#Roberto Manchini — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Salvatore Esposito: Sebastiano va Francheskoning debyuti oilamiz uchun katta faxr

Salvatore Esposito: Sebastiano va Francheskoning debyuti oilamiz uchun katta faxr

Salvatore Esposito ukalari Sebastiano va Francheskoning debyuti hamda Roberto Manchinining yoshlarga bo'lgan ishonchi haqida gapirdi.

«Bu nafaqat men, balki butun oilamiz uchun ta'riflab bo'lmas his-tuyg'ular edi. Men ularning ikkisi uchun ham xursandman, ayniqsa, shu paytgacha debyut qilmagan Sebastiano uchun. Bu barchamiz uchun katta faxr. Men, dadam va onam uchun telefon orqali his-tuyg'ularni jilovlash qiyin kechdi. Ularning «adzurri» tarkibidagi kelajagiga ishonchim komil. Qolaversa, ularning omadi keldi: ularda Manchini kabi yoshlarni maydonga tushirishdan mutlaqo qo'rqmaydigan bosh murabbiy bor».

— Salvatore Esposito.
Matteo Palma hali milliy jamoa masalasida qaror qabul qilmadi

Matteo Palma hali milliy jamoa masalasida qaror qabul qilmadi

Udineze himoyachisi Matteo Palma qaysi milliy jamoada o'ynash bo'yicha hali yakuniy qarorga kelmaganini ma'lum qildi.

Matteo Palma hali qaysi milliy jamoada o'ynashini aniqlab olgani yo'q.

Kechagi "Udinese Tonight" teleko'rsatuvi vaqtida "Udineze" yosh himoyachisi Matteo Palma hali qaysi milliy jamoa sharafini himoya qilish bo'yicha yakuniy qarorga kelmaganini ma'lum qildi.

Palma Germaniya yoshlar terma jamoalarining barcha toifalarida to'p surgan. Biroq, kelib chiqishi tufayli 18 yoshli futbolchi hozirda to'rtta milliy jamoa: Italiya, Germaniya, Avstriya va Kamerun o'rtasida tanlov qilish imkoniyatiga ega. Uning otasi italyan-avstriyalik, onasi esa nemis-kamerunlik ildizlarga ega.

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Manchini Palmani "Adzurra" foydasiga tanlov qilishga faol ko'ndirmoqda, biroq futbolchi hali yakuniy qarorini aytgani yo'q.

Eslatib o'tamiz, shu yozda "Udineze" 18 yoshli iqtidorli himoyachi uchun Leverkuzenning "Bayer" va Dortmundning "Borussiya" klublaridan kelib tushgan 30 million yevrolik takliflarni rad etgan edi.

Antonio Palumbo: «Lorenzo Insigne bilan bog'liq xotira va terma jamoadagi maqsadlar»

Antonio Palumbo: «Lorenzo Insigne bilan bog'liq xotira va terma jamoadagi maqsadlar»

Antonio Palumbo Lorenzo Insigne bilan bog'liq xotira va Italiya terma jamoasiga chaqiruv olish borasidagi maqsadlari haqida gapirdi.

🔘 Siz ham Lorenzo Insigne kabi neapolliksiz. Sizlar tanishmisiz? Undan dastxat olganingiz haqidagi voqea qanday bo'lgan?

Ha, lekin biz gaplashmaganmiz. Biroq tasodifan u meni maqtayotgan videoni ko'rib qoldim va bu menga juda yoqdi. Eslayman, u hali «Peskara»da o'ynab, «Napoli»ga qaytish arafasida bo'lganida, futbolkamga dastxat olish uchun uyiga borganman. Yaxshiyamki, umumiy tanishlarimiz bor edi va buni uddalaganman.

🔘 Terma jamoada o'ynashni orzu qilasizmi?

Shubhasiz, bu maqsad. Ammo unga erishish uchun avvalo barqaror o'ynash, kuchli o'yin ko'rsatish va balki hayratlanarli natijalarga erishish kerak. O'ylayman-ki, Manchini kabi buyuk murabbiyni ishontirishning eng yaxshi yo'li shu. Boshqa hech narsa kerak emas.

O'ng ustun yangiliklari

Janfranko Zola Italiya futbol federatsiyasida ish boshlaydi

Janfranko Zola Italiya futbol federatsiyasida ish boshlaydi

Italiya futboli afsonasi Janfranko Zola Italiya futbol federatsiyasida ish boshladi. U yoshlar tizimini muvofiqlashtiradi.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Janfranko Zola Italiya futbol federatsiyasi tarkibiga qo'shildi. U yerda u Roberto Manchini va Klaudio Raneri bilan birgalikda faoliyat olib boradi.

Zola Italiya yoshlar tizimi ishini muvofiqlashtirib boradi.