Inter va Milan yangi stadion loyihasini taqdim etadi
Inter va Milan 2031-yilga qadar qurilishi rejalashtirilgan yangi stadion loyihasini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Tafsilotlar bilan tanishing.
Ertaga, 29-oktyabr kuni «Inter» va «Milan» 2031-yilga qadar qurilishi rejalashtirilgan yangi stadionning rasmiy loyihasini taqdim etishadi.
Hozircha ma'lum bo'lgan tafsilotlar:
- Stadion 71 500 tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, oval shaklida va ikki yarusdan iborat bo'ladi;
- Tribunalar Dortmundning «Borussiya» klubidagi mashhur «sariq devor» kabi 37 darajali qiyalikda joylashadi;
- Stadion qaysi klub o'yin o'tkazayotganiga qarab ko'k yoki qizil rangda yoritiladi;
- Shaffof tunnel: premium-zonadagi ba'zi muxlislar futbolchilar maydonga tushayotgan vaqtda ularni shisha devor ortidan kuzatishlari mumkin bo'ladi;
- Ilg'or texnologiyalar: katta ekranlar, LED-halqalar, yangi xizmatlar, restoranlar va muxlislar uchun yuqori qulayliklar.
Daniele Mari xabariga ko'ra.