Ivan Perishich "Inter"ga qaytishi mumkin
Onorio Ferraro xabariga ko'ra, "Inter" Ivan Perishich bilan muzokaralarni qayta boshlaydi. Xorvatiyalik futbolchi Milanga qaytishga tayyor.
Onorio Ferraro xabariga ko'ra, "Inter" shu hafta "PSV" va Ivan Perishichning vakillari bilan muzokaralarni qayta boshlaydi. Biroq, tomonlar qisqa vaqt ichida jiddiy ishlashlari talab etiladi.
Xorvatiyalik futbolchi allaqachon Milanga qaytish istagi borligini ochiqchasiga bildirgan.