Fabio Borini faoliyatini yakunladi
«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Fabio Borini professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.
Afsonaviy Fabio Borini bugun professional faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Yaxshi dam oling! 🫡
«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Fabio Borini professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.
Afsonaviy Fabio Borini bugun professional faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Yaxshi dam oling! 🫡
The Telegraph xabariga ko'ra, to'rtta Premer-liga klubi «Manchester Siti»dan kompensatsiya talab qilmoqda.
Sam Uolles, The Telegraph:
«Manchester Yunayted», «Liverpul», «Arsenal» va «Tottenxem» «Manchester Siti»ning aybdorligi haqidagi qaror haqida liganing qolgan qismidan oldinroq xabardor qilingan.
2024-yil sentyabr oyida Premer-liganing ushbu to'rtta klubi «Manchester Siti»ga kompensatsiya talab qilish huquqi to'g'risida yuridik bildirishnoma yuborgan edi.
Iraola Isak va Gakponing «Manchester Siti»ga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida ekanligini ma'lum qildi.
Iraola hali ham Isak va Gakpo «Siti»ga qarshi o'yinda maydonga tusha olish-olmasligini bilmayapti.
Opta tahlillariga ko'ra, «Liverpul» navbatdagi 5 turda eng qiyin taqvimga ega jamoa bo'ladi.
Opta baholashiga ko'ra, «Liverpul»ni yaqin 5 tur ichida eng murakkab taqvim kutib turibdi.
Meksikalik iqtidorli futbolchi Xilberto Mora «Liverpul»ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Agent Rafaela Pimenta taklif mavjudligini tasdiqladi.
Meksikada 17 yoshli yarim himoyachi, Meksika terma jamoasi safida o'tgan JChda ishtirok etgan Xilberto Mora tez orada Angliyaga ko'chib o'tishi haqidagi mish-mishlar kuchaymoqda.
Mahalliy Tercer Grado Deportivo jurnalisti xabar berishicha, futbolchining agenti Rafaela Pimenta «Liverpul»dan 35 million funtdan ortiq qiymatdagi taklif borligi haqida ma'lumot bergan. Bunday bitim Meksika futboli tarixidagi rekord darajadagi transfer bo'lishi mumkin.
Shuningdek, Moraning Meksika terma jamoasining so'nggi tadbirlarida ishtirok etmagani muzokaralar rivoji bilan bog'liq bo'lishi mumkin degan taxminlar ham bor. Biroq, hozirgi vaqtda na «Tixuana» (futbolchining amaldagi klubi), na «Liverpul» futbolchi bo'yicha kelishuv mavjudligini rasman tasdiqlamagan.
ESPN esa bu borada ancha ehtiyotkorroq munosabatda – nashr klub nomini ham, mumkin bo'lgan transfer summasini ham ochiqlamadi, biroq manba ham gap tarixiy bitim haqida ketayotganini tasdiqlamoqda.
Mora 14-oktyabr kuni 18 yoshga to'ladi – katta ehtimol bilan, aynan shu sanaga kelib, yuqorida aytilgan gaplar ortida jiddiyroq asos bo'lsa, aniqroq ma'lumotlar paydo bo'ladi.
Jeremi Jake jarohati sababli "Liverpul" safiga qaytadi. Uning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida.
❗️ Jeremi Jake chap son qismidan jarohat oldi.
❌ Himoyachi qo'shimcha tekshiruvlardan o'tish uchun "Liverpul" safiga qaytadi. Uning yakshanba kungi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi endi so'roq ostida.
‼️ Ian Doyle
Entoni Gordon «Barselona»ga o'tish jarayoni, klubdagi moslashuv va «Barsa»ning ichki muhiti haqida gapirib berdi.
Entoni Gordon intervyusi:
❓Qachon «Barsa»ga o'tish imkoniyati paydo bo'lganini bilganingizda, birinchi munosabatingiz qanday bo'ldi?
🗣 Gordon: «Rostini aytsam, bir lahzaga bunga ishonmadim, chunki bu bolaligimdan beri orzuim edi. Angliyadan «Barselona»ga o'tish umuman oson ish emas. Nazarimda, bu faqat to'rt nafar futbolchiga nasib qilgan. Shu bois bunday transfer qanchalik murakkabligini juda yaxshi tushunardim va hayajonda edim. «Barsa»ning qiziqishini bilgan zahotiyoq, aynan shu narsani eng ko'p xohlayotganimni angladim».
❓Liverpullik bola uchun «Barselona»ga o'tish nimani anglatadi?
🗣 Gordon: «Mening nazarimda, «Barsa» — dunyodagi eng yaxshi klub. Qayerda yashashidan qat'i nazar, har bir bola bir kun kelib shu yerda o'ynashni orzu qiladi. Aytganimdek, bu yerga Angliyadan kelib qo'shilish, albatta, La Masiya orqali o'tishdan ham qiyinroq. Angliyada tug'ilganim uchun bunday imkoniyatga hech qachon ega bo'lmasam kerak deb o'ylagandim. Nihoyat imkoniyat tug'ilganda, o'zimni juda baxtli his qildim».
❓«Barsa» tarixida ayniqsa qoyil qoladigan futbolchi bormi?
