#Ismael Saibari — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Ismael Saibari kamida 3 oyga safdan chiqdi

Ismael Saibari kamida 3 oyga safdan chiqdi

Ismael Saibari operatsiyadan so'ng reabilitatsiya jarayonini o'tkazmoqda. Marokashlik futbolchi jarohati sabab kamida 3 oy maydonga tusha olmaydi.

🤕 Ismael Saibari kecha «Bavariya»ning Zebenershtrasse bazasida bo'ldi. Marokashlik futbolchi qo'ltiqtayoq yordamida va maxsus himoya botinkasida harakatlandi.

✔️ Operatsiyadan so'ng u shifokorlar va fizioterapevtlar nazorati ostida har kuni davolanish va reabilitatsiya kurslarini o'tamoqda. Futbolchi kamida 3 oyga safdan chiqishi kutilmoqda.

📰 BILD

Ismael Saybari Erediviziya mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Ismael Saybari Erediviziya mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Ismael Saybari Niderlandiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. G'olib 35 nafar sobiq futbol afsonasidan iborat hakamlar hay'ati tomonidan aniqlandi.

🏆😍 Ismael Saybari «Erediviziya mavsumining eng yaxshi futbolchisi» sovrinini qo'lga kiritdi, ammo ovoz berish jarayoni o'ziga xos.

📊 Gollandiyalik 35 nafar sobiq futbol afsonasi, jumladan, masalan, Ruud Gullit va Uesli Sneyder g'olib uchun ovoz berishadi. Hakamlar hay'atining 35 nafar a'zosidan 27 nafari Saybari uchun ovoz berdi.
Aleks Pavlovich: «Leypsig»ga qarshi o'yin oson bo'lmadi»

Aleks Pavlovich: «Leypsig»ga qarshi o'yin oson bo'lmadi»

Aleks Pavlovich «Leypsig»ga qarshi o'yin va jamoaning yangi transferlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

✨ Aleks Pavlovich o'yin haqida:

«Biz g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Bu oson o'yin bo'lmadi; «Leypsig» yaxshi o'ynadi va bizga katta bosim o'tkazdi. Ammo biz nimalarga qodir ekanimizni ko'rsatdik va haqli ravishda g'alaba qozondik. Shaxsan men o'z o'yinimdan juda mamnunman. Mavsumoldi tayyorgarligiga yaxshi kirishib ketdim. Shuningdek, jamoadan ham juda xursandman. Bizda ajoyib jamoaviy ruh bor, qattiq shug'ullandik, yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va o'yinlarda nimalarga qodir ekanimizni ko'rsatdik. Bizda ajoyib mentalitet va kuchli futbolchilar bor — oldinda esa yana bir nechta yangi futbolchilar bor»

✨ Yangi transferlar haqida:

«Ismael Saybari va Nene Braun — ikkalasi ham fantastik futbolchilar va ajoyib insonlar. Ular bugun nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatishdi. Ular bilan birga o'ynash juda maroqli. Endi biz yaxshilab tiklanib olishimiz, keyin esa har bir o'yin va har bir mashg'ulotga diqqatni qaratib, oldinga intilishimiz kerak»