Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Bournemouth — yangiliklari

Bournemouth va bog'liq yangiliklar

Norberto Neto: "Yuve"ga qaytganimdan juda xursandman"

Norberto Neto: "Yuve"ga qaytganimdan juda xursandman"

Norberto Neto "Yuventus"ga qaytgani va jamoaning kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Norberto Neto:

"Po-moyemu, qachonki yoshingiz 25 dan 30 gacha bo'lsa, faoliyatingizni yakunlash haqida o'ylash qiyin. Sportdan ketish har doim qo'rqinchli. Men bu so'zdan juda qo'rqardim, chunki butun hayotim futbol bilan o'tgan.

Bir paytlar bu haqda o'ylab qoldim: o'zimni haqiqatan ham erkin va xotirjam his qilayotgandim. Keyin esa "Yuve" paydo bo'ldi va bu fikr vaqtincha chekindi. Hatto bir necha hafta oldin kelayotgan qo'ng'iroqlarga ham javob berishni istamagandim, chunki oilamning farovonligini birinchi o'ringa qo'ygandim.

Ayolim Turinni sevib qolgan — biz 10 yil oldin ham bu yerga birga kelganmiz. Hozir esa barchamiz qaytganimizdan behad xursandmiz. Endi faqat o'yindan zavq olish, o'zimni a'lo darajada his qilish va ushbu buyuk klub manfaati yo'lida astoydil mehnat qilish haqida o'ylayapman.

Ilgari mister (Spalletti) bilan ishlash nasib qilmagandi. Futbolda hamma bir-birini taniydi, har kimning o'z fikri bor. Dastlabki aloqalarimiz juda ijobiy o'tdi: to'g'ri qaror qabul qilganimga aminman.

"Yuve" Chempionlar ligasisiz? Bu futbol dinamikasi, vaziyatlar. Oxir-oqibat, faqat bugungi kunni o'ylab ishlash kerak. Bu yerdagi futbolchilar hamon juda kuchli, salohiyati yuqori va klass darajasi baland. Nazarimda, biz bir necha yil avval "Yuventus" taqdim etgan hislarni qaytarishga qodirmiz.

Vikario APLda haqiqatan ham ajoyib mavsumlarni o'tkazdi, men u bilan Angliyada, "Bornmut" va "Arsenal"da o'ynagan vaqtimda to'qnash kelganman. Bu eng yuqori darajadagi darvozabon. Umid qilamanki, biz bu yerda ko'plab ajoyib lahzalarni baham ko'ramiz: uning terma jamoa ixtiyoridan qaytishini kutyapman".

Liverpool Rayan uchun kurashga kirishishi mumkin

Liverpool Rayan uchun kurashga kirishishi mumkin

ESPNBrasil jurnalisti Bruno Andrade «Liverpul»ning «Bornmut» futbolchisi Rayanga bo'lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi.

ESPNBrasil jurnalisti Bruno Andrade so'zlariga ko'ra, «Liverpul»ning «Bornmut» futbolchisi Rayanga bo'lgan qiziqishi haqiqiy, garchi hozircha rasmiy taklif yuborilmagan bo'lsa ham.

Hozir Yevropa bozorida shunday vaziyat yuzaga kelganki, odamlar va klublar oldindan harakat qilishni istashmoqda, chunki Rayan aqlbovar qilmas futbol namoyish etyapti.
Klublarda shunday his bor: kim shoshilmasa, ortda qolib ketadi va o'yinchini qo'ldan chiqaradi, shuning uchun ular oldindan harakat qilishni xohlashadi.
Xabar juda aniq va ravshan: bir sent ham chegirma bo'lmaydi.
Yanvar oyida Rayanni qo'lga kiritmoqchi bo'lgan har qanday klub – u Premer-liga klubi bo'ladimi yoki boshqa Yevropa klubi – tovon pulini to'lashi kerak bo'ladi.
Hech qanday chegirma va undan kam summa bo'lmaydi. Yo 130 million funt sterling, yoki o'yinchi qoladi, – deb ta'kidlaydi jurnalist.

Bog'liq yangiliklar

Iraola «Bornmut»ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Iraola «Bornmut»ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Iraola «Bornmut»ga qarshi o'yin oldidan jamoa holati, tarkibdagi raqobat va raqib haqida fikrlarini bildirdi.

Iraolaning «Bornmut»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumani.

🛑 Rio Ngumoa va Aleks Skottning Angliya terma jamoasiga chaqirilishi haqida

Ikkisi uchun ham juda xursandman. Ular bu chaqiruvga loyiq edilar. Jahon chempionatigacha ular terma jamoaga yordam berishgan va o'zlarini yaxshi ko'rsatishgan. Men ular haqida faqat yaxshi gaplarni ayta olaman. Ular bu imkoniyatga loyiq va bunga tayyorlar.
O'ylaymanki, «Tottenxem»ga qarshi o'yinda Rio o'yinni unchalik yaxshi boshlamadi, lekin uning keyingi munosabati menga yoqdi. Dastlab u yakkakurashlarda yutqazib qo'ydi. Udoji – juda kuchli o'yinchi, lekin baribir Rio o'z ishini bajardi. Birinchi gol aynan undan – birga-bir vaziyatdan boshlanadi. U hujum rivojlanishida ishtirok etyapti va biz aynan shunday narsalarni unga singdirishga harakat qilyapmiz. U hali ligaga moslashyapti, uning atigi 18 yoshi bor, lekin kerakli sifatlar unda bor va biz uni Angliya terma jamoasiga chaqirishganidan juda xursandmiz.