🗣 Gordon: «Men ko'rgan eng yaxshi «Barsa» — bu Pep Gvardiola jamoasi edi, ular Xavi va Inyesta kabi futbolchilar bilan Chempionlar ligasini yutishgan. Messini hisobga olmaganda, «Barsa» tarixidagi eng sevimli futbolchim — Luis Suares. Men «Liverpul»ning katta muxlisiman va u yerda Stiven Jerrard bilan birga mening eng sevimli o'yinchilarimdan biri edi. U «Barsa»ga o'tganida, o'yinlarini juda diqqat bilan kuzatganman va u klub ikonasi bo'lishiga amin edim, chunki «Liverpul»da erishgan barcha yutuqlarini ko'rganman».
❓Klubdagi dastlabki oylaringiz qanday o'tdi? Moslashishga kim ko'proq yordam berdi?
🗣 Gordon: «Meni shunday darajadagi futbolchilar bunchalik ochiq va samimiy kutib olishgani juda hayron qoldirdi. Hech kimni unutishni istamayman, lekin Erik Garsiya menga juda ko'p yordam berdi, chunki u ingliz tilida juda yaxshi gaplashadi. Ispan tilini biroz tushunaman, lekin boshqalar juda tez gapirganda yoki o'zaro muloqot qilganda, ularni kuzatib borish qiyinroq. Dani Olmo ham menga juda ko'p yordam berdi».
❓Barselona — Angliyadagi shaharlardan butunlay farq qiladi. Bu yangi hayot bosqichini qanday o'tkazyapsiz?
🗣 Gordon: «Bu shaharni juda yaxshi ko'raman. Unda o'zgacha narsa bor va bu yerda juda oilaviy muhit hukm suradi. Odamlar nihoyatda mehribon. Bu hayotimdagi haqiqatan ham ajoyib davr».
❓Katalon tilida biror so'z ishlatishga jur'at etdingizmi? Birinchi bo'lib nimani o'rgandingiz?
🗣 Gordon: «Bir nechta so'zni bilaman. Ularni o'rganishga va ishlatishga harakat qilyapman, lekin ingliz tilidan ispan va katalon tillariga o'tish biroz murakkab. Men allaqachon «Molt bé», «Com va?», «Jo em dic Anthony» yoki «Estic molt feliç» deb ayta olaman. Gapma-gap o'rganyapman».
❓Muxlislar bilan juda tez til topishib ketdingiz. Kuleslarning sizga bo'lgan mehridan hayron qoldingizmi?
🗣 Gordon: «Ha. Bu muxlislar Messi, Luis Suares, Ronaldinyo va tarixiy eng yaxshi futbolchilarga qoyil qolishgan. Dastlabki kunlardanoq o'zimni bunchalik qadrli his qilishimni kutmagandim. O'ylaymanki, odamlar jamoa uchun bor kuchingizni berayotganingizni sezishadi. Balki ularni mening futbol mahoratim ham hayron qoldirgandir. Shunga o'xshash holat «Nyukasl»da ham bo'lgan, u yerda ko'pchilik meni faqat tezkor va agressiv o'yinchi deb bilardi, keyin esa o'yinimning boshqa jihatlarini kashf etishgandi».
❓«Barsa»da tashqaridan ko'rib bo'lmaydigan nimalarni ichkaridan kashf etdingiz?
🗣 Gordon: «Bu klubning kamtarligi deb aytgan bo'lardim. Bu dunyodagi eng yaxshi klub, bu yerda eng yaxshi futbolchilar o'ynaydi va shunga qaramay, hamma juda kamtar. Biz nihoyatda ambitsiyalimiz va hammasini yutishni xohlaymiz, lekin hech kim keragidan ortiq gapirganini eshitmaysiz. Mashg'ulot o'tayotgan, bundan zavq olayotgan va har kuni yaxshiroq bo'lish uchun birga ishlayotgan odamlarni ko'rasiz».
«Liverpul» va «Chelsi» «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Klub futbolchini qishda sotishni rejalashtirmayapti.
⚔️ «Liverpul» va «Chelsi» yanvar oyi oldidan Aleks Skott uchun yirik takliflarni ko'rib chiqmoqda.
«Bornmut» 23 yoshli o'yinchini yanvarda sotish niyatida emas, garchi unga bo'lgan qiziqish ortib borayotgan bo'lsa ham.
«Vishni» shuningdek, «Vulverxempton» yarim himoyachisi Fer Lopesni Skottga potensial uzoq muddatli o'rinbosarlardan biri sifatida kuzatib bormoqda.
• Manba: TEAMtalk
Liverpool «Manchester Siti»ga qarshi o'yin oldidan Jake, Isak va Gakpo xizmatidan foydalana olmasligi mumkin.
«Manchester Siti»ga qarshi o'yinda Jake, Isak va Gakpo safda bo'lmasligi mumkin, buning ehtimoli yuqori.
Bugun shuningdek, Makka, Arauxo, Nyoni, Munyos va Ngumoa o'z o'yinlarini o'tkazishadi.
Willian 2013-yilda «Tottenxem»ga o'tish arafasida turganida nima uchun fikridan qaytgani va «Chelsi»ni tanlagani haqida so'zlab berdi.
🎙️ Willian 2013-yilda «Tottenxem»ga o'tishi deyarli hal bo'lgan transferi barbod bo'lgani haqida gapirib berdi.
«Men Rossiyadan Londonga kelgandim. Agentim bir nechta klublar bilan muloqot qilgandi — «Liverpul», «Tottenxem» va «Chelsi». Yuragim doim «Chelsi» bilan edi, lekin o'sha paytda ular hali ishonch hosil qilishmagandi. Londonda yashashni xohlaganim uchun «Tottenxem»ga o'tishga qaror qildim.
