Tom van Bergen o'z kelajagi va "Groningen"dagi faoliyati haqida
Niderlandiyalik futbolchi Tom van Bergen o'zining karyera rejalari, AZ'ga o'tishi amalga oshmay qolgani va "Groningen"dagi faoliyati haqida gapirdi.
Tom van Bergen:
"O'ylaymanki, men Niderlandiyaning top-klublari darajasiga chiqa olardim. Ammo bu men hozir o'sha darajadaman degani emas, chunki hali ustimda ishlashim kerak. Ustiga-ustak, menga endigina 22 yosh... Shunday ekan, kim bilsin."
"Ba'zi futbolchilarda aniq karyera rejasi bor, menda esa yo'q. Men shunchaki yo'limda qanday imkoniyatlar paydo bo'lishini kutaman va keyin ulardan foydalanish yoki yo'qligini hal qilaman. Ammo har qanday professional sportchi kabi, men ham imkoniyatlarim chegarasi qayerda ekanligini tushunishni va maksimumga erishishni xohlayman."
"O'tgan yili yozda AZ'ga o'tish karyera nuqtai nazaridan yaxshi qadam bo'lishi mumkin edi. Ammo men darhol yana "Groningen" va yangi mavsumga diqqatimni qarata oldim. Albatta, biroz hafsalam pir bo'lgandi, ammo muzokaralar juda uzoq davom etdi va yakunda klublar kelishuvga erisha olishmadi."
"Ammo men uchun bu qo'l siltash yoki janjal ko'tarish uchun sabab emas. Bunda men faqat o'zimga zarar yetkazgan bo'lardim. Qolaversa, men "Groningen"ni bunday yo'l tutish uchun juda yaxshi klub deb bilaman. Yagona qila oladigan ishim - yangi kuch bilan ishga qaytish va yana yaxshi mavsum o'tkazish uchun bor kuchimni sarflash."