Marcus Thuram: «Inter» hujumchisining yangi quroli
Markus Tyuram «Inter» safida o'zining jismoniy ustunligidan foydalangan holda bosh bilan gol urish mahoratini qanday rivojlantirgani haqida.
«Inter» — «Torino» uchrashuvi 2024-yilning oktyabr oyida oddiy o'yinlardan biri bo'lib tuyulgandi, biroq Maripanning maydondan chetlatilishi milanliklar vazifasini osonlashtirdi. «Inter» juda o'xshash ikkita gol urdi: jarima maydonchasiga uzatma, Tyuram Milinkovich-Savichdan pozitsiyani yutib olib, bosh bilan zarba berdi.
Bo'yi 192 santimetr bo'lgan va orqasida to'qqizinchi raqamni olib yurgan hujumchi uchun bu odatiy hol bo'lishi kerak. Shunday bo'lsa-da, «Inter»dagi ikkinchi mavsumiga kelib, uning o'n oltita golidan faqat ikkitasi shunday vaziyatda yuz bergan: «Fiorentina»ga qarshi o'yinda va birinchi turda «Jenoa»ga qarshi bahsda.
Tikus bu mahoratni o'zining qo'shimcha quroliga aylantirdi. Chunki Tyuram — himoya uchun haqiqiy jumboq: unga bo'sh joy qoldirsangiz — u sizga qarshi dribling ishlatadi, yaqin o'ynasangiz — tezligi evaziga sizni ortda qoldiradi. Jarima maydonchasi ichida esa u o'zining Supermen darajasidagi jismoniy ma'lumotlarini ishga sola oladi.
O'sha oqshom u uchta gol urib, esdalik uchun to'pni o'zi bilan olib ketdi. Bu uning 2022-yildagi Germaniya Kubogi o'yinidan keyingi faoliyatidagi ikkinchi xet-triki edi.
Keyinchalik bosh bilan urilgan boshqa gollar ham ketma-ketlikda davom etdi va shunchaki jismoniy qobiliyat deb qaralgan narsani yangi xavfli qurolga aylantirdi. Markus hali qanchalik balandga parvoz qila olishini o'zi ham bilmaydigandek taassurot qoldirmoqda.