Shartnoma imzolashim kerak bo'lgan kuni uyg'onib, o'zimga shunday dedim: „Yo'q, men «Tottenxem»ga o'tishni xohlamayman“. Men allaqachon «shporlar»ning mashg'ulot bazasiga shartnoma imzolash uchun mashinada ketayotgan edim va shunday dedim: „Yo'q, men «Chelsi»ga o'tmoqchiman“».
Giorgi Mamardashvili Shimoliy Irlandiyaga qarshi o'yinda penaltini qaytarib, Gruziya terma jamoasiga durang keltirdi.
🔝Mamardashvili so'nggi daqiqalarda Shimoliy Irlandiyaga qarshi kechgan bahsda penaltini qaytarib, o'z terma jamoasi uchun durangni saqlab qoldi.
Fabris Xokins xabariga ko'ra, Jake jarohati sababli navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Fabris Xokins xabariga ko'ra, Jake yakunda o'yin qaydnomasiga kiritilmaydi. U «chap son orqa qismida taranglik» his qilgan, shu sababli ehtiyot chorasi sifatida unga dam berildi.
Bu esa yaxshilikka!
Ismayla Sarr «Kristal Pelas» bilan 2029-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
«Kristal Pelas» Ismayla Sarr bilan shartnomani uzaytirdi!
Sky Sports xabariga ko'ra, kelishuv 2029-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Senegallik futbolchi o'tgan yozda «Galatasaroy» va «Liverpul» tomonidan qiziqish bo'lishiga qaramay, klubda qoldi.
Fabrisio Romano «Liverpul»ning Endrik va Aleks Skottga bo'lgan qiziqishi hamda «Chelsi» va «Arsenal»ning urinishlari haqida ma'lumot berdi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, transferlar borasida quyidagi ma'lumotlar mavjud:
🛑 Endrik haqida
«Liverpul» braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirgan, ammo rasmiy taklifgacha yetib bormagan. Shu bilan birga, klub bir paytlar Endrikni to'liq sotib olish imkoniyatini ham ko'rib chiqqan.
Ammo «Real» ham ijara, ham to'liq transfer uchun eshikni yopib qo'ydi. O'yinchiga yaqinlashishning imkoni yo'q edi.
🛑 Aleks Skott haqida
«Chelsi» yozda uni tarkibga qo'shib olish uchun ikki marta urinib ko'rdi: rasmiy aloqa va rasmiy taklif bo'lgan. Ikkala holatda ham «Bornmut» rad javobini berdi.
«Bornmut» umuman Aleks Skottni sotishni istamadi.
Xuddi shunday javobni «Arsenal» ham olgan. «Liverpul» tomonidan ham qo'ng'iroqlar bo'lgan, boshqa klublar ham qiziqish bildirgan.
2028 yilda (izoh – Romano adashganmi yoki gap haqiqatan ham bir yildan keyin bo'ladigan holat haqida ketyaptimi, noma'lum) vaziyat o'zgarishi mumkin.
«Liverpul» o'yinchini juda yaxshi biladi va yozda klub uning vakillari bilan bog'langan, biroq rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Fabrisio Romano yozda Endrikka qiziqish bildirgan klublar nomini ma'lum qildi. «Real Madrid» futbolchini sotishni rejalashtirmayapti.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, yozda Endrikning ijarasi bilan «Aston Villa», «Roma» va «Milan» klublari qiziqishgan. «Liverpul» esa futbolchini to'liq sotib olish variantini ko'rib chiqqan, ammo rasmiy taklif bilan chiqmagan.
«Real Madrid» Endrikni saqlab qolishga qaror qildi va uning sotilishini ko'rib chiqmayapti.
Aleksandar Pavlovich terma jamoadagi hamkasblari Florian Virtz va Tom Bishof bilan o'zaro hamkorlik hamda o'zining maydondagi vazifalari haqida gapirdi.
Pavlovich Bishof va Virtz bilan o'yin haqida:
«Tom va Flo bilan [Serbiyaga qarshi] birga o'ynash nihoyatda zavqli edi. Bizning barchamizda to'p bilan ishlashda yuqori sifat borligi ko'rinib turibdi. Shuningdek, biz himoyada ham bir-birimizni yaxshi to'ldirdik. To'p Flo nazoratida bo'lganda, unga to'liq erkinlik beriladi va biz unga to'pni imkon qadar tezroq yetkazib berishga harakat qilamiz», — deydi Pavlovich.
Pavlovich tajriba orttirib borayotgan bir paytda terma jamoadagi roli haqida:
«Oxir-oqibat, qanday rol ijro etishimni murabbiy hal qiladi. Ammo men maydonga tushganimda o'z sifatlarim bilan jamoaga yordam berishni istayman: to'p menda bo'lganda o'yinni nazorat qilish, to'p bizda bo'lmaganda esa pressing uyushtirish, yakkakurashlarga kirishish, himoya va hujumda jamoaga ko'maklashish. Men jamoaga aynan shularni berishni xohlayman».
Pol Gorst ma'lumotiga ko'ra, «Liverpul» Konor Bredlining iqtidoriga ishonadi va u jarohatdan so'ng asosiy tarkibga qaytishiga umid qilmoqda.
Pol Gorst yozishicha, «Liverpul»da hamon Konor Bredlining iqtidoriga ishonishadi. Klubdagilar futbolchi sog'ayib qaytganidan so'ng, yana asosiy tarkibdagi o'ng qanot himoyachisi maqomini qaytarib olishiga umid qilishmoqda.
