lgan yagona narsa shuki, muzokaralar yaxshi ketmoqda. Nima bo'lishini ko'ramiz»
Fikr qoldirish va reaksiya uchun tizimga kiring.