Brentford Kevin Shade bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi
«Brentford» Kevin Shade bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi. Futbolchiga APLning bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda.
Nizaar Kinsella xabariga ko'ra, «Brentford» Kevin Shade bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi.
Shade klubda faoliyatini davom ettirishga tayyor, ammo muzokaralar hozircha dastlabki bosqichda va tezkor kelishuvni kutish kerak emas.
Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra, Kevin Shade «Chelsi», «Tottenxem», «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Liverpul»ning qiziqishiga sabab bo'lmoqda.