Rio Ngumoa «Liverpul»ga o'tishi, kelajakdagi maqsadlari hamda Muhammad Salohdan olgan saboqlari haqida gapirib berdi.
Rio Ngumoa ITV Sport nashriga bergan intervyusida «Liverpul»ga o'tishi haqida gapirdi:
«Men «Chelsi»dan ketayotganimda bir nechta klublar menga qiziqish bildirgandi, lekin «Liverpul» men uchun har doim to'g'ri, balki yagona imkoniyat bo'lgan tanlov edi. Men bilar edim: agar u yerga o'tsam, o'zimni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'laman va asosiy tarkibga yo'l ochiladi. Hozircha hammasi aynan shunday ketmoqda».
🛑 O'z faoliyatini 10 yildan keyin qanday ko'rishi haqida:
«Umid qilamanki, shu vaqt ichida bir necha bor APL va Chempionlar ligasida g'olib chiqaman, shuningdek, Jahon chempionatini yutishni istayman. Va albatta, 100 foiz ishonch bilan aytamanki, bir kun kelib «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishni maqsad qilganman. Yosh futbolchi sifatida o'z kuchingga va sifatlaringga ishonishing kerak, lekin buni maydonda ham isbotlash lozim. Albatta, o'ziga bo'lgan ishonch va keraksiz kibr o'rtasida chegara bor, uni kesib o'tmaslik kerak. Lekin ishonish kerak, shunda hamma narsa ro'yobga chiqishi mumkin».
🛑 Muhammad Saloh haqida:
«Men o'tmish afsonalaridan kimningdir uslubini takrorlayapman deb o'ylamayman, lekin yoshligimda eng sevimli futbolchim Neymar edi. Agar kimdan ko'proq narsa o'rganganimni aytadigan bo'lsam, bu – Muhammad Saloh. U men bilan ko'p vaqt o'tkazdi, ko'p narsalarni o'rgatdi, ayniqsa o'tgan mavsum oxirida. U menga o'z mentalitetini uzatdi va shunday degandi: «Rio, sen allaqachon yaxshi futbolchi ekanligingni bilasan, lekin top-darajaga chiqish uchun gollar va assistlar sonini oshirishing kerak». Uning statistikasiga qarang, u nima haqida gapirayotganini juda yaxshi biladi!»
BILD xabariga ko'ra, «Real Madrid» «Bayer» himoyachisi Jarell Kuansani o'z safiga qo'shib olmoqchi.
BILD xabariga ko'ra, kelasi yozda «Real Madrid»ga kamida ikkita yangi himoyachi kerak bo'ladi. Shu sababli, madridliklar «Bayer» markaziy va o'ng qanot himoyachisi Jarell Kuansaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Biroq 23 yoshli britaniyalik futbolchi bilan boshqa klublar, jumladan «Chelsi» ham qiziqmoqda. Shu bilan birga, «Liverpul» Kuansani 70 million yevro evaziga qaytarib sotib olish huquqiga ega, o'tgan yozda esa «Bayer» «Arsenal»ning futbolchi uchun qilgan 65 million yevrolik taklifini rad etgan edi.
Nicolo Schira xabariga ko'ra, «Inter» yozda Maykl Kayode borasida «Brentford»ga murojaat qilgan, ammo klub so'ralgan 50 mln yevroni qimmat deb hisoblagan.
Nicolo Schira xabariga ko'ra, «Inter» yozda Maykl Kayode borasida «Brentford»ga murojaat qilgan. Biroq «Brentford» futbolchi uchun 50 million yevro so'ragan va bu summa Italiya klubiga juda yuqori tuyulgan.
Devid Ornshteyn xabariga ko'ra, Manchester Siti moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topildi. Klub ochkolardan mahrum etilishi va sovrinlari bekor qilinishi mumkin.
🗣️ Devid Ornshteyn:
«Manchester Siti» so'nggi yillardagi barcha moliyaviy firibgarliklarda aybdor deb topildi.
«Siti»dan ochkolar olib tashlanishi mumkin, bu esa ba'zi sovrinlarning bekor qilinishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
Aleksis Mak Allister «Liverpul» bilan shartnomasi va kelajagi borasidagi vaziyatga oydinlik kiritdi.
Aleksis Mak Allister terma jamoa ixtiyoriga yetib keldi va u yerdan darhol «Liverpul»dagi yangi shartnoma borasidagi vaziyat haqida so'rashdi:
Yakuniy qaror hali qabul qilinmagani yo'q. Shartnomamning yana ikki yili bor. Ha, o'sha matbuot anjumanida kelajagim haqida so'rashganida, aytgan gaplarim ko'proq hissiyotlarimga asoslangan edi. Bu klub harakatlariga yoki boshqa narsaga berilgan baho emasdi, chunki yakunda ishlarni ular boshqaradi va qaror qabul qiladi, men uchun bu mutlaqo normal holat.
Ammo aytganimdek, men bor kuchim bilan harakat qilaman, yana ikki yilim qoldi. Bu vaqt ichida ko'p narsa yuz berishi mumkin, turli ssenariylar bor, shuning uchun men o'z tomonimdan klubda bo'lishdan zavq olyapman.
Umid qilamanki, shartnomamni yana bir necha yilga uzaytirish imkoni bo'ladi, agar bo'lmasa, demak shunday bo'lishi kerak ekan. Men bu vaqtdan oilam bilan birga zavq olmoqchiman, chunki dunyodagi eng yaxshi klublardan birida ekanligimga sira shubham yo'q.
