Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Hull City — yangiliklari

Hull City va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Sergey Yakirovich: "Arsenal" hozirda eng yaxshi futbolni namoyish etmoqda"

Sergey Yakirovich: "Arsenal" hozirda eng yaxshi futbolni namoyish etmoqda"

"Xall Siti" bosh murabbiyi Sergey Yakirovich "Arsenal"ning hozirgi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Xall Siti" bosh murabbiyi Sergey Yakirovich:

"Arsenal" bilan o'yinmi? O'ylaymanki, hozirda "Arsenal" eng yaxshi futbolni namoyish etmoqda. Balki, PSG bilan bir qatorda. Ular ajoyib o'yin ko'rsatishmoqda. Siz ularga muammo yaratishga urinib ko'rasiz, lekin ular hamma narsani nazorat ostida ushlab turishadi".
Sasha Lukich «Nottingem Forest»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sasha Lukich «Nottingem Forest»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sasha Lukich jarohatning oldini olish maqsadida «Nottingem Forest»ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Futbolchi «Xall» bilan o'yinga qaytishi kutilmoqda.

❌ Sasha Lukich «Forest»ga qarshi o'yinni ehtiyot chorasi sifatida o'tkazib yuboradi.

«Xall»ga qarshi uchrashuvga qadar u tayyor bo'lishi kerak.

Luis Dias, Kertis Jons va Darvin Nunes o'rtasidagi do'stlik

Luis Dias, Kertis Jons va Darvin Nunes o'rtasidagi do'stlik

Luis Dias, Kertis Jons va Darvin Nunes o'rtasidagi do'stlik hamda Bredli Barkolya va Lyuis Kumasning jamoaga moslashuvi haqida.

Luis Dias «Liverpul»ga o'tganida, klubdagi ilk yaqin do'stlaridan biri Kertis Jons bo'lgandi — Yurgen Klopp o'shanda ular til to'sig'iga qaramay qanday muloqot qilayotganiga hayron qolardi. Keyinroq bu guruhga Darvin Nunes ham qo'shildi va ular yanada qiziqarliroq bo'lib qolishdi.

Shekilli, hozir shunga o'xshash holatni Bredli Barkolya va Lyuis Kumasda ko'ryapmiz: uelslik futbolchi LASK bilan o'yindan keyingi intervyuda birinchi navbatda Barkolya uchun juda xursand ekanligini aytdi (va bu u o'zi Chempionlar ligasidagi ilk golini urgan o'yindan keyin sodir bo'ldi), ular bir-birlarining storislarini repost qilishmoqda va til to'sig'iga qaramay, haqiqatan ham yaqinlashib qolishgan.

VVD kecha "maksimal darajadagi introvert" deb ta'riflagan Bredlining jamoada moslashishiga yordam beradigan inson borligi juda yaxshi. Kumasning o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring: yarim yil oldin siz Chempionshipda «Xall» safida o'ynagan bo'lsangiz, endi «Liverpul» safida Chempionlar ligasida asosiy tarkibda maydonga tushib, gollar urmoqdasiz va 130 million funtlik, Chempionlar ligasining ikki karra g'olibi bo'lgan yangi do'stingiz bilan til topishmoqdasiz. Futbol shunaqa ajoyib narsa.

Charli Xyuzda jarohat qaytalanishi kuzatildi

Charli Xyuzda jarohat qaytalanishi kuzatildi

Hull City bosh murabbiyi Sergey Yakirovich Charli Xyuzning jarohati qaytalanganini va uning safga qachon qaytishi hozircha noma'lum ekanligini ma'lum qildi.

Sergey Yakirovich o'yindan keyingi intervyusida Charli Xyuzda yozgi operatsiyadan so'ng chov qismida jarohat qaytalanganini ma'lum qildi.

Futbolchining safga qaytish muddatlari hozircha noma'lum.

Hull Cityning 9 nafar futbolchisi terma jamoalarga chaqirildi

Hull Cityning 9 nafar futbolchisi terma jamoalarga chaqirildi

Hull Cityning 9 nafar futbolchisi xalqaro tanaffus davrida o'z terma jamoalari safiga chaqirildi.

Hull Cityning 9 nafar futbolchisi uch haftalik xalqaro tanaffus vaqtida o'z terma jamoalariga chaqirildi:

Lukas Xerrington Avstraliya terma jamoasiga Braziliyaga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yiniga chaqirildi.

Nobel Mendi Senegal terma jamoasiga Afrika Millatlar Kubogi o'yinlari uchun chaqirildi.

Peddi MakNeyr Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga Millatlar Ligasi guruh bosqichi o'yinlari uchun chaqirildi.

Sorba Tomas Uels terma jamoasiga Millatlar Ligasi guruh bosqichi o'yinlari uchun chaqirildi.

Mohamed Bellumi Jazoir terma jamoasiga Afrika Millatlar Kubogi o'yinlari uchun chaqirildi.

Elliot Straud Shvetsiya terma jamoasiga Millatlar Ligasi guruh bosqichi o'yinlari uchun chaqirildi.

Jon Igan Irlandiya terma jamoasiga Millatlar Ligasi guruh bosqichi o'yinlari uchun chaqirildi.

Konstantinos Tsolakis Gretsiya terma jamoasiga Millatlar Ligasi guruh bosqichi o'yinlari uchun chaqirildi.

Oliver MakBerni 5 yillik tanaffusdan so'ng Shotlandiya terma jamoasiga Millatlar Ligasi guruh bosqichi o'yinlari uchun chaqirildi.

Devid Akintola «Xall Siti»ni tark etdi

Devid Akintola «Xall Siti»ni tark etdi

«Xall Siti» va 30 yoshli vinger Devid Akintola o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi. Futbolchi faoliyatini Kiprning «Omoniya» klubida davom ettiradi.

Rasman:

Devid Akintola Kiprning «Omoniya» klubi futbolchisiga aylandi. «Xall Siti» va 30 yoshli vinger o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi.

Barchasi uchun rahmat, Devid!