#Kay Haverts — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

KMI Panel: «Arsenal» foydasiga penalti belgilanmagani xato bo'lgan

KMI Panel: «Arsenal» foydasiga penalti belgilanmagani xato bo'lgan

APL mustaqil hakamlik komissiyasi «Arsenal» va «Brayton» o'rtasidagi bahsda Kay Havertsga nisbatan penalti belgilanmaganini xato deb tan oldi.

🚨 RASMAN: «ARSENAL» TOZA PENALTIDAN MAHRUM ETILDI!

APL mustaqil hakamlik komissiyasi (KMI Panel) «Arsenal» hamda «Brayton» o'rtasidagi bahsning 42-daqiqasida Kay Havertsga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun penalti belgilanmaganini bir ovozdan xato deb tan oldi. Komissiyaning barcha besh a'zosi bosh hakam qaroriga va VAR aralashuvidan keyingi yakuniy xulosaga qarshi ovoz berdi. Haverts ofsayd holatida bo'lishiga qaramay, Nobe'l Mendi tomonidan sodir etilgan qoida buzilishi nemis futbolchisi o'yinga faol qo'shilishidan oldin yuz bergan.

IFAB qoidalariga ko'ra, bunday vaziyatda ofsayd emas, balki qoida buzilishi qayd etilishi kerak edi. Komissiya VAR aralashuvini asosli deb topdi, biroq takroriy lavhani ko'rgandan keyin hakam qabul qilgan yakuniy qarorni xato deb baholadi.

Hukm aniq: «Arsenal» penalti tepishi kerak edi.

«Liverpul» muxlislari, bu borada fikringiz qanday?

Mikel Arteta: Xristos Tsolis bir necha haftaga safdan chiqdi

Mikel Arteta: Xristos Tsolis bir necha haftaga safdan chiqdi

Mikel Arteta Xristos Tsolisning jarohati haqida ma'lumot berdi. Kay Haverts va Ezri Konsa holati o'yin oldidan aniqlanadi.

Mikel Arteta Xristos Tsolis mushaklaridagi jarohat sabab bir necha haftani o'tkazib yuborishini tasdiqladi.

Kay Haverts va Ezri Konsaning holati o'yin oldidan baholanadi, Benjamin Uayt, Kristian Moskera va Pero Inkapye esa tayyor ✅

O'ng ustun yangiliklari

Yurgen Klopp Kay Haverts haqida fikr bildirdi

Yurgen Klopp Kay Haverts haqida fikr bildirdi

Yurgen Klopp Kay Havertsning «Arsenal»dagi o'rni va Mikel Artetaning qarorlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Yurgen Klopp Kay Haverts haqida:

«U top-o'yinchi. Mikel Arteta g'alaba qozonishga mutlaqo muxlis. Va agar bir nechta salbiy holatlar bir vaqtning o'zida sodir bo'lmasa, Kay Haverts «Arsenal»ning asosiy tarkibida maydonga tushadi.

U Arteta uni tarkibdan tashqarida qoldirishni istamagani uchun emas, balki o'yinlarda g'alaba qozonishni xohlagani uchun o'ynamoqda!»

Kay Havertz Premer-ligada ofsayd bo'yicha yetakchi

Kay Havertz Premer-ligada ofsayd bo'yicha yetakchi

Kay Havertz Premer-ligada ofsaydga tushish bo'yicha yetakchilik qilmoqda. «Arsenal» esa joriy mavsumda ofsaydlar soni bo'yicha antirekord o'rnatishi mumkin.

Kay Havertz Premer-ligadagi boshqa har qanday o'yinchiga qaraganda deyarli ikki baravar ko'proq ofsaydda qolmoqda.

O'rtacha hisobda «Arsenal» har bir o'yinda 3,5 marta ofsayd holatiga tushmoqda. Agar jamoa shu tempda davom etsa, so'nggi yillardagi eng yuqori ko'rsatkichlarni katta farq bilan yangilaydi.

Kai Haverts APL tarixidagi eng samarali nemis futbolchisiga aylandi

Kai Haverts APL tarixidagi eng samarali nemis futbolchisiga aylandi

Kay Haverts APL tarixida eng ko'p gol urgan nemis futbolchisiga aylandi va Ilkay Gyundoganning natijasini yangiladi.

Enfildda yana bir tarixiy voqea qayd etildi — Kay Haverts APL tarixidagi eng samarali nemis futbolchisiga aylandi va bu borada Ilkay Gyundoganni ortda qoldirdi 👏