Jud Bellingem Norvegiya bilan o'yindan so'ng bosh murabbiy Tomas Tuxelning tanqidlariga va jamoaning o'yiniga munosabat bildirdi.
Jud Bellingem Norvegiya bilan o'yindan so'ng bosh murabbiy Tomas Tuxelning tanqidlariga munosabat bildirdi:
Tuxel Angliya terma jamoasining Norvegiyaga qarshi o'yinidan noroziligini bildirdimi? Mayli, mayli. Balki u shunday yo'l bilan jamoamizga yuqori talablar qo'yayotgandir. Yoki u Xoland, Edegor, Nusa va Syorlot kabi futbolchilarga qarshi, bunday murakkab ob-havo sharoitida o'ynash qanchalik qiyinligini bilmasligi ham mumkin. Norvegiya oson raqib emas.
Bellingem jamoaning ruhiy holati va o'yin uslubi haqida ham to'xtalib o'tdi:
Har holda, biz kiyim almashtirish xonasida ijobiy muhitni saqlab qolishga harakat qildik va bu kayfiyatni JCh yarim finaliga ham ko'chirishimiz kerak. Jamoadoshlarimni alohida ta'kidlamoqchiman, chunki shunchaki to'pni nazorat qilib va minglab paslar berib, har bir o'yinda g'alaba qozonib bo'lmaydi. Ba'zida kurashlar evaziga g'alaba qozonish kerak. Biz bugun aynan shuni amalga oshirdik.
Futbolchi bosh murabbiyning omad haqidagi gaplariga ham javob qaytardi:
Tuxelning "Norvegiyani yutishda omadimiz keldi" degan gapiga kelsak, izohsiz. Barchamiz ulkan kuch sarf qildik. Angliya terma jamoasidagi ajoyib o'yin ko'rsatgan jamoadoshlarimga minnatdorchilik va hurmat bildirmoqchiman. Men ular bilan faxrlanaman.
Bellingem o'yin oldidan ogohlantirilgani haqida ham esladi:
Norvegiya bilan o'yin oldidan sariq kartochkam bor edi. Shu sababli onam butun hafta davomida so'zlarimga, to'p uchun kurashlarga, yuz ifodamga va hissiyotlarimga ehtiyot bo'lishimni uqtirdi (kuladi).
Dublimmi? Terma jamoaga yana yordam berganimdan xursandman, ammo qo'lga kiritilgan g'alaba – jamoaviy mehnat mevasi. Biz butun jamoa, shtab va muxlislar yordamida g'alaba qozona oldik. Bu Angliya uchun juda o'zgacha kun.
Italiyalik hujumchi Fabio Borini professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.
Fabio Borini faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. ❤️
The Telegraph xabariga ko'ra, APLning to'rt klubi «Man Siti» aybdor deb topilgani munosabati bilan kompensatsiya talab qilmoqda.
🗣️ Sem Uolles, The Telegraph:
«Manchester Yunayted», «Liverpul», «Arsenal» va «Tottenxem» «Man Siti»ning aybdor deb topilgani haqidagi ma'lumotni chempionatning boshqa klublaridan avvalroq olishgan.
Aynan shu to'rt nafar APL vakili hali 2024-yilning sentyabr oyidayoq «Siti»ga rasmiy bildirishnomalar yuborib, zarar qoplanishini talab qilish huquqini ma'lum qilgan edi.
Opta tahlillariga ko'ra, «Liverpul» jamoasini Angliya chempionatidagi navbatdagi 5 ta o'yinda eng murakkab taqvim kutib turibdi.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» jamoasini Premer-ligadagi navbatdagi 5 ta o'yinda eng murakkab taqvim kutib turibdi.
Manchester City muxlislari "Liverpul"ga qarshi o'yinda shishiriladigan bananlar bilan tarixiy an'anani qayta tiklashmoqchi.
"Liverpul" bilan o'yinga yo'l olayotgan Manchester City muxlislari ommaviy ravishda shishiriladigan bananlarga buyurtma berishdi. Ular ushbu aksiyani klub tarixini ulug'lash va komissiya qaroridan so'ng qo'llab-quvvatlashni namoyish etish deb bilishmoqda. Shu tariqa, 1987-yilda "Meyn Roud"da boshlangan an'ana qayta tiklanmoqda.
Entoni Gordon «Barselona»dagi moslashuvi, Xansi Flikning talablari va jamoa bilan qo'lga kiritmoqchi bo'lgan maqsadlari haqida gapirdi.
❓Sen har doim «Barsa» o'yin uslubiga qoyil qolgansan. Uni qanday ta'riflagan bo'larding?
🗣 Gordon: «Men nazorat, tiki-taka va o'yin jarayonini boshqarish deb aytgan bo'lardim. O'ylaymanki, hozirgi vaqtda bu uslub biroz evolyutsiya qildi, chunki biz juda yuqori intensivlikda pressing qilamiz, ammo uning asosi o'zgarishsiz qolmoqda: to'pga egalik qilish va raqibning to'p bilan imkon qadar kamroq aloqada bo'lishiga intilish. Aynan shu narsa men uchun «Barsa»ni anglatadi».
❓Faoliyating davomida senga alohida ta'sir o'tkazgan murabbiy bormi?
