Dani Olmo agenti Endi Bara «Bavariya» o'z mijozini «Dinamo Zagreb» va «Leyptsig»da o'ynab yurgan paytlarida ikki marta sotib olishga uringanini aytib o'tdi.
Dani Olmo agenti Endi Bara «Bavariya» o'z mijozini «Dinamo Zagreb» va «Leyptsig»da o'ynab yurgan paytlarida ikki marta sotib olishga uringanini aytib o'tdi:
«U «Dinamo»da bo'lgan paytda mening tashabbusim bilan «Bavariya»dan voz kechgan. Men unga: senga yana bir qadam kerak, deganman. Hammasi shunday bo'ldi. Keyinchalik, «Leyptsig» futbolchisi sifatida u «Bavariya»dan yana bir taklif oldi»
Fabrisio Romano "Barselona" va "Fenerbaxche" o'rtasida Dominik Livakovich transferi bo'yicha hali kelishuv yo'qligini ma'lum qildi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Barselona" va "Fenerbaxche" o'rtasida Dominik Livakovich transferi bo'yicha hozircha hech qanday kelishuv yo'q.
"Barsa" yaqin kunlarda ustuvor bitimlarni hal qilib olishni istaydi, shundan so'nggina Livakovichni tarkibga qo'shib olish yoki olmaslik masalasiga oydinlik kiritiladi. Klub, shuningdek, Livakovichni qaysi jamoaga ijaraga berishni ham hal qilishi kerak. Menimcha, bu "Dinamo" (Zagreb) bo'lmaydi, garchi ko'pchilik shunday deb yozayotgan bo'lsa ham. Boshqa variantlar ham bor deb o'ylayman, shuning uchun "Dinamo"ga o'tish kafolatlanmagan. Livakovich bo'yicha bitim hali ham dastlabki bosqichda turgan g'oya bo'lib qolmoqda.
Petar Suchich oilaviy sabablarga ko'ra jamoaning Avstraliyadagi yig'inini tark etadi.
Daniele Mari xabariga ko'ra, Petar Suchich jamoaning Avstraliyadagi yig'inini tark etadi. Bunga futbolchining yaqin orada ota bo'lishi sabab qilib ko'rsatilmoqda 😊
17 yoshli iqtidorli hujumchi Kardozu Varela "Portu" safiga qaytdi. U klub bilan 2029-yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
🐉 Kardozu Varela
17 yoshli hujumchi Kardozu Varela "Portu" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u "ajdaholar" safiga tekinga qaytdi. Futbolchi klub bilan 2029-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U dastlab "Portu B" jamoasi bilan ishlaydi. Portugaliyalik futbolchining shartnomasida tovon puli 50 million yevro etib belgilangan.
Kardozu Varela 14 yoshida "ajdaholar" akademiyasiga kelib qo'shilgandi, ammo 2023/24-yilgi mavsumdan so'ng Xorvatiyaga yo'l olib, Zagrebning "Dinamo" klubi bilan shartnoma imzolagan. U dastlabki yili U-19 jamoasi safida atigi to'rtta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, ikkinchi yili asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. U xorvatiyaliklar safida ikkita gol urib (ulardan biri UEFA Yevropa ligasida), uchta golli uzatmani amalga oshirdi va jamoasining chempionat hamda Xorvatiya kubogidagi g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi.
Zagrebning "Dinamo" klubi futbolchining kelgusi transferidan 50 foiz ulush olish huquqini saqlab qolgan. Biroq, "Portu" 2 million yevro evaziga tovon puli opsiyasidan foydalansa, bu ulushni 25 foizga tushirishi mumkin.
Sergey Yakirovich «Dinamo» Zagrebga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan, «Manchester Yunayted»ni boshqarishni maqsad qilganini aytdi.
🗣️ Sergey Yakirovich — «Dinamo» Zagreb bosh murabbiyligi lavozimiga qaytish ehtimoli haqidagi savolga:
«Menmi?! Men «Manchester Yunayted»ni boshqarishni maqsad qilganman, ha-ha!
Hech qachon «hech qachon» demang. Bunday vaziyatda men uyga qaytgan bo'lardim. «Dinamo»da ajoyib vaqt o'tkazganman, ammo hozir men bu yerdagi eng yirik klublarga yetib borishni istayman».
«Barselona» Zagrebning «Dinamo» klubi darvozaboni Dominik Livakovich uchun rasmiy taklif yubordi. Futbolchi klubning ustuvor maqsadi emas.
🛑 Sport xabariga ko'ra, «Barselona» Zagrebning «Dinamo» klubiga Dominik Livakovich transferi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqdi.
Biroq xorvatiyalik darvozabon klub uchun ustuvor maqsad emas. Bitim faqat moliyaviy holat imkon bersa va yangi hujumchi masalasi hal etilsa amalga oshadi.
Livakovich transfer qilingan taqdirda, uni bir mavsumga ijaraga berish va keyingi yozda tarkibga qaytarish rejalashtirilmoqda.
«Lids» va «Nyukasl» Petar Suchichga qiziqish bildirmoqda, biroq «Inter» o'z futbolchisini sotish niyatida emas.
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, «Lids» Petar Suchich transferi bo'yicha muzokaralarga kirishmoqchi.
22 yoshli markaziy yarim himoyachi o'tgan yozda Zagrebning «Dinamo» klubidan «Inter» safiga o'tgan edi. Xorvatiyalik futbolchi o'tgan mavsumda «neradzurrilar» safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yozgi transferlar oynasida Suchichga «Nyukasl» va «Lids» qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub xorvatiyalik xavbek uchun 30-34 million funt sterling to'lashga tayyor.
Biroq «Inter» rahbariyati futbolchini sotishni rejalashtirmayapti va uni yozda qo'yib yubormoqchi emas.