Andoni Iraolaning to'liq matbuot anjumani e'tiboringizga havola etiladi:
🛑 Liga kubogi va uning maqomi haqida: «Gap turnirlar reytingida emas, qaysidir biriga ustunlik berish kerak degani emas. Bular turli xil narsalar. Ishonchim komilki, agar siz kimdandir Chempionlar ligasi yoki Premer-ligada g'alaba qozonishni afzal ko'radimi deb so'rasangiz, javob ha bo'ladi, lekin o'yinchilarga dam berib, keyingi o'yinda g'alaba qozonishingizga hech qanday kafolat yo'q. Biz g'alaba qozonishni va yaxshi o'ynashni istaymiz, ertaga aynan shuni amalga oshirishga harakat qilamiz».
🛑 Rotatsiya haqida: «Bu 7 kun ichidagi 3-o'yin va taqvim nuqtai nazaridan eng yomon ssenariy, bizning omadimiz kelmadi. Bu o'yindan keyin bizda «Bornmut» bilan bahsgacha biroz vaqt bo'ladi. «Ipsvich» va «Atletiko» bilan o'yinlar, shuningdek, «Atletiko» va «Fulxem»ga qarshi bahslar o'rtasidagi farqni sezgan bo'lsangiz kerak. Bu katta farq. Biz bunga ko'nikishimiz kerak. Har bir o'yinda bir xil futbolchilarni maydonga tushirish mumkin. Muammo shundaki, ular charchaydigan va jarohat olish xavfi ortadigan lahza keladi.
Bor o'yinchilar borki, har uch kunda muammosiz o'ynay oladi, ular buni qabul qila oladi va ularning o'yini unchalik o'zgarmaydi. Ammo shunday o'yinchilar borki, ularda xavf yuqoriroq va o'yini farq qiladi. Biz shunday vaziyatdamizki, kim o'ynashga tayyor, kim dam olishi kerakligini tushunishim kerak, shunda ularning o'yin darajasi tushib ketmaydi. Ba'zilari haqida tasavvurga ega edim, lekin ayrimlar uchun bu yangilik, chunki ular avval bunchalik ko'p o'yin o'tkazishmagan».
🛑 Tarkib soni haqida: «Men tarkibdan juda mamnunman, bizdagi o'yinchilarni yuqori baholayman. Agar o'yinlarda g'alaba qozonsak, tarkib fantastik ko'rinadi, agar yo'q bo'lsa – demak, doim muammolar yoki boshqa narsalar bor. Ertaga biz hali ko'rmagan o'yinchilarni ko'ramiz va men bu uchrashuvni intiqlik bilan kutyapman. Ular bizga yordam bera oladi va ularda hali bunday imkoniyat bo'lmagan edi».
🛑 Mashg'ulotlar haqida: «Biz o'yinchilar bilan gaplashishimiz kerak bo'lgan vaziyatdamiz, bizda har uch kunda o'yinlarni boshdan kechirgan tajribali o'yinchilar bor. Yoshlar va boshqa chempionatlardan kelganlarda savollar ko'proq».
🛑 «Fulxem» bilan o'yin haqida: «Sizning hafsalangiz pir bo'lganini tushunaman, biz ham hafsalamiz pir bo'lgandi. Oldinga qarab ketayotgan 2 o'yindan so'ng, biz bir qadam orqaga tashladik. Futbolda shunday bo'lib turadi. Biz bunga ko'nishimiz kerak, chunki bu jarayonda ko'tarilishlar va pasayishlar bo'ladi, lekin biz qayerga harakatlanishni aniq tushunamiz – «Atletiko»ga qarshi ko'rsatgan o'yin uslubimizga, bizga kerak bo'lgan futbol uslubiga. Hozir eng muhimi – barqarorlik, shunda bunday natijalarni ko'rsatish mumkin bo'ladi».
🛑 Yarim himoya haqida: «Oldingi o'yinlarga qaraganda, «Fulxem» bilan biz to'pni maydonning ancha quyi qismida tortib oldik. O'z darvozamiz oldida yo'l qo'ygan yagona imkoniyatimiz muvaffaqiyatsiz uzatmamiz tufayli bo'ldi, lekin biz to'pni juda pastda tortib oldik va bu sodir bo'lganda, 11 nafar o'yinchiga qarshi hujum qilishga to'g'ri keladi, bu vaziyatni qiyinlashtiradi. Biz to'pni imkon qadar yuqoriroq tortib olishimiz kerak, chunki bu vaziyatlar yaratishni ancha osonlashtiradi.
Bu yarim himoya haqidagi savollardan tashqariga chiqadi. Biz jamoaviy harakat qilganimizda, yarim himoyachilar ancha yaxshi ko'rinardi va ko'proq to'p tortib olishardi. Biz ularga yakkakurashlarda g'alaba qozonish uchun ko'proq yordam beryapmiz. Oldinda turganlar o'z ishlarini a'lo darajada bajarishsa, yarim himoyachilar ham yaxshi ko'rinishadi. Agar biz ularni doimiy ravishda birga-bir himoyalanishga majbur qilsak va agressiya ko'rsatmasak, himoyachilarimiz ham qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bu ko'proq jamoaviy ish. Mana shu himoyachilar va yarim himoyachilarga ko'rsatishimiz kerak bo'lgan yordam, shunda hamma yaxshiroq, aqlliroq ko'rinadi va eng yaxshi pozitsiyalarda bo'ladi».
🛑 Van Deyk va uning terma jamoadagi kelajagi haqida: «Men Xavi [Niderlandiya terma jamoasining yangi murabbiyi] va Virjil bilan gaplashdim, lekin bular shaxsiy suhbatlar edi va men bu yerda bu haqda gapira olmayman. Men Xavini juda yaxshi bilaman, u «Atletiko» bilan o'yinni ko'rish uchun shu yerda edi».
🛑 Leoni haqida: «O'ylaymanki, tiklanish borasida u Konor Bredlidan oldinda».