🗣 Gordon: «Xansi Flik. U menga ajoyib arenada o'ynash, muxlislar bilan bog'liqlik o'rnatish va men har doim orzu qilgan barcha narsalarni boshdan kechirish imkoniyatini berdi. Shunga qaramay, men o'zim ishlagan barcha murabbiylarni juda qadrlayman, chunki ularning har biri menga o'z tajribasini berdi, buning sharofati bilan men yaxshiroq inson va yaxshiroq futbolchiga aylandim. Eddi Xau, Frenk Lempard, Rafa Benites, Li Karsli... . Men hech kimni esdan chiqarishni istamasdim».
❓APL kabi talabchan ligadan o'tib, Xansi Flik talab qiladigan intensivlikka moslashish senga oson bo'ldimi?
🗣 Gordon: «Ha, bu borada nisbatan oson bo'ldi, chunki «Nyukasl»da biz allaqachon shunga o'xshash tarzda o'ynardik: juda intensiv pressing qilar va hujum qilardik. Bu jihatdan moslashish oson kechdi. Xuddi shu narsa to'p bilan o'yinga ham tegishli, chunki hozir meni dunyoning eng yaxshi futbolchilari qurshab turibdi. Faoliyatim davomida hech kim sezmagan ko'plab harakatlarni to'psiz amalga oshirganman, ammo endi menda hamma narsani ko'ra oladigan Pedri bor».
❓APL va La Liga o'rtasidagi asosiy farqlar nimada?
🗣 Gordon: «Avvalo, intensivlikda. Bu yerda o'yin xotirjamroq, ko'proq nazorat va to'pga egalik qilishga asoslangan. APLda esa hamma narsa jismonan muhimroq va aqldan ozganroq. Ba'zida bu hatto basketbol o'yinini eslatadi».
❓Har bir o'yin va har bir harakat sinchkovlik bilan tahlil qilinadigan klubda bosimni qanday yengib o'tasan?
🗣 Gordon: «Men bosimga unchalik ishonmayman. Bu o'zingiz boshingizda yaratadigan narsa. Agar bolaligingizda o'yin vaqtida bosimni his qilmagan bo'lsangiz, hozir ham his qilmasligingiz kerak. Men shunchaki o'yindan zavq olaman va jamoaga yangi narsa olib kirishga harakat qilaman. Qachonki shunga e'tibor qaratsangiz, bosimga o'rin qolmaydi va siz o'zingizni eng yaxshi tomondan ko'rsata olasiz».
❓«Barsa» tarkibidagi birinchi mavsuming oxiriga kelib qanday maqsadlarga erishmoqchisan?
🗣 Gordon: «Men barcha sovrinlarni yutmoqchiman. Hammasi oddiy. Bizda buni amalga oshirishga qodir tarkib bor deb hisoblayman. Albatta, ba'zida jarohatlar va boshqa omillar haqida gap ketganda, omad ham kerak bo'ladi, ammo mening maqsadim — hammasini yutish, chunki men «Barsa» tarixiga kirishni va bu jamoani abadiy eslab qolishlarini xohlayman».
❓Qaysi kuchli tomonlaringni hali to'liq namoyish etishga ulgurmading, ammo ular jamoaga katta foyda keltirishi mumkin?
🗣 Gordon: «Gollar. Menda hali gol urish uchun juda ko'p imkoniyat bo'lmadi. Shunga o'xshash holat faoliyatim davomida ham bo'lgan. Har bir klubda va har bir bosqichda muntazam ravishda gol ura boshlashimdan oldin menga biroz vaqt kerak bo'lgan. Biroq, men ularni juda ko'p urishimga ishonchim komil».
🔚 Entoni Gordon bilan intervyu yakunlandi.
Rio Ferdinand Jud Bellingemning 23 yoshdagi yutuqlarini afsonaviy futbolchilar bilan solishtirdi.
😎 Rio Ferdinand:
Agar Judning 23 yoshdagi yutuqlarini boshqa o'yinchilarning ko'rsatkichlari bilan solishtirsak, quyidagilarni ko'ramiz:
— Stiven Jerrard 23 yoshida endigina «Liverpul» sardori bo'lgandi.
— Lempard 23 yoshga to'lishiga atigi 6 kun qolganda «Chelsi» bilan shartnoma imzolagan.
— Zidan terma jamoadagi debyutini 22 yoshida o'tkazgan.
— Xavi «Barselona» asosiy tarkibiga endigina kirib kelayotgan edi, o'zining ilk Chempionlar ligasini esa 26 yoshida yutgan.
Men u allaqachon bu o'yinchilarning barchasidan ustun demoqchi emasman — axir uning faoliyati endi boshlanmoqda. Ammo ularni aynan 23 yoshida solishtiradigan bo'lsak, u ularning fonida yaqqol ajralib turadi.
Manchester City va Liverpool o'rtasidagi uchrashuvda Kris Kavana bosh hakam vazifasini bajaradi.
✔️ Rasman: Kris Kavana yakshanba kungi «Liverpul»ga qarshi bahsimizni boshqarib boradi.
Kris Kavana yakshanba kuni Premer-ligada bo'lib o'tadigan «Liverpul» — «Manchester Siti» uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.
Kris Kavana yakshanba kuni Premer-ligada bo'lib o'tadigan «Liverpul» — «Manchester Siti» uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.
VAR tizimida unga Pol Xovard yordam beradi.
Manchester City va Liverpul o'rtasidagi uchrashuvda bosh hakam Kris Kavana bo'ladi. VAR tizimida esa Pol Xovard ishlaydi.
Kris Kavana bizning «Liverpul»ga qarshi o'yinimizni boshqarib boradi.
