Villarreal Shayk Keytaga qiziqish bildirmoqda
Ekrem Konur xabariga ko'ra, "Villarreal" "Sharlerua" himoyachisi Shayk Keytani o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Ekrem Konur xabariga ko'ra:
"Fiorentina", "Real Betis" va "Villarreal" "Sharlerua" himoyachisi Shayk Keytaga qiziqish bildirmoqda.
"Villarreal" allaqachon futbolchining vakillari bilan dastlabki aloqalarni o'rnatgan va yanvar oyi arafasida o'z qiziqishini kuchaytirmoqda.
Ispaniya klubi qishki transfer oynasi vaqtida rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.