🛑 «Bornmut»ga qarshi o'yin haqida

O'ylaymanki, tetiklik borasida bizda hammasi joyida. Bu safar biz ulardan ikki kun oldin o'ynayapmiz, shuning uchun bu yerda ustunligimiz bor. Biroq, qayerga borayotganimizni juda yaxshi bilaman. Ularning murabbiylar shtabini va bu stadionni bilaman. U yerda «Bornmut»ni mag'lub etish qanchalik qiyinligini tushunish uchun yetarlicha vaqt o'tkazganman. Ular meni bilishadi, men esa ularni.
Men uchun bu yerda shaxsiy jihat ham bo'ladi, bu o'yinni juda kutyapman. U yerda men yaxshi ko'radigan o'yinchilar va qadrlaydigan xodimlar bor. Kecha ular uchun juda xursand edim, lekin endi ularning oldiga borib g'alaba qozonishimiz kerak. Iloji boricha shafqatsiz bo'lishimiz, barcha suhbatlarni esa o'yindan keyinga qoldirishimiz kerak.
Tarkib bo'yicha ular unchalik o'zgarmadi. Asosan o'sha o'zak o'ynayapti, faqat bir nechta o'zgarish bor. Ular Senesini yo'qotishdi, Silva – o'xshash profildagi o'yinchini imzolashdi. Asosiy g'oyalar o'sha-o'sha qolgan. Men Marko Roze bilan muloqot qilaman va jamoa haqiqatan ham unchalik o'zgarmagan. Bu juda xavfli raqib.

🛑 Flo Virts haqida

Uni boshqa har qanday o'yinchi kabi baholash kerak. Gap shundaki, sen maydonda bo'lganingda jamoa qanday o'ynayapti. Men Florian bilan juda mamnunman. U o'yinning barcha jabhalarida bizga nima kerakligini tushunadi. Albatta, biz bunga gollar va samarali uzatmalarni qo'shishni xohlaymiz, lekin u allaqachon barcha komponentlarda bizga yordam beryapti.

🛑 Jarohatlar haqida

Hammasi joyida. Vaziyat avvalgidek qolmoqda: bizda uchta uzoq muddatga jarohatlangan o'yinchi va Kyeza bor. Ertaga yana mashg'ulotimiz bor, lekin hozirgi vaqtda qolganlar bilan hammasi yaxshi.

🛑 Bredli Barkolya va qanotlardagi raqobat haqida

Bredli qancha ko'p o'ynasa, shuncha yaxshi bo'lib boryapti. U bizga mavsumoldi o'yinlarisiz keldi, lekin ayni paytda yaxshi jismoniy holatda edi. Har qanday yangi kelgan o'yinchi kabi, unga moslashish uchun vaqt kerak bo'ladi, lekin u eng yuqori darajadagi o'yinlarni o'ynashga o'rgangan.
O'ylaymanki, biz har bir pozitsiyada aynan shunday vaziyatga ega bo'lishni xohlaymiz: bir nechta aniq o'yinchi ikkita joy uchun kurashadi. Ikkisi o'yinni boshlaydi, yana ikkisi zaxiradan tushadi. Ko'pgina o'yinlarda bu juda yaxshi raqobat. Men uchun tanlov qiyinlashyapti, lekin bizga aynan shu kerak. Bunday variantlarga ega bo'lish imkoniyati – bu hashamat.

🛑 Vingerlarning qanot almashishi haqida

Vingerlarimiz holatida ular qanot almashadigan lahzalar bo'ladi. Masalan, agar biror narsa ishlamayotgan bo'lsa yoki raqibga ko'proq muammo tug'dirishimiz mumkinligini ko'rsak. «Tottenxem», masalan, qanot himoyachilarini almashtirdi, shuning uchun biz ham moslashishga majbur bo'ldik.
O'yinchilarimiz bir-biri bilan muloqot qilishlari menga yoqadi, men bunga mutlaqo qarshi emasman. Ular menga, balki qanot almashishlari kerakligini aytishlari mumkin. Ba'zan buni qilamiz, ba'zan yo'q. Vingerlarimiz ikkala qanotda ham o'ynay olishadi. «Bornmut» bilan o'yin oson bo'lmaydi. Ular biz to'psiz nima qilishga urinayotganimizni juda yaxshi bilishadi. Men esa o'z navbatida «Bornmut»ning kuchli va zaif tomonlarini bilaman. Bu borada men uchun uchrashuv ancha noodatiy bo'ladi.