Pol Xovard VAR tizimiga mas'ul bo'ladi.
L’Equipe xabariga ko'ra, Jeremi Jakeda kichik jarohat borligi sababli u Belgiya bilan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Bredli Barkola esa asosiy tarkibda.
L’Equipe xabariga ko'ra, Jeremi Jakeda kichik jarohat bor, shu sababli u Belgiya bilan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Shunga qaramay, jarohat jiddiy emas va himoyachi bugun zaxira o'rindig'ida bo'ladi.
Bredli Barkola esa o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi.
Willian Mikel Arteta bilan bo'lgan suhbat va Arsenalga o'tish qarori haqida gapirib berdi.
🎙️ Willian Mikel Arteta uning Arsenalga o'tishi oldidan nimalar degani haqida gapirib berdi:
«Biz bir necha bor uchrashdik. Men Arteta va klubning barcha vakillari bilan ko'rishdim. Ular menga: “Biz seni jamoamizda asosiy o'yinchi bo'lishingni istaymiz”, deyishdi.
Arteta menga: “Biz mana bunday o'ynamoqchimiz va men seni asosiy futbolchi bo'lishingni xohlayman. Jamoani sen atrofingda quraman. Senga klub kalitlarini topshirmoqchiman”, dedi.
Buni eshitganimda… Albatta, men Chelseani yaxshi ko'raman, lekin shartnomamning so'nggi yili qolgandi, 32 yoshda edim. O'yladimki: Londonda yana uch yil, oilam bilan shu yerda qolaman — ularga London juda yoqadi. Va natijada o'tishga qaror qildim.
Rostini aytsam, qolishim kerak edi. Lekin o'sha paytda Arsenalga o'tish — balki eng yaxshi qarordir deb o'ylagandim. Men uch yillik shartnoma imzoladim, ammo hammasi omadsiz chiqdi».
«Liverpul» yanvar oyida Kayode transferini amalga oshirishi mumkin. «Brentford» futbolchi uchun 51–55 million funt sterling talab qilmoqda.
Caught offside xabariga ko'ra, «Liverpul» yanvar oyida Kayode transferini amalga oshirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Biroq «Brentford» futbolchi uchun 51–55 million funt sterling atrofida mablag' talab qiladi.
Dominik Soboslai jamoadoshi Milosh Kerkez haqida o'ziga xos tarzda fikr bildirdi. U futbolchining maydondagi fidoyiligini va hazilomuz tarzda aqlini tilga oldi.
Dominik Soboslai Milosh Kerkezning Gruziyaga qarshi o'yindagi golidan so'ng quyidagicha fikr bildirdi:
U balki dunyodagi eng aqlli yigit emasdir, lekin u har doim maydonda o'zini to'liq bag'ishlaydi – ham yuragi, ham tanasi bilan. Undan bosh bilan gol kutgan oxirgi odam men edim, lekin bunday bo'lganidan juda xursandman!
Ha, bu haqiqiy iqtibos – Soboslai Miloshni inglizcha "not the sharpest knife in the drawer" ("qutidagi eng o'tkir pichoq emas") iborasining to'g'ridan-to'g'ri tarjimasi bilan ta'rifladi, bu "unchalik aqlli bo'lmagan odam" degan ma'noni anglatadi. Nima ham derdik ¯\_(ツ)/¯
Stefan Borson "Manchester Siti" Mak Allisterga qiziqqani, ammo futbolchi "Liverpul" bilan yangi shartnoma imzolashini aytdi.
"Manchester Siti"ning sobiq moliyaviy maslahatchisi Stefan Borson Mak Allister haqida fikr bildirdi:
"O'ylaymanki, unga qiziqish bo'ladi. Shu yozda "Manchester Siti" uni haqiqatan ham kuzatgani haqida mish-mishlar tarqalgandi.
Shu yozda ular allaqachon takliflar bilan chiqishgan, ammo ochiqchasiga aytadigan bo'lsak, u "Liverpul" bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Bu shunday holatlardan biriki, mening nazarimda, barchasi yangi shartnomasiz yakunlanish ehtimoli juda past.
Shunday ekan, muzokaralar va jarayon davomidagi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarga qaramay, men shartnoma yakunda baribir imzolanishiga deyarli shubha qilmayman".
Boshqa klubning sobiq moliyaviy maslahatchisi bergan ma'lumotga qanchalik ishonish mumkinligini bilmayman, ammo "Siti" va xususan, ularning 115 (130) ta qoidabuzarligi masalasida u juda aniq ma'lumotlar bergandi. Qolaversa, bu ma'lumot ham "Siti" haqidagi suhbat kontekstida aytilgandi.
Har holda, vaqt ko'rsatadi.
BILD xabariga ko'ra, «Liverpul» «Bayer» himoyachisini 70 million yevro evaziga qaytarib sotib olish huquqiga ega.
⚽️ BILD xabariga ko'ra, klub uning universalligi va himoyaning turli pozitsiyalarida o'ynay olish qobiliyatini yuqori baholamoqda.
«Liverpul»da «Bayer»dan 70 million yevro evaziga 15-iyunga qadar qaytarib sotib olish opsiyasi mavjud.
Yurgen Klopp "Manchester Siti"ga qo'yilgan ayblovlar va chempionlik titullari borasidagi savollarga javob berdi.
