Cody Gakpo Liverpool'da qoladi
Niderlandiyalik jurnalist Rik Elfink xabariga ko'ra, Kodi Gakpo «Liverpul»da qoladi. Futbolchi «Manchester Siti»ga o'tishga rozi bo'lgan edi.
Niderlandiyalik jurnalist Rik Elfink xabariga ko'ra, kecha Kodi Gakpo va FSG vakillari o'rtasida futbolchining klubdan ketishi amalga oshmay qolgani yuzasidan telefon orqali suhbat bo'lib o'tdi. Unga klub rahbariyati tomonidan sotmaslik qarori shaxsan yetkazilgan.
Gakpo «Manchester Siti»ga o'tishga rozilik berganiga va aynan shu variantni afzal ko'rganiga qaramay, hozirda butunlay «Liverpul» va oldinda turgan mavsumga diqqatini qaratgan.