Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Sunderland — yangiliklari

Sunderland va bog'liq yangiliklar

Brayan Brobbi noyabr oyidagi o'yinlar uchun Niderlandiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

Brayan Brobbi noyabr oyidagi o'yinlar uchun Niderlandiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

Brayan Brobbi jarohatiga qaramay, noyabr oyidagi Millatlar ligasi o'yinlari uchun Niderlandiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin.

The Athletic xabariga ko'ra, klub Brayan Brobbini noyabr oyida bo'lib o'tadigan Millatlar ligasi o'yinlari uchun Niderlandiya terma jamoasi tarkibiga kiritish masalasini muhokama qiladi.

Brobbi oktyabr oyidagi xalqaro o'yinlarda o'z mamlakati sharafini himoya qilayotgan vaqtda son qismidan jarohat olgan edi. Shu sababli u «Sanderlend»ning to'rtta o'yinini o'tkazib yubordi va hali to'liq tiklanishga ulgurmagan.

Le Bri «Sanderlend» Niderlandiya terma jamoasidan Brobbini tarkibga kiritmaslikni talab qila olmasligini real baholamoqda, ammo o'yinchi yuklamalari borasida «fikr almashish muhim» ekanligini ta'kidladi.

Sunderland 3:2 Brentford: Liga kubogi bilan xayrlashuv

Sunderland 3:2 Brentford: Liga kubogi bilan xayrlashuv

Liga kubogi doirasidagi bahsda Brentford safarda Sanderlendga imkoniyatni boy berdi.

Hammasi tugadi.

O'z xatolarimiz evaziga 3 ta gol o'tkazib yubordik, ikkinchi bo'limda esa futbolchilar xuddi g'alabani qaytarib olishni unchalik ham istamagandek ko'rinishdi. Kubokdagi imkoniyatni boy berish juda achinarli, bundan yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi.

⚽️Tyago
⚽️Uilson
🎯Yanelt
🎯Yensen

Bog'liq yangiliklar

Sanderlend Kelli uchun kurashmoqchi

Sanderlend Kelli uchun kurashmoqchi

«Sanderlend» qishki transfer oynasida Kellini o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi, biroq futbolchi «Yuventus»da qolish niyatida.

«Sanderlend» qishda Kellini o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi.

O'yinchi «Yuventus»da qolishni va tarkibdagi o'rni uchun Lukumi bilan raqobatlashishni istamoqda.

📰 La Gazzetta dello Sport

Sidi Pek uchun kurash boshlandi

Sidi Pek uchun kurash boshlandi

TEAMtalk xabariga ko'ra, «Nyukasl» va «Sanderlend» yanvar oyida «Sheffild Yunayted» yarim himoyachisi Sidi Pekni qo'lga kiritish uchun kurashmoqda.

TEAMtalk xabariga ko'ra, «Nyukasl» va «Sanderlend» yanvar oyida Chempionshipning eng yaxshi yarim himoyachisi, «Sheffild Yunayted» vakili Sidi Pekni o'z safiga qo'shib olish uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.

Habib Diarra jarohati sabab maydonni tark etdi

Habib Diarra jarohati sabab maydonni tark etdi

«Strasbur»ning sobiq sardori Habib Diarra «Sanderlend»da jarohat sababli qiyin davrni o'tkazmoqda. Bosh murabbiy Rejis Le Bri uning tiklanishiga 6 hafta ketishini aytdi.

Habib Diarra bilan nimalar bo'lmoqda?

«Strasbur»ning sobiq sardori Habib Diarra hozirda «Sanderlend»da qiyin davrni boshdan kechirmoqda.

2025-yil yozida ingliz klubiga o'tganidan so'ng, senegallik futbolchi 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va jamoasiga Premer-ligada yettinchi o'rinni egallashga yordam berdi.

2026-yil yozida Diarra Senegal terma jamoasi safida jahon chempionatida ham ishtirok etib, ikkita gol kiritdi.

Biroq joriy mavsum u uchun qiyin kechmoqda: jarohatlar ketma-ketligi tufayli u bor-yo'g'i uchta o'yinda maydonga tusha oldi. Bosh murabbiy Rejis Le Bri so'zlariga ko'ra, tiklanish jarayoni taxminan olti hafta davom etadi.

«Strasbur»da Habibni hamon tinim bilmas yarim himoyachi va yosh sardor sifatida eslashadi.

22 yoshli senegallik futbolchining avvalgi darajasiga qaytishi uchun hali vaqti ko'p!

Jordan Henderson o'zining 700-o'yinini o'tkazdi

Jordan Henderson o'zining 700-o'yinini o'tkazdi

Joradan Xenderson professional faoliyatidagi 700-o'yinini o'tkazdi. Qiziq tomoni, u debyutini ham, yubiley o'yinini ham "Chelsi"ga qarshi o'tkazgan.

Joradan Xenderson "Chelsi"ga qarshi bahsda o'zining professional klublar miqyosidagi 700-o'yinini o'tkazdi. Bu voqea uning debyutidan roppa-rosa 18 yil-u bir hafta o'tib sodir bo'ldi — eslatib o'tamiz, u o'z ilk o'yinini aynan "Sanderlend" safida "Chelsi"ga qarshi o'tkazgan edi.

Biz matritsada yashayapmiz. 🤯

Bradley Lowery xotirasiga nisbatan hurmatsizlik

Bradley Lowery xotirasiga nisbatan hurmatsizlik

Bredli Louri xotirasiga nisbatan hurmatsizlik ko'rsatgan "Koventri" muxlisining xatti-harakati uning onasi tomonidan keskin qoralandi.

Futbolda shunchaki o'rin yo'q narsalar bor. Va buning hech qanday oqlovi yo'q. Kecha "Koventri" muxlislaridan biri "Sanderlend" muxlislarini xafa qilish uchun Bredli Louri suratidan foydalandi, hatto ko'zlarimga ishonmadim. Buni navbatdagi sun'iy intellekt ishi deb o'yladim. Nahotki inson shunchalik pastkashlikka qodir bo'lsa? Ammo bugun ertalab videoni ko'rdim. Va, afsuski, bu haqiqat bo'lib chiqdi…

Bahslashish, bir-birini hazil bilan chimchilash, haqoratli qo'shiqlarni kuylash, g'alabalardan quvonish va mag'lubiyatlardan so'ng g'azablanish mumkin. Futbol hissiyotlari shunda. Ammo o'tib bo'lmaydigan chegaralar bor. Insoniy fojia esa shulardan biridir.

Quyida Bredlining onasi bayonoti keltirilgan, bu kadrlar unga ham yetib borgan.

"Mening go'zal o'g'lim nafrat bilan emas, balki mehr bilan eslanishga loyiq".
Kecha "Koventri" muxlislaridan biri "Sanderlend" muxlislarini haqorat qilish uchun Bredlining suratidan foydalandi.
Bredlining onasi sifatida buni juda og'ir qabul qilyapman. Ayniqsa, bu o'g'limning eng sevimli suratlaridan biri bo'lgani uchun. Bir qarang, qanday tabassum!
O'sha kunni xuddi kechagidek eslayman. U juda baxtli edi, unga juda qiziqarli edi. Bu lahzalar bebaho edi, chunki hayotimizda ular juda kam bo'lgan.
Bredli qisqa umrining katta qismini saraton bilan kurashda o'tkazdi hamda hech bir bola boshdan kechirmasligi kerak bo'lgan muolaja va jarayonlarni boshidan o'tkazdi.
Shunday go'zal xotirani shunchalik shafqatsiz tarzda ishlatilayotganini ko'rish, rostdan ham qalbimni parchalaydi.
Biz futbolni juda sevadigan va ham uyda, ham safarda "Sanderlend"ni qo'llab-quvvatlaydigan oilamiz. Futbol hazillari va pichinglariga qarshi emasman, lekin saraton sabab vafot etgan bolakay ustidan kulish ham futbol hazili hisoblanadimi?
Umid qilamanki, klub tegishli choralarni ko'radi va bu yosh muxlisning oilasi unga o'z qilmishi bilan qanchalik og'riq berganini tushunishiga yordam beradi.
Men unga nafrat to'lqini yog'ilishini istamayman. Iltimos, juda iltimos qilaman, buni qilish kerak emas. Men shunchaki u o'z xatosini anglab yetishini va undan saboq olishini istayman.
Bu surat ortida cheksiz sevilgan kichkina bola va uni har kuni sog'inadigan oila turibdi.
Bredlini himoya qilgan va oilamizni shunday mehr hamda qo'llab-quvvatlash bilan o'rab olgan barchaga rahmat. Biz uchun bu siz tasavvur qilganingizdan ham ko'proq narsani anglatadi.
Ko'pchilik Bredli hikoyasi uning hayoti to'xtagan kunda tugamaganini tushunmaydi.
Bredli tufayli bugun bolalar hayoti saqlab qolinmoqda, yuzlab oilalar hayotiy muhim yordam olmoqda, og'ir sinovlarni boshdan kechirayotgan bolalar esa umid topmoqda.
Super Brad’s Pad loyihasi tufayli oilalar hech bo'lmasa qisqa muddatga kasalxona devorlaridan chiqib, birga bo'lishlari, bir-birlari yonida qadrli vaqt o'tkazishlari hamda umrbod qoladigan xotiralar yaratishlari mumkin.
Mana Bredlining haqiqiy merosi. Mana mening kichkina o'g'lim bu dunyoga keltirishda davom etayotgan ezgulik.
Va hech qanday shafqatsizlik buni tortib ololmaydi.
Shuning uchun, bu surat odamlar xotirasida nafrat ramzi bo'lib qolishiga yo'l qo'yish o'rniga, uni butunlay boshqacha eslashlarini istayman.
Hayotidagi eng baxtli kunlardan biridan zavqlanayotgan, yuzida eng samimiy va keng tabassumi bo'lgan mening go'zal kichkina o'g'lim.
Butun dunyo uni aynan shunday eslab qolishini istayman".
Crystal Palace Liga Kubogi chorak finalida Sunderland bilan to'qnash keladi

Crystal Palace Liga Kubogi chorak finalida Sunderland bilan to'qnash keladi

Liga Kubogi chorak final qur'asi natijalariga ko'ra, «Kristal Pelas» «Sanderlend»ga qarshi maydonga tushadi.

«Kristal Pelas» Liga Kubogi chorak finalida «Sanderlend» bilan o'ynaydi. 🐈‍⬛

Ikkinchi suratda ushbu turnirning qolgan juftliklari ham taqdim etilgan. 👀

P.S. «Flitvud Taun»ga bizni ketma-ket uchinchi yil Liga Kubogi chorak finalida «Arsenal» bilan o'ynash imkoniyatidan mahrum qilgani uchun rahmat.