Yurgen Kloppdan "Manchester Siti"ga qarshi qo'yilgan ayblovlar va u o'tmishdagi natijalar qayta ko'rib chiqilsa, qo'shimcha Premer-liga chempionliklarini qo'lga kiritishga umid qiladimi, deya so'rashdi:
[Kuladi] Albatta, bu haqda eshitdim, lekin unga katta ahamiyat bermadim. Men faqat kutishim va kuzatishim mumkin.
Pep Gvardiolaning futbol uslubiga va "Siti"ga katta hurmat bilan qarayman. Ular fantastik futbol namoyish etishdi va biz uchun yuqori darajadagi raqib bo'lishdi.
Agar qandaydir sanksiyalar qo'llanilsa, bu menga taalluqli emas. Men kutaman va kuzataman. Men chempionlikni nishonlashga tayyorgarlik ko'rish yoki shunga o'xshash narsalardan yiroqman.
"Liverpul"da erishgan yutuqlarimizning har bir jihati menga yoqadi, biz har doim maydonda oxirigacha kurashganmiz.
Bu haqda ko'proq gapira olmayman, chunki tafsilotlarni bilmayman va ular meni qiziqtirmaydi.
Rio Ngumo Angliya terma jamoasi safida Chexiyaga qarshi o'yinda debyut qildi.
Rio Ngumo Angliya asosiy terma jamoasi safida debyut qildi. U Chexiyaga qarshi kechgan bahsda maydonga tushdi 💫
MARCA xabariga ko'ra, «Real Madrid» qiziqish bildirayotgan Gilberto Mora uchun tovon puli taxminan 25 million yevroni tashkil qiladi.
MARCA xabariga ko'ra, «Real Madrid» qiziqish bildirayotgan Gilberto Mora uchun tovon puli taxminan 25 million yevroni tashkil qiladi.
Stiv Perish Ismayla Sarrning transferi bo'yicha "Liverpul"ni aybladi. "Kristal Pelas" egasi klubdagi muammolarda "Liverpul" va agentni aybdor deb biladi.
"Kristal Pelas" egasi Stiv Perish The Athletic nashriga bergan intervyusida klubning Ismayla Sarr bilan bog'liq muammolarida "Liverpul" va futbolchining agentini aybladi. Sarr xalqaro tanaffusdan oldin tarkibga qaytgan edi.
Eslatib o'tamiz, yozgi transfer oynasi davomida Sarrga "Galatasaroy", keyinroq esa "Liverpul" qiziqish bildirgan. Senegallik futbolchi Londondan ketishga tayyor edi. "Qizillar" transfer oynasining so'nggi haftasida futbolchi bo'yicha so'rov yuborgan, biroq taklif etilgan summa "Pelas" kutganidan past bo'lgan. Transfer oynasi yopilgach, Sarrning agenti klubni mijoziga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lganlikda ayblagan, futbolchining o'zi esa ijtimoiy tarmoqlardagi "Kristal Pelas" bilan bog'liq barcha postlarni o'chirib tashlagan edi.
Perishning bu boradagi fikri quyidagicha:
Ismayla bilan bog'liq vaziyatdan afsusdaman, ammo buni biz yaratmadik. Bir klub ["Liverpul"] kelib, bozor sharoitida bitim amalga oshishiga umid qilib bo'lmaydigan darajada past taklif bilan chiqdi. Keyin esa ular bu masalaga qaytishmadi. Agar siz o'z o'yinchingizni 90 million funtga sotsangiz va o'rniga bizga o'sha summaning yarmini taklif qilmoqchi bo'lsangiz, marhamat, qilavering. Men hech kimni tanqid qilmayman, lekin bitim amalga oshmaydi. Ismayla ketishni xohlaganini tushunish mumkin. Agar transfer oynasi yopilishiga 5 kun qolmaganida va taklif qilingan pul mos kelganida, biz unga yon bosgan bo'lardik. Kamaraning bizga qarshi ayblovlari haqida nima deb o'ylashi menga baribir. Agar har qanday futbol klubi transfer oynasi yopilishiga 5 kun qolganda o'zining eng yaxshi to'purari bo'yicha taklif olsa, bunday bitimni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi. Agentlarning ishi — taklifning ertaroq kelishiga erishish... OAVga chiqib, asossiz ayblovlar bilan chiqish hech kimga foyda keltirmaydi.
Julian Uorddan iltimos, iltimos, boshqa Perish bilan ishlamaylik. Uning gapiga qaraganda, doim agentlar va boshqa klublar aybdor, o'tgan yili esa o'yinchisi "Liverpul" ofisida tibbiy ko'rikdan o'tib, transferga ruxsat olganida ham uning kayfiyati to'satdan o'zgarib qolgandi. Umuman olganda, uni va klubini hech kim bezovta qilmasa, barchamiz uchun xotirjamroq bo'lardi.
Kataloniya OAV ma'lumotiga ko'ra, Endrikning "Real"dagi kelajagi noaniq bo'lib turibdi. Futbolchining agenti esa mish-mishlarni rad etdi.
Kataloniya OAV xabariga ko'ra, Endrikning "Madrid"dagi kelajagi hamon noaniq. Endi 20 yoshli braziliyalik futbolchi nafaqat Mbappe, balki Espidan ham pastroq baholanmoqda. Shu sababli, yaqin oylarda hujumchi jamoada qolish uchun o'z salohiyatini isbotlashi kerak bo'ladi.
Freytash (Endrikning agenti): "Endrik hech qachon menga yangi klub topish iltimosi bilan murojaat qilmagan. Buning aksiga oid mish-mishlar — mutlaqo bo'lmag'ur gap".
Fikr qoldirish va reaksiya uchun tizimga kiring.