Filip Kostich faoliyatini PSV klubida davom ettiradi. Tomonlar 2028-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Filip Kostich faoliyatini PSV klubida davom ettiradi. Tomonlar 2028-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma borasida kelishuvga erishdi, futbolchining tibbiy ko'rikdan o'tishi ertaga rejalashtirilgan.
PSV Salah-Eddin o'rniga Filip Kostichni olib kelmoqchi. Futbolchi ayni damda erkin agent maqomida.
Salah-Eddin jamoani tark etganidan so'ng, PSV rahbariyati chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun yangi nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. SoccerNews nashrining serb manbalariga tayanib xabar berishicha, klub nishonida Ugo Bueno va yosh Adam Aznu bilan bir qatorda Filip Kostich ham bor.
33 yoshli serbiyalik futbolchi avvalroq «Groningen» sharafini himoya qilgan, so'nggi yillarni esa «Yuventus»da o'tkazgan. Ayni damda erkin agent maqomida bo'lgan o'yinchi moliyaviy jihatdan PSV uchun qulay variant hisoblanadi. Biroq, futbolchiga qiziqish bildirayotgan boshqa klublar ham mavjud.
Serbiyalik yarim himoyachi Filip Kostich erkin agent sifatida PSV bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
🙂 Filip Kostich - PSV o'yinchisi.
33 yoshli serbiyalik futbolchi "Yuventus"dan ketganidan so'ng erkin agent sifatida PSV safiga qo'shildi va klub bilan ikki mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Filip Kostich «Yuventus» bilan xayrlashdi. Futbolchi klub muxlislari va xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.
«Rahmat, «Yuventus».
Bu libosni kiyish va buyuk tarixga ega klub sharafini himoya qilish men uchun katta sharaf edi.
Jamoadoshlarimga, murabbiylarimga, texnik xodimlarimizga, har kuni parda ortida mehnat qiladigan xodimlarga, klub rahbariyatiga va barcha muxlislarga qo'llab-quvvatlagani hamda birgalikda boshdan kechirgan hissiyotlarimiz uchun minnatdorchilik bildiraman.
Kelajakda sizlarga eng ezgu tilaklarimni tilayman!».
Eindhovens Dagblad xabariga ko'ra, erkin agent maqomidagi Filip Kostich PSV safiga o'tishga tayyor. Klub futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qildi.
Eindhovens Dagblad xabariga ko'ra, Filip Kostich PSVga o'tishga qarshi emas.
33 yoshli serbiyalik futbolchi "Yuventus"dan ketganidan so'ng erkin agent maqomida va faoliyatini Eyndxovenda davom ettirishi mumkin.
Endilikda o'yinchi Erediviziga ko'chib o'tishga tayyor ekan, transfer amalga oshish ehtimoli yanada ortdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, PSV allaqachon Kostichga ikki yillik shartnoma taklif qilgan.
PSV nishonidagi Filip Kostichga AEK Afina klubi qiziqish bildirmoqda va futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qilgan.
Rik Elfrink xabariga ko'ra, PSV nishonidagi Filip Kostichga AEK Afina klubi ham qiziqish bildirmoqda. Gretsiya manbalariga tayanib berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchiga ushbu klub tomonidan ikki yillik shartnoma taklif qilingan. Ehtimol, transfer jarayoni cho'zilib ketayotganining sababi ham shundadir. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Filip Kostich PSVga o'tishi mumkin. 33 yoshli erkin agent Eyndxoven klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
PSV Filip Kostichni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi. 33 yoshli serbiyalik futbolchi Eyndxoven klubiga o'tishga tayyor va mamlakat chempionidan taklif olib ulgurgan. Uning agenti ayni damda PSV bilan shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Eindhovens Dagblad xabariga ko'ra, erkin agent maqomidagi Kostich PSV bilan ikki yillik shartnoma imzolashi mumkin. Garchi Italiya klublari ham qiziqish bildirayotgan bo'lsa-da, Niderlandiyaga qaytish «Groningen»ning sobiq futbolchisi uchun jozibador ko'rinmoqda. Hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan, biroq transfer ehtimoli ortib bormoqda.
PSV erkin agent maqomidagi Filip Kostichga qiziqish bildirmoqda. Niderlandiya klubi tajribali serbiyalik futbolchini tarkibga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
PSV Filip Kostichni chap qanotni kuchaytirish uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritdi. 33 yoshli serbiyalik futbolchi «Yuventus»dan ketganidan so'ng erkin agent hisoblanadi va Eyndxoven klubi uni tajribasi, universalligi hamda sifati sababli qiziqarli variant sifatida ko'rmoqda. Qiziqish jiddiy, ammo hozircha aniq kelishuv mavjud emas.
Kostich avvalroq «Groningen» safida to'p surgan, keyinchalik «Frankfurt», «Yuventus» va «Fenerbaxche» klublarida ta'sirli faoliyat olib borgan. Serbiya terma jamoasi safida 72 ta o'yin o'tkazgan futbolchi ham chap qanot himoyachisi, ham vinger sifatida o'ynay oladi, bu esa PSV qidirayotgan profilga mos keladi.
PSV chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun Filip Kostich variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Munir Bualin xabar berdi.
🙂 Munir Bualin xabariga ko'ra, PSV kelasi mavsum uchun chap qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida Filip Kostichni asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.
33 yoshli serbiyalik futbolchi "Yuventus"dan ketganidan so'ng erkin agent sifatida jamoaga o'tishi mumkin. Avvalroq Kostich Erediviziyada "Groningen" sharafini himoya qilgan.
PSV ro'yxatidagi boshqa nomzodlar qatorida "Feyenoord"ning sobiq o'yinchisi Ugo Bueno va "Everton"dan 20 yoshli Adam Aznu Ben Shayx ham bor.