Stevan Yovetich: «Yuventus»ga rad javobini berganman»
Stevan Yovetich «Yuventus» taklifini rad etgani va «Inter» bilan bo'lgan ilk muloqoti haqida gapirib berdi.
Stevan Yovetich: «Yuventus» bog'landi, men esa «Yo'q, rahmat» deb javob berdim. Bu holat bir necha yil o'tib yana takrorlandi, lekin men «Fiorentina»ga nisbatan bunday qila olmasdim. Biroq bundan oldinroq «Inter» ham menga murojaat qilgandi. Ular yoshlar turniridan keyin to'xtash joyida oilam bilan uchrashishdi, o'shanda men turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandim. O'shanda hech narsa chiqmadi va biz o'n yil o'tib yana uchrashdik…»