Filip Kostich PSVga o'tishi mumkin. 33 yoshli erkin agent Eyndxoven klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
PSV Filip Kostichni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi. 33 yoshli serbiyalik futbolchi Eyndxoven klubiga o'tishga tayyor va mamlakat chempionidan taklif olib ulgurgan. Uning agenti ayni damda PSV bilan shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Eindhovens Dagblad xabariga ko'ra, erkin agent maqomidagi Kostich PSV bilan ikki yillik shartnoma imzolashi mumkin. Garchi Italiya klublari ham qiziqish bildirayotgan bo'lsa-da, Niderlandiyaga qaytish «Groningen»ning sobiq futbolchisi uchun jozibador ko'rinmoqda. Hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan, biroq transfer ehtimoli ortib bormoqda.
PSV chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun Filip Kostich variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Munir Bualin xabar berdi.
🙂 Munir Bualin xabariga ko'ra, PSV kelasi mavsum uchun chap qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida Filip Kostichni asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.
33 yoshli serbiyalik futbolchi "Yuventus"dan ketganidan so'ng erkin agent sifatida jamoaga o'tishi mumkin. Avvalroq Kostich Erediviziyada "Groningen" sharafini himoya qilgan.
PSV ro'yxatidagi boshqa nomzodlar qatorida "Feyenoord"ning sobiq o'yinchisi Ugo Bueno va "Everton"dan 20 yoshli Adam Aznu Ben Shayx ham bor.
Groningen klubi va texnik direktor Mo Allah transfer firibgarlari qurboni bo'lishdi. Firibgarlar klub nomidan agentlar bilan bog'lanib, soxta takliflar yuborishgan.
RTV Noord xabariga ko'ra, Niderlandiyaning Groningen klubi va jamoa texnik direktori Mo Allah transfer firibgarligi qurboni bo'lishdi.
Firibgarlar klub vakillari nomidan ish ko'rib, futbolchilarning agentlari bilan telefon va elektron pochta orqali bog'lanishgan. Vaziyat shu darajaga yetganki, angliyalik futbolchilardan biri Groningen klubiga o'tayotganiga ishonib, Sxipxol aeroportiga yetib kelgan.
Mo Allah: Ular agent bilan bog'lanib, shartnoma taklifini yuborishadi. Ammo unda xatolar ko'p. Masalan, summalarni sof ko'rinishda ko'rsatishadi, vaxolanki, futbolda biz har doim umumiy summalar bilan ishlaymiz.
Angliyalik futbolchi allaqachon Sxipxolda Groningen tomon transportni kutayotgan edi. U bizga o'tayotganiga amin bo'lgan. Ammo klubdan hech kim uni kutib olishga kelmagach, ular nimadir noto'g'ri ketganini tushunishgan.
Stiye Resink rasman AZ futbolchisiga aylandi. "Groningen" sardori Alkmar klubi bilan 2031-yilgacha shartnoma imzoladi.
Stiye Resink rasman AZ futbolchisiga aylandi.
O'tgan qishda yarim himoyachining "Benfika"ga o'tishi barbod bo'lgandi, biroq endilikda u faoliyatida navbatdagi qadamni tashladi. Hozirda Resink tizzasidagi xochsimon bog'lam jarohatidan tiklanish jarayonini o'tkazmoqda.
"Groningen" sardori Alkmar klubi bilan 2031-yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
PSV Salah-Eddin o'rniga Filip Kostichni olib kelmoqchi. Futbolchi ayni damda erkin agent maqomida.
Salah-Eddin jamoani tark etganidan so'ng, PSV rahbariyati chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun yangi nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. SoccerNews nashrining serb manbalariga tayanib xabar berishicha, klub nishonida Ugo Bueno va yosh Adam Aznu bilan bir qatorda Filip Kostich ham bor.
33 yoshli serbiyalik futbolchi avvalroq «Groningen» sharafini himoya qilgan, so'nggi yillarni esa «Yuventus»da o'tkazgan. Ayni damda erkin agent maqomida bo'lgan o'yinchi moliyaviy jihatdan PSV uchun qulay variant hisoblanadi. Biroq, futbolchiga qiziqish bildirayotgan boshqa klublar